4
SO‘Z BOSHI
Yarim o‘tkazgich materiallari asosida
tayyorlangan asboblar va
qurilmalar elektrotexnika,
elektronika, mikroelektronika,
kompyuterlar,
aloqa, energiyani bip turdan ikkinchi turga aylantirish, sanoat, transport,
maishiy hizmat soxasi, qishloq xo‘jaligi va jamiyat faoliyatining boshqa
sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda yarim o‘tkazgichli asboblar fizikasi
yo‘nalishlari bo‘yicha Fanlar akademiyasi institutlari hamda oliy o‘quv
yurtlarining laboratoriyalarida samarali ilmiy-amaliy tadqiqotlar jahon
fani saviyasida olib borilmoqda.
O‘zbekistonda elektronika sanoati mavjud bo‘lib,
u boshqa
sanoatlar kabi tez taraqqiy etmoqda. Elektronika sanoatining yanada
rivojlanishi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muhim omil
hisoblanadi.
Malakali
mutaxassislar
tayyorlashda,
albatta,
adabiyotlarning ahamiyati juda muhimdir.
Hozirgi kunda yarim o‘tkazgichli
asbob fizikasi, texnikasi va
texnologiyasi bo‘yicha o‘zbek tilida nashr etilgan zamonaviy adabiyotlar
kam.
Biz yuqoridagi masalani bartaraf qilish va yarim o‘tkazgichli
asboblar fanini o‘qitishda o‘z hissamizni qo‘shish
maqsadida,
o‘zimizning ko‘p yillik ilmiy, pedagogik tajribamizga asoslangan holda
yarim o‘tkazgichli asboblar fani bo‘yicha darslik ishlab chiqdik.
Bizning darslik, asosan, mexatronika va robototexnika, avtomatika,
elektronika va energetikada keng qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichli
asboblar haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan.
Yarim o‘tkazgichli asboblar fizikasi yarim o‘tkazgich
materiallar
fizikasiga asoslanadi. Shu boisdan, ushbu darslikda yarim o‘tkazgichli
materiallar fizikasining asosiy tushunchalari haqidagi ma’lumotlar o‘rin
olgan.
Ma’lumki, yarim o‘tkazgichli asboblar qurilma zanjirlariga
metall
kontaktlar orqali ulanadi. Ular tokni to‘g‘irlamaydigan (omik) kontakt
bo‘lishi zarur.
SHu sababli, omik kontaktlarga qo‘yiladigan talablar va
ularni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berilgan.