|
Raqamli signal tushunchasi Raqamli signal tushunchasi
|
bet | 2/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 3 Mb. | | #256581 |
Bog'liq 15-dars Raqamli elektronika Raqamli signal tushunchasi Nima uchun raqamli elektronika? - Elektr signallarni klassifikatsiyasiga ko’ra signallar yoki raqamli ko’rinishda berilish mumkin. Analogli signallarni kuchaytirish, gineratsiyalash, chastotasini o’zgartirish yuqorida ko’rib o’tildi. Analogli signallar bilan ishlaydigan qurilmalardan o’tayotganda signallar ba’zan buzulishlarga uchrashi mumkin. Buni bartaraf etish uchun elektron qurilmalarga murakkab o’zgartirishlar kiritishga to’g’ri keladi.
- Elektr sinallari raqamli ko’rinishda berilgan bo’lsa, radioelektron qurilmalarda ular juda kam buzulishiga uchraydi.
- Elektron qurilmalarda o’nlik sistema o’rniga ikkilik sistema ishlatish ancha qullaydir, chunki ikkilik sistemada xar qanday sonni ikkita simvol - 0 va 1 vositasida ifodalash mumkin. Buning qullayligi shundayki uni ifodalash uchun elektron qurilmaning faqat ikki xolatda yetarlidir (masalan, 1-tranzistor ochiq, 0-tranzistor yopiq).
- Raqamli elektron texnikasining hozirgi tuzilish tamoyili
Matematik mantiq asoslari. - Mantiq - mantiqiy tafakkur shakli va qonunlari haqidagi fan.
- Mantiq fanining obyekti - tafakkur qonunlari, shakllari, uslublari va amallaridir. Mantiq fani u o'rganadigan predmet sohasining turi bo'yicha ikki bo'limdan iborat: formal mantiq va dialektik mantiq. Formal mantiq statik borliqqa, dialektik mantiq dinamik borliqqa oiddir.
- Formal mantiq ilmining asoslari eramizdan avvalgi IV asrda buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) tomonidan yaratilgan. IX asrda yashab o'tgan Markaziy Osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiq tizimini uning boshqa asarlari asosida to'ldirib, o'z zamonasi uchun eng muhim mantiq fanini shakllantirib bergan. Yo rost, yo yolg'on bo'lishi mumkin, qiymatlari ikkilik sanoq tizimiga xos fikrlar, ya'ni hukmlar ustida matematik tahlil va deduktiv fikrlashni (birinchi mavzuda ta'kidlab o'tilganidek) birinchi bo'lib XIX asrda ingliz matematigi (irlandiyalik) Jorj Bul qo'llagan. Bu Bul algebrasi deb ataluvchi mantiq algebrasi yaratilishiga va oxir-oqibatda XX asr o'rtalarida elektron hisoblash mashinalarining yaratilishiga olib kelgan. Chunki, zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog'liqlik asosida ishlaydi.
|
| |