Yarim yillik hisoboti




Download 57,88 Kb.
Sana13.05.2024
Hajmi57,88 Kb.
#228232
Bog'liq
51-maktab BAYONNOMALAR HISOBOTLAR


Surxondaryo viloyati Sherobod tumani MMT bo'limiga qarashli 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi psixologi Choriyev Norqulning 2023-2024 o’quv yili davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan
YARIM YILLIK HISOBOTI

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51- umumiy o’rta ta’lim maktabi kasb-hunarga yo’naltiruvchi psixologining sentabr oktabr oyida 9-11-sinf o’quvchilari bilan olib borgan ishlari yuzasidan yozma
HISOBOT
Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli
51-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilari bilan sentabr oyining birinchi xaftasida Ishchi kasblar sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi” yuzasidan sinflar kesimida davra suhbatlari tashkil etildi. Sentabr oyining ikkinchi o’n kunligida tikuvchilik sexi va avtomobillarni ta’mirlash shaxobchasiga sayohatga olib borildi.
“Qiziqishlar xaritasi” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi. Kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlari aniqlandi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratildi.
Sherobod tumani 51-sonli maktabning 10-sinf o’quvchilari bilan sentabr oyida quyidagi nazariy hamda amaliy ishlar olib borildi. Ishchi kasblar sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi” yuzasidan individual va guruhiy maslaxatlar o’rkazildi, o’quvchilarga kerakli ma’lumotlar berildi. Maktabning 10-11-sinf o’quvchilarini “Ustoz shogird” an’anasiga muvofiq maktabning malakali ustozlariga va hunarmandlarga biriktirildi. Biriktirilgan kasb-hunarga o‘rgatish markazlarga va hunarmandlarga o‘quvchilarni jalb etish choralari ko‘rildi.
Sentyabr oyining so’nggi 10 kunligida “Qiziqishlar xaritasi” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi. O’quvchilarning qiziqishlari aniqlandi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratildi.
Hozirgi kunda 51-maktabda 11-sinf o’quvchilari ta’lim olayotgan bo’lib ular bilan bir qator kasb-hunarga yo’naltirish ishlari olib borilmoqda, jumladan; Ishchi kasblar sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”doirasida guruhiy va individual suhbatlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. O’quvchilarga kerakli maslaxat va tavsiyalar berib borilmoqda.
“Qiziqishlar xaritasi” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi. Ma’lumotlar bazasi yaratildi. Kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi. “Ustoz shogird” an’anasini joriy etildi. O’quvchilar ustozlarga biriktirildi.
Bundan tashqari bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan Ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga maslahat va tavsiyalar berib borilmoqda. Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari tashkil qilinmoqda.
9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish choralari ko’rilmoqda.

Maktab direktori: B.Jaylovov


Maktab psixologi: N.Choriyev
Sherobod tumani MMTB ga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi kasb-hunarga yo’naltiruvchi psixologining sentabr oktabr oylarida 5-8-sinf o’quvchilari bilan olib borgan ishlari yuzasidan yozma
HISOBOT
Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining 5-sinf o’quvchilari bilan sentabr oyining birinchi 10 kunligida “Kasblar olamiga sayohat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bunda 5-sinf o’quvchilardagi kasb haqidagi tasavvurlari o’rganildi. Savol-javoblar qilindi. O’quvchilar qiziqishlari bo’yicha savollariga psixolog tomonidan javoblar oldilar.
51-maktabning 7-sinf o’quvchilari bilan Ishchi kasblar sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi” munosabati bilan ishchi kasblarning ahamiyati jamiyatda tutgan o’rni mavzusida sinf soatlarida tushuntirish ishlari olib borildi. Kerakli ma’lumotlar berildi.
“Maqsadlarga intilish” psixologik-pedagogik diagnostik metodikasini profnavigator.uz platformasi orqali o‘tkazildi. O‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlandi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Mehnat, kasb, mutaxassislik, lavozim, malaka mavzusida “Kasblar zanjiri” trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
51-maktabning 8-sinf o’quvchilarini kasb-hunarga to’g’ri yo’naltirish ishlarini Ishchi kasblar sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi” haqida ertalabki saflanishlarda sinf soatlarida va bo’sh vaqtlarida davra suhbatlari va yakka tartibdagi suhbatlar o’tkazildi. mavzu yuzasidan ma’lumotlar berib borildi. Sinf raxbarlari bilan birgalikda mashinalarni ta’mirlash sexiga va xususiy tikuvchilik markazlari va boshqa tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etildi.
O’quvchilarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini aniqlash maqsadida “O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik so‘rovnomasini profnavigator.uz platformasi orqali o‘tkazildi. Va ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Maktab direktori: B.Jaylovov


Maktab psixologi: N.Choriyev

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida “Sinf soatlarida” olib borilgan korreksion mashg’ulotlar yuzasidan yozma


A X B O R O T
Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida sentabr oyining sinf soatlarida maktabda ta’lim oluvchi 7-11-sinf o’quvchilari bilan amaliy va nazariy darslar tashkil etildi. Jumladan 7-sinf o’quvchilari bilan Oiladagi zo’ravonikning oldini olish”, 8-sinf o’quvchilari bilan “Huquqlarim olamiga sayohat”, 9-sinf o’quvchilari bilan “Bolalarni himoya qilish” 10-sinf o’quvchilari bilan “Zo’ravonliksiz dunyoni birga quramiz”, 11-sinf o’quvchilari bilan “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya” mavzularida ma’lumotlar berildi. Tushuntirish ishlari olib borildi. O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Maktab direktori: B.Jaylovov
Psixolog N.Choriyev

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 7-8-sinf o'quvchilaridan “Profnavigator.uz” sayti orqali o’tkazilgan onlayn so’rovnomalar


BAYONNOMASI
Ishtirok etdi: sinf raxbarlar, 7-11-sinf o’quvchilari sinf rahbarlari va informatika fani o’qituvchilari
Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida sentabr oyi davomida “Kasbim-kelajagim” onlayn platformasi orqali 7-sinf o’quvchilari bilan “Maqsadlarga intilish”, 8-sinf o’quvchilari bilan “Muloqotchanlik darajasini aniqlash”, 9-sinf o’quvchilari bilan “Shaxs yo’nalganligini aniqlash” 10-sinf o’quvchilari bilan “O’quv motivatsiyasini aniqlash” 11-sinf o’quvchilari bilan “O’quvchilarning fanlarga bo’lgan qiziqishini aniqlash” kabi onlayn so’rovnomalar o’tkazildi. Platformada joylashtirilgan metodikalarni berilgan savollarga tegishli javob variantlarini belgiladilar. Ushbu testlar natijasida har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini aniqlandi va tegishli sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
QAROR QILADI.
O’tkazilgan onlayn so’rovnoma va metodikalar KASBIM-KELAJAGIM platformasi orqali onlayn taxlil qilindi. So’rovnoma natijalari taxliliga muvofiq natijalar ijobiy deb topildi.
Psixolog N.Choriyev

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 7-11-sinf o'quvchilaridan “Profnavigator.uz” sayti orqali o’tkazilgan onlayn so’rovnomalar


BAYONNOMASI
Ishtirok etdi: sinf raxbarlar, 7-11-sinf o’quvchilari sinf rahbarlari va informatika fani o’qituvchilari
Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida oktabr oyi davomida “Kasbim-kelajagim” onlayn platformasi orqali 9-sinf o’quvchilari bilan “Shaxs yo’nalganligini aniqlash” 10-sinf o’quvchilari bilan “O’quv motivatsiyasini aniqlash” 11-sinf o’quvchilari bilan “O’quvchilarning fanlarga bo’lgan qiziqishini aniqlash” kabi onlayn so’rovnomalar o’tkazildi. Platformada joylashtirilgan metodikalarni berilgan savollarga tegishli javob variantlarini belgiladilar.
Metodikalarga ilova qilinib 9-sinf o’quvchilari uchun so’rovnoma xam tashkil qilingan bo’lib 60 nafar o’quvchilar onlayn tarzda platform orqali sorovnomalarni bajardilarUshbu testlar natijasida har bir o’quvchining individual psixologik xususiyatlarini aniqlandi va tegishli sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
QAROR QILADI.
O’tkazilgan onlayn so’rovnoma va metodikalar KASBIM-KELAJAGIM platformasi orqali onlayn taxlil qilindi. So’rovnoma natijalari taxliliga muvofiq natijalar ijobiy deb topildi.
Maktab direktori: B.Jaylovov
Psixolog N.Choriyev

Sherobod tumani MMTB ga qarashli 51-umumiy o’rta ta’lim maktabida


9-10-11 sinflarda o’tkazilgan ,,Mening bo’lajak kasbim’’ mavzusidgi trening o’tkazilganligi to’g’risida
HISOBOT
2023-yil 10-oktyabr kuni 9-10-11 sinf o’quvchilari o’rtasida ,, Mening bo’lajak kasbim” mavzusida trening mashg’uloti o’tkazildi.
Trening maqsadi:
O’quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirish va turli xil usullardan foydalanib, kasblar olamiga qisiqtirish, kasb tanlashda e’tibor beriladigan jihatlar, tanlovdagi ixtiyoriylik, oilasiga va yaqinlariga foyda keltirish , o’z xohishi va ehtiyoji asosida kasb tanlashga qiziqtirish.
Trening qatnashchilari , 9-10-11 sinf rahbarlari qatnashdi.
O’quvchilarning kasblarga bo’lgan qiziqishlari yuqori darajada. Turli xil kasblarni kichik bannerlarga yozib sinf xonaning o’quvchilarga qaratilgan joylarga ilib chiqdim. Trening borishda har bir o’quvchiga oq qog’oz berib chiqdim , qo’l bilan odam shaklini yasash va unga o’zi qiziqqan kasb nomini berishini taklif qildim va qog’ozdan yasalgan odamning oldi tomoniga kasbning ijobiy orqa tomoniga esa salbiy tomonlarini yozishni tushuntirdim o’quvchilar qiziqqanlik bilan odam shaklini chizib unga o’zlari qiziqqan kasb nomini yozib qo’ydilar va har bir o’quvchilardan tanlagan kasbini uning salbiy va ijobiy tomonlarini so’rab chiqdim o’quvchilar juda ko’p va yaxshi fikirlar bildirdilar, Va shu asosida ularning kasblarga bo’lgan qiziqishi va kasb tanlashda adashmaslik kerak ekanligini anglab oldilar.
O’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida ,,Istayman’’ ,,Qila olaman’’ ,,Kerak’’ kabi metodikalarni o’tkazdim. Bu metodika yordamida ,
Kasbni to’g’ri tanlash uchun nima qilish kerak ? nima bilan mashg’ul bo’lishlari , kelajakda kim bo’lishni va qanday yutuqlarga erishish lozimligini yozdilar.
O’quvchilar trening yakunida o’z fikir mulohazalarini bildirdilar va guruh o’rtasida baxs munozara o’tkazildilar. O’quvchilar bo’lajak kasblar tanlashdan oldin nimalar qilish kerakligi to’g’risida tushunchalarga ega bo’lishdi.
Psixolog N.Choriyev

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 11-sinf o’quvchilari bilan Kasb-hunarga to’g’ri yo’naltirish va mehnat migratsiyasini oldini olishga qaratilgan trening mashg’uloti yuzasidan yozma


A X B O R O T
Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 11-sinf o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va mehnat migratsiyasini oldini olishga qaratilgan trening mashg’uloti bo’lib o’tdi. Trening mashg’ulotidan ko’zlangan asosiy maqsad bugungi kunda yosh avlodning hunarli bo’lishi, biror bir kasb egasi bo’lishi kerakligini tushuntirish, mehnat migratsiyaning qonuniy yo’llarini o’rgatish, maslaxat va tavsiyalar berish va yosh avlodning bandligini ta’minlashdan iborat edi..
Bu trening mashg’uloti o’quvchilarning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishini yanada oshishi uchun xizmat qildi. O’quvchilar o’zlari uchun kerakli ma’lumotlarni olishdi.
Maktab direktori: B.Jaylovov
Psixolog N.Choriyev
11- “A”sinf o’quvchilarining 2023-2024-o’quv yilida ta’limningi keyingi bosqichiga jalb etish bo’yicha o’tkazilgan so’rovnoma natijalar taxlili

T/R

Ism familiyasi

Tanlagan otm

Yo’nalish

O’quvchining tel raqami























































































































Maktab direktori: B.Jaylovov


Psixolog N.Choriyev

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli maktabning 9-a sinf o’quvchilarining 2023-2024-o’quv yilida ta’limningi keyingi bosqichiga jalb etish bo’yicha o’tkazilgan so’rovnoma natijalar taxlili



T/R

Ism familiyasi

O’quvchining tanlovi
































































Maktab direktori: B.Jaylovov


Psixolog N.Choriyev

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida 11-sinf o’quvchilarini oliy ta’limga jalb qilish maqsadida o’tkazilgan davra suhbati yuzasidan


A X B O R O T
Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida hozirgi kunda 14 nafar bitiruvchi o’quvchilar bo’lib ular bilan muntazam ravishda oliy ta’lim va kasb-hunarga yo’naltirishga doir davra suxbatlari, ochiq muloqotlar va targ’ibot tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 14-oktyabr kuni 11-sinf o’quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish, va bu o’quv yilida qabul jarayonida qanday o’zgarishlar bo’lganligi, imtixon topshiradigan fanlar majmuasi, ulardan to’planadigan ballar, internet manbalari haqida tushunchalar berib o’tildi.
Suxbat jarayonida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Hozirgi kunda 51-maktabning bitiruvchi o’quvchilarini 12 nafari oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish istagini bildirdi. 2 nafari esa texnikumlarda o’qishni davom ettirmoqchi.
Maktab direktori: B.Jaylovov
Psixolog N.Choriyev

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli maktabning 9-sinf o’quvchilarining 2023-2024-o’quv yilida ta’limningi keyingi bosqichiga jalb etish bo’yicha o’tkazilgan so’rovnoma natijalar taxlili



T/R

Maktab

KHM

AL

Temuriylar maktabi

9-a

9-b

9-d

9-e

9-g

Jami

Sherobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 51-sonli maktabning 11-sinf o’quvchilarining 2023-2024-o’quv yilida ta’limningi keyingi bosqichiga jalb etish bo’yicha o’tkazilgan so’rovnoma natijalar taxlili







Jami o‘quvchilar soni



Shundan



Siz maktabning 11-sinfini tamomlagandan so‘ng qayerda o‘qishni davom ettirishni istaysiz?




o‘g‘il

qiz

Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmoqchiman

Texnikumga o‘qishga kirmoqchiman

Kollejga o‘qishga kirmoqchiman

Kasbga tayyorlash markazlarida o‘qib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish

Javob berishga qiynalaman

“Tasdiqlayman”


Maktab direktori: B.Jaylovov
Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti
Oʼtkazilgan vaqti: 11.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: sinf xonasi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 5-6-sinf o'quvchilari
Trening maqsadi: «Yashash hududimizdagi kasblar» mavzusida suhbat o'tkazish.
Mamlakatimizda sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, qurilish kabi ko‘plab sohalar rivojlanib, yangi-yangi korxonalar ochilmoqda. Ularni malakali ishchi va mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida oliy va o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishlari o‘zgartirilmoqda. Hududlarda yoshlarga kasb o‘rgatilmoqda.Taraqqiyot strategiyasida bu borada navbatdagi qadamlar – har bir fuqaroga kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish, kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish maqsadlari belgilangan.Maktabning kasbga yo’naltiruvchi psixologi hamda 5-6-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda noyabr oyida “Yashash hududimizdagi kasblar”mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.Bunga ko’ra maktab hududidagi eng rivojlangan kasb hunar markazlari,ishlab chiqarish korxonalari,yengil sanoat,qurilish sohalaridagi eng ko’zga ko’rinarli kasb egalari haqida suhbatlar o’tkazildi.Suhbat o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.Hamda ishlab chiqarish sohasi kasblarning hududdagi faoliyatlari haqida ma'lumotga ega bo'ldilar
Maktab psixologi: N.Choriyev

Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti


Oʼtkazilgan vaqti: 12.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: maktab fayesi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari
Yig‘ilish maqsadi: Ishlab chiqarish sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”ni o‘tkazish.
“Noyabr-ishlab chiqarish sohasiga oid kasblar oyligi” sifatida keng nishonlandi.Maktab fayesiga stendgazeta yasatildi.7-8-9-10-11-sinflar ishtirokida ishlab chiqarish sohasiga oid kasblar yuzasidan davra suhbatlari treninglar tashkil etildi.Oylik doirasida o’quvchilar o’zlari egallamoqchi bo’lgan kasblar haqida keng ma’lumotlarga ega bo’ldilar.Ishlab chiqarish sohasidagi kasblar haqida tajriba almashishdi. 8-o‘quvchilari tomonidan o‘z izlanishlari asosida zamonaviy kasblarni aks ettiruvchi fotakollajlar tayyorlandi. Shu jumladan ushbu oyda o‘quvchi yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun shuningdek ularning har tamonlama yetuk malakali mutaxassis bo‘lib yetishlariga ko‘maklashish o‘z kasbini ustasi bo‘lib ulg‘ayishlari uchun kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda,ya’ni o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish,ularning qiziqish va qobiliyati layoqati va moyilliklarini inobatga olib“Ustoz-shogird”an’anasiga muvofiq tikuvchilik,kulolchilik,nonvoychilik hamda qandolatchilik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlarga biriktirildi.Maktabda 10-11-sinf o'quvchilarini kasb hunarga yo'naltirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida «Ustoz-shogirt» an'analari yo'lga qo'yilgan.“Ustoz-shogird” an’anasini tashkil etishda o‘g‘il bolalar uchun “Yigit kishiga qirq hunar oz”, qiz bolalar uchun “Tanlagan kasbim-kelajak baxtim” shiori ostida o‘quvchilarga kasblar va hunarlar haqida to‘liq ma’lumot berildi.Maktabning 10-11-sinf rahbarlari o‘quvchilarining ota-onalarini hayotda egallagan kasbi va hunari haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirib kasbga yo’naltiruvchi psixologga topshirdi. Ota-onalarga o‘quvchilarni kasbiy qiziqishi, layoqati va moyilliklari haqida ma’lumot berib o'tildi
hamda “Ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha o‘g‘il bolalar uchun “Yigit kishiga qirq hunar oz”, qiz bolalar uchun “Tanlagan kasbim-kelajak baxtim” shiori bo‘yicha shogirdlikka olishlari tavsiya etildi. Ota-onalarning roziligiga ko‘ra, 10-11-sinf o‘quvchilarining 15 nafari shogird sifatida biriktiriladi, ularning egallagan kasbi yoki hunari bo‘yicha ustoz sifatida tayinlandi hamda maktab direktorining buyrug’i bilan rasmiylashtirildi. Ustozga shogird sifatida biriktirilgan o‘quvchilarni nazorat qilish, ularga maslahatlar berib borish uchun ta’lim muassasasidan sinf rahbarlari, , psixolog va tegishliligi bo‘yicha fan o‘qituvchilaridan biriktirildi hamda doimiy faoliyat olib borilmoqda.
Shu bilan bir qatorda 7-8-9-sinf o'quvchilari ishtirokida maktab hududiga yaqin bo'lgan ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar uyushtirildi. Bular Sherobod tumani idagi so'k ishlab chiqarish zavodi hamda kichik tadbirkorlik ishlab chiqarish obyektlari bular mebil ishlab chiqarish, temir panjaralar xamda darvozalar yasash bilan shug'ullanuvchi kichik tadbirkorlarni ham ishlarini kuzatib o'zlariga qiziqtirgan savollarga javob olgan holda katta qiziqish bilan ekskursiyadan ajoyib tasurotlar bilan qaytishdi . Ekskursiya natijasida 11-sinf bitiruvchilarida ishlab chiqarish sohasi yo'nalishidagi kasblar oyligi davomida o'quvchilar ko'plab bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.
Maktab psixologi: N.Choriyev
Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti
Oʼtkazilgan vaqti: 12.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: ishlab chiqarish korxonalari
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 7-8-sinfo'quvchilari
Ekskursiya maqsadi:O'quvchilarni ishlab chiqarish sohasi bilan keng tanishtirish
Noyabr ishlab chiqarish sohasiga oid kasblar bilan o'quvchilarni keng tanishtirish maqsadida Sherobod tumani idagi hunarmandchilik korxonasiga maktabning 9-11-sinflari bilan psixolog hamkorligida ekskursiya tashkil etildi.
Hunarmandlik — milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi.Korxona rahbarlari tomonidan hunarmandchilik kelib chiqish tarixi,ilk hunarmandchilik ishlari va hozirda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik buyumlari haqida to'liq ma'lumotlar berib o'tildi.Ekskursiya davomida o'quvchilar milliy cholg‘u asboblari, baxchishilik, rassomchilik va umuman maktabdagi ta’lim jarayoni bilan tanishtirildi.O'quvchilar sayohatdan ko'tarinki kayfiyat hamda iliq taassurotlar bilan qaytdilar
Maktab psixologi: N.Choriyev

Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti


Oʼtkazilgan vaqti: 12.11.2023
Oʼtkazilgan joyi:faollar zali
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 10-11-sinfo'quvchilari
Tadbir maqsadi: «O'quvchilarni ustoz -shogirt an'analariga yo'naltirish.
Maktabning 10-11-sinf o'quvchilarini hunarmand ota-onalarga ustoz-shogirt sifatida sentyabr oyining boshidayoq biriktirilgan edi.Hozirda maktabning kasbga yo'naltiruvchi psixologi nazorati ostida ushbu an'ana yuzasidan ishlar uzluksiz davom etmoqda.
Ustoz-shogird” an’anasining asosiy maqsadi - o‘quvchi-yoshlarni maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning qiziqish, qobiliyati, layoqati va moyilliklarini inobatga olib, kasb-hunar sirlarini o‘rgatish. O‘quvchilarda kelajak kasbini ongli ravishda tanlashlariga ko‘maklashdan iborat.
“Ustoz-shogird” an’anasining vazifalari:mazkur an’ana doirasida o‘quvchilarning ma’lum bir kasb tanlashlarida ota-onalarni, keng jamoatchilik va maktab jamoasi bilan o‘zaro xamkorlik ishlari tashkil etish;
1. umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflari o‘quvchilari o‘z ustida ishlashlarini hamda kelajakda o‘z o‘rnini topishida munosib kasb egasi bo‘lishiga ko‘maklashish;
2. xozirgi kunda “Ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish, o‘quvchilar o‘zlari mustaqil kasb o‘rganishlariga imkoniyat yaratish;
3. mazkur an’anaga tayangan holda o‘quvchi-yoshlarni maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, kelajakda ma’lum bir kasb-hunarni egallashiga hissa qo‘shish;
4. o‘g‘il bolalar uchun aloxida, qiz bolalar uchun aloxida kasblarga yo‘naltirish “Ustoz va shogird” an’anasiga muvofiq kasbni to‘g‘ri tanlashi uchun tanlayotgan kasbi to‘g‘risida ham yetarlicha ko‘nikma hosil qilish.
10-11-sinf oʼquvchilarini "Ustoz-shogird" anʼanasi boʼyicha oʼgʼil bolalar uchun "Yigit kishiga qirq hunar ham oz" shiori ostida kasb-hunarga yoʼnaltirish, hamda "Ustoz -shoird" anʼanasi boʼyicha qiz bolalar uchun "Tanlagan kasbim-kelajak baxtim" shiori ostida kasb-hunarga yoʼnaltirish hamda kasb-hunar sirlari haqida toʼliq maʼlumot olish va malakalarini koʼniktirish maqsadida maktabda kuzatuv kengashi va MFY hamkorligida o‘quvchilarni xavfsizligi nuqtaiy nazardan doimiy nazorat olib borildi, ota-onalari bilan doimiy aloqada bo‘lindi.
Ustoz shogirt an'analari yuzasidan noyabr holatidagi jadval ilova qilinadi.
Maktab psixologi: N.Choriyev

Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti


Oʼtkazilgan vaqti: 14.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: informatika xonasi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 5-sinf o'quvchilari.
Yig'ilish maqsadi: “Maqsadlarga intilish” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazish.
Maqsad:O'quvchilardagi intiluvchanlik,tirishqoqlik,qaror qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantirish.Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik Respublika tashxis markazi tomonidan maktablarning 5-sinfidan boshlab qiziqish hamda qobiliyatlarini aniqlash maqsadida zamonaviy psixodiagnostik uslublarni o‘tkazish va ularni hisobotini yurituvchi “Kasbim kelajagim” nomli yagona onlayn platforma – profnavigator.uz yaratildi. Maqsad inson ega bo‘lmagan, lekin kelajakda erishishni istagan barcha narsalarga berilgan nom hisoblanadi. Bu bir kasb, maqom yoki qanchadir miqdordagi pul ham bo‘lishi mumkin.Maqsadlarni yaqin kelajakdagi yoki uzoq kelajakdagi kabi turlarga ajratish mumkin. Masalan, yaqin kelajakdagi maqsadingiz tibbiyot akademiyasiga kirish bo‘lsa, undan keyingi maqsadingiz kardiologiya sohasidagi yaxshi mutaxassis bo‘lish yoki ilmiy ishlarni amalga oshirish bo‘lishi mumkin. Undan ham kelgusida esa dunyodagi eng yaxshi kardiolog bo‘lish yoki jahonning rivojlangan davlatlarida malaka oshirib kelish kabilar bo‘lishi mumkin.Maktabning 5-sinf o'quvcgilari o'rtasida platforma orqali onlayn test o'tkazildi.Test davomida o'quvchilar o'z ixtiyorlaridan kelib chiqib javoblarni belgilaydilar.Test so'ngida natijalarini aks ettiruvchi sertifikatlarga ega bo'ldilar.Psixolog tomonidan test monitoringi ishlab chiqildi unga ko'ra,

TR



Sinfi


Jami o'quvchi
soni

O’z kuchlariga ishonuvchan, to’siqlarni yengishga tirishqoq, yuqori

darajadagi maqsadga ega o'quvchi soni.



Maqsadlarning o’rtacha darajasi, maqsadlarni o’rtacha tavakkalchilik bilan qo’yadi o'quvchi soni

Biror narsaga erishish uchun maqsadlar darajasi past
o'quvchi soni

Maktab psixologi: N.Choriyev


Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti
Oʼtkazilgan vaqti: 16.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: informatika xonasi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 9-10-sinf o'quvchilari
Yig‘ilish maqsadi:“ “O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarni aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazish.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi tomonidan tashkil etilgan profnavigator.uz saytidagi “Kasbim-kelajagim” onlayn platformasida joylashtirilgan metodikalar orqali 7-8-9-10-11 sinf o‘quvchilarining yoshi, bilim darajasi, qiziqishlari, qobiliyatlari, moyilliklari va imkoniyatlariga muvofiq kasb-hunarga yo‘naltirish belgilanganligini inobatga olgan holda joriy yilning noyabr oyida 9-10-sinf o‘quvchilari “O'quvchilarning fanlarga bo'lgan qiziqishini aniqlash”,metodikasini bajarishdi.Bugungi kunda har bir insonning kasblar olamida o‘z-o‘rnini topishi, kasbiy o‘zligini anglashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilishi va unga qiziqishlari kun sayin ortib bormoqda.
Minglab kasblar ichidan qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi, layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi.O'quvchilarnibg barcha fanlarga bo'lgan qiziqishlari va eng qiziqqan fanlari yuzasidan natijasini aniqlab aynan mana shu fan sohasiga oid kasb hunarga yo'naltirish bu o'quvchining kelajak hayotidagi o'rni va mavqeyini belgilab beradi
Maktab psixologi tomonidan o'quvchilarning test natijalari o'rganilib diagnostika qilindi.Kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi o'rganildi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratildi. Hisobotga shuningdek,saytdan yuklab olingan natijalar ilova qilinadi
Psixolog tomonidan test monitoringi ishlab chiqildi hamda ushbu hisobotga ilova qilinadi.
9-10-sinf o'quvchilari ishtirokida o'tkazilgan “O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarni aniqlash”diagnostik testining monitoring

Fanlar

9-sinflar

10-sinflar

Jami o'quvchi soni

Fizika

Matematika

Iqtisod va biznes

Texnika va elektrotexnika

Kimyo

Biologiya va qishloqxo‘jaligi

Tibbiyot

Geografiya va geologiya

Tarix

Filologiya, jurnalistika

San’at

Pedagogika

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi mehnat faoliyati

Harbiy ish

Sport

Maktab psixologi: N.Choriyev


Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti


Oʼtkazilgan vaqti: 17.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: sinf xonasi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 7-8- sinf o'quvchilari
Yig‘ilish maqsadi:Kasbiy trening 2-mashg‘ulotini o‘tish.
Sherobod tumani idagi 51-maktabda bolalarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha trening mashg’ulotlari o'tkazildi. Kasbiy mashg'ulotlar kasb, mutaxassislik, lavozim haqida bilimlarni shakllantirishga yordam beradi, shuningdek o’quvchilarni qiziqishlari, qobiliyatlari, shaxsiy fazilatlari va salomatlik holatini hisobga olgan holda kasb va ta'lim muassasasini ongli ravishda tanlashga tayyorlaydi. Yetakchilik, ochiqlik, mustaqillik, qaror qabul qilish qobiliyati, o'z ishining natijalari uchun javobgarlik kabi hayotiy ko'nikma va fazilatlarni rivojlantirish muhimdir.
“Kasblar zanjiri” turli xil kasblar va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, mehnat faoliyatining umumiy va ayrim turlari haqida ma’lumot berish hamda o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.
Mashg‘ulot sharti:
Mashg‘ulot guruh xonasida o‘tkaziladi. Qatnashuvchilar soni 6-8 nafardan 10-15 nafargacha bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot davomiyligi 7-10 daqiqadan 15 daqiqagacha.
Mashg‘ulotning borishi:
Psixolog birinchi kasbni aytadi, o'quvchilar esa, o‘xshashlik tomoni bor bo‘lgan navbatdagi kasbni aytib o‘yinni davom ettiradilar.
Masalan: metallurg kasbiga o‘xshashlik tomoni bo‘lgan oshpaz kasbi, eng asosiysi, ishtirokchilar kasblar o‘rtasidagi o‘xshashliklarni aytishi va boshqalar uni tushunishi kerak. Misol uchun, metallurg bilan oshpaz kasbining o‘xshashlik tomonlari, ikkalasi ham yuqori haroratli pechlarda, o‘t bilan ishlaydi.
Inson shaxsi va tanlagan kasbining mos tushishi hahidagi tasavvurlarni
shakllantirish, kasblarning turli-shaxarligi to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida psixolog tomonidan “O’lab top” mashg’uloti o'tkazildi.
Kasblar olamining turli-shaxarligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish, kasblarning nomlarini bilish anglash tushunishni o’quvchilar ongida shakllantirish maqsadida “Mo’jizalar maydoni” o’yini ham tashkil etildi Trening mashg’ulotlari juda qiziqarli o’tdi.
Maktab psixologi: N.Choriyev

Sherobod tumani 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi KHY psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilining noyabr oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ma'lumoti


Oʼtkazilgan vaqti: 18.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: informatika xonasi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 11- sinf o'quvchilari
Metodika maqsadi: «Kasb tiplarini aniqlash» so'rovnomasini «Kasbim-kelajagim»platformasi orqali o'tkazish.
Maqsad: O’quvchilarga kasb tiplari haqida ma’lumot berish , kasblar tasnifi(odam-odam,odam-tabiat,odam-texnika, odam-badiiy obraz,odam-belgili sistema)ga mos keladigan kasblarni guruhlarga ajratishni o’rgatish.Kasblar tasnifi bilan tanishib o'ziga mos kasbni tanlash Vazifalar: o’quvchilarni kasb tiplari bilan tanishtirish.Kasblarning tavsifiga mos keladigan kasblar haqida tanishtirishKasb tanlashni o’rgatish, kasb tanlash ko’nikmasini shakllantirish ishlab chiqarishga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish. O’quvchilar kasblar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar, kasb tiplari bilan tanishadilar kasb tanlashni o’rganadilar.
Sherobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 51-maktabning 11-sinf oʻquvchilarini “Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi taxlili



Maktab raqami

Sinfi

Jami oʻquvchilar soni

Odam- tabiat

Odam texnika

Odam-belgilar

Odam-sanat

Odam-odam






































































































































Maktab psixologi: N.Choriyev


Sherobod tumani MMTBga qarashli 51-umumiy o'rta ta'lim maktabida 8- sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan o’tkazilgan yig’ilish


B A YO N N O M A SI
2023-yil “51-noyabr”
Raislik qiluvchi: Maktab direktori: B.Jaylovov
Qatnashdilar: Maktab psixologi: N.Choriyev
Pedagoglar, sinf rahbarlari.
Sinf rahbarlari, 8-sinf o’quvchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.
K U N T A R T B D A
1. 8-sinf o'quvchilarini kasb hunarga yo'naltirish masalalari;
2.O'quvchilardagi kasbiy moyillikni aniqlash,qizlar uchun kasbiy ko’nikmalarini yaratish;
ESHITILDI:
Yig‘ilishni maktab direktori B.Jaylovov ochib berdi. So‘z nutqida maktab o‘quvchilarining ota-onalariga murojat qilib kirish soʻzi bilan boshlab o'quvchilarni kasb-hunar tanlashida mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Davra suhbati ishtirokchilariga muommoli “Farzandga boʻlgʻusi kasbni tanlashga qay tarzda yordam bersa boʻladi?” savoli bilan murojat qildi. Bu haqida maktab psixologi N.Choriyev shunday javob berdi. Oʻquvchi kasb egasi boʻlishida asosiy maʼsuliyat maktabning yoʻnaltiruvchi psixologi zimmasiga tushadi. Ular esa oʻz navbatida barcha taʼsir etuvchi omillar faoliyatini birlashtirib boradilar, maktabda raxbariyat,sinf raxbari, xamshira, texnologiya oʻqituvchisi , fan oʻqituvchilari, toʻgarak rahbarlari, kutubxona mudirasi bilan doimiy xamkorlikda ish olib borib natijaga erishiladi. Oʻquvchilarning kasb-xunar tanlashlariga qiziqishlarini oshirishda kasb-hunar tanlashlarida tashqi taʼsir koʻrsatuvchi omillar ota-ona, qarindosh, doʻstlar, ideal qaxramon, yaqin korxonalarning juda xam roli katta. Oʻzining tanlagan kasbiga hursandligi, afsuslanmasligi haqida aytdi. Bu kasb xar vaqt inson uchun kerakli ekanligi sharafli ekanligi, shu bilan birgalikda oʻziga hos mashaqqati xam bor ekanligini aytib oʻtdi. 8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berildi va yo‘naltirish yuzasidan bir qator chora tadbirlar belgilandi.
Maktab MMIBDOʻ soʻzga chiqib, shunday dedi: oilada qiz bolaning kasb-xunar tanlashda ota-onaning va mahallaning oʻrni bor. Jamiyatda barcha kasb-hunarlarga talab koʻp, u yoki bu kasbni tanlashda kasbning jamiyatdagi mavqeini bilish muxim. Qiz bolaning mustaqil hayoti uchun egallagan kasb-hunari axamiyatga ega. Chunki qiz bola boʻlajak ona. Farzand tarbiyasida har qanday kasb as qotadi.Davra suhbatiga taklif qilinganlar tomonidan 8-sinf oʻquvchilarining ota-onalarga farzandining kasbiy qiziqishlari va layoqati haqida savollar berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,yig’ilish
QAROR QILADI:
1. Sherobod tumani MMTBga qarashli 51-maktabda o‘tkazilgan yig‘ilish ma‘lumot uchun qabul qilinsin;
2.O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari to‘garaklarga kelib qatnashishlari,bunda ota-onalar ham nazorat qilishlarini kuzatib borish vazifalari yuklatilsin.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni o'z zimmamda qoldiraman
Maktab direktori: B.Jaylovov
Maktab psixologi: N.Choriyev

Sherobod tumani 51-umumiy o'rta ta'lim maktabi kasbga yo'naltiruvchi psixologi Karimova Shahloning 2023-2024 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan noyabr oyi hisoboti


Oʼtkazilgan vaqti: 22.11.2023
Oʼtkazilgan joyi: sinf xonasi
Ishtirokchilar soni: maktab psixologi, 10-51- sinf o'quvchilari
Trening maqsadi: O‘quvchilarning kasbiy tanlovlarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash trening dasturidan 51-4 mavzularni o‘tish.
Hayotimizdagi kasblar mavzusida 11-sinf o’quvchilari bilan mashg’ulot o’tkazildi.
Maqsad: kasbiy tanlov muammolarini qabul qilish va qo‘ya bilishni faollashtirish.
1. Kasb tanlovining kishi hayotidagi ahamiyati haqidagi kirish so‘zi.
2. Kasb tanlash matritsasi-Ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘lindilar.
Har bir kichik guruh “Kasb tanlovi matritsa”si blankasining modifikatsiyalangan variantini oladi. Vazifa – katakchalarga mos keladigan kasblarni yozib, uni to‘ldirishdan iborat. Guruh bo‘lib ishlash asosida umumiy matritsa tuzib chiqdilar.
“Mening kasbiy qiziqishlarim va layoqatim”trening mashg'uloti
Maqsad: kasbiy qiziqishlari va layoqatlarini aniqlashga ko‘maklashish.
Psixolog o'tgan sinf soatida biz to‘g‘ri kasb tanlashning tashkil etuvchilarini muhokama qilgan edik. Keling, ular qanday ekanligini eslab ko‘ramiz (“xohlayman”, “qila olaman”, “kerak”). Bugun biz birinchi tashkil etuvchi “xohlayman” haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz deb o’quvchilarga qiziqarli savollar berdi. Suhbat muzokaralarga boy bo’ldi.
“Kasbiy qiziqish” va “kasbiy layoqat” haqidagi tushunchalar bilan tanishtirib o’tildi.
Ushbu trening davomida o'quvchilar juda katta bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.
Klimovning kasb tiplari to'g'risida ham bahs munozaralar bo'lib o'tdi. O'quvchilar o'zlari tanlagan hamda qiziqqan kasblari qaysi tipga mansub ekani haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Suhbat natijasida o'quvchilar tomonidan eng ko'p talabgor bo'lgan kasblar kiruvchi kasb tipi «Odam-ofam»tipi ekanligi aniqlab olindi.

Maktab psixologi: N.Choriyev



Sherobod tumani MMTB ga qarshli 51-umumta'lim maktabida Ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASI
“23”-noyabr 2023-yil. Faollar zali
Yig’ilish raisi: B.Jaylovov
Yig’ilish kotibi: N.Choriyev
Qatnashdilar:
MMIBDO’, kasbga yo'naltiruvchi psixolog N.Choriyev, 9-11-sinf rahbarlari, fan o’qituvchilari va ota-onalar.
KUN TARTIBIDA:
1.Ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish.
2.9-11-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun ko'maklashish;
2. Bitiruvchi sinflarni oliy ta’lim muassasalariga qiziqishini oshirish va ularning ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish maqsadida o’quvchilarning ota-onalari va maktab hamkorligini yo’lga qo’yish.
ESHITILDI:
1.Yig’ilishni maktab direktori B.Jaylovov ochib, bugungi yig’ilishning mazmun mohiyati haqida tushuncha berdi u o’z so’zlarida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Xalq tizimida amalga oshiraloygan ishlari haqida so’zlab o’tdi.
10-11-sinf oʻquvchilarini oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga yaxshiroq tayyorlash uchun ularning qiziqish va xususiyatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich variativ oʻquv rejalari joriy etiladi.Xususan mamlakatimiz rahbarining 792-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 9-11-sinf o'quvchilaridan 46talik kasblar so'rovnomasi o'tkazilishini aytib o'tdi.Bundan tashqari bitiruvchilar bandligining yuz foiz qoplanganligini hamda hozirda ishsiz,qiynalayotgan bitiruvchilar mavjud emasligi, bu yil davomida 80 foiz o'quvchilar Oliy ta'limga o'qishga qabul qilinganligi natijalari haqida aytib o'tdi
2.So’z navbati kasbga yo’naltiruvchi psixolog N.Choriyevga berildi.U 2023-2024 o'quv yilidan boshlab umumta'lim muassasalari bitiruvchilari o'z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o'rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun «Kasbga yo'naltirish tizimi» joriy etiladi; 7-sinfdan boshlab o'quvchilar o'rtasida interaktiv so'rovnomalar o'tkazilib, kasb-hunarga bo'lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma'lumotlar bazasi yaratiladi.7-sinf o'quvchilari uchun har oyda bir marta «Kasblar olamiga sayohat» mavzusida maxsus kurslar, 8-sinf o'quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida seminar-treninglar olib boriladi; 9-sinf o'quvchilarining kasbiy moyilligi bo'yicha o'tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo'yicha kasb-hunar maktablarida ta'lim olishi mumkin bo'lgan o'quvchilar o'rtasida kasbga yo'naltirish ishlari olib boriladi, tizimning afzalligi — o'quvchilar tizimli ravishda kasb-hunarga yo'naltirilib boriladi, ongli ravishda kasb tanlashga va to'g'ri tanlashga erishishi haqida tushunchalar berib o’tdi.Ota-onalarga kasb tanlash yuzasidan maslahatlar berdi.
3-masala yuzasidan MMIBDO’ so’zga chiqdi. U o’z nutqida hurmatli otalar yurtimizda yoshlarning ta'lim olishlari, kelajakda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo'shadigan komil inson bo'lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan 11 yillik bepul majburiy ta'lim ham davlatimiz nazoratidadir.Ularning ta'lim olishlarini ta'minlashga ota-onalar mas'uldirlar. Bu yurtimizda qator qonun va hujjatlar bilan belgilab qo'yilgan.

Yig’ilish qaror qiladi:


1. “Oila-mahalla-maktab” hamkorligini yanada oshirilsin;
2. Bitiruvchi sinflarni oliy ta’lim muassasalariga qiziqishini oshirish va kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish uchun o’quvchilarning ota-onalari va maktab hamkorligi yo’lga qo’yilgan ishlar yanada kuchaytirilsin;
Maktab direktori: B.Jaylovov
Maktab psixologi: N.Choriyev

Sherobod tumani MMTB ga qarshli 51-umumiy o'rta ta'lim maktabida 9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish ishlari olib borish yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish


BAYONNOMASI
“28”-noyabr 2023-yil. Faollar zali
Yig’ilish raisi: B.Jaylovov
Yig’ilish kotibi: N.Choriyev
Qatnashdilar: MMIBDO’, kasbga yo'naltiruvchi psixolog N.Choriyev, 9-sinf rahbarlari, fan o’qituvchilari va ota-onalar.
KUN TARTIBIDA:
1.9-sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga jalb etish masalalari;
2.9-sinflardan olingan so'rovnoma natijalari tahlili;
ESHITILDI:
1.Yig’ilishni maktab direktori B.Jaylovov ochib, bugungi yig’ilishning mazmun mohiyati haqida tushuncha berdi u o’z so’zida 9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish ishlari olib borilishi,ekskursiyalar va ma’ruzalar o‘tkazish, turli kasb vakillari bilan uchrashuv, suhbatlarni tashkil etish lozimligi haqida ta'kidlab o'tdi
Kun tartibiga qo'yilgan ikkinchi masala yuzasidan maktab psixologi N.Choriyev so'zga chiqib, 9-sinf o‘quvchilarini uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb muammolari, 9-sinf o`quvchilarining kasbiy moyilligi bo`yicha o`tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo`yicha kasb-hunar maktablarida ta`lim olishi mumkin bo`lgan o`quvchilar o`rtasida kasbga yo`naltirish ishlarini olib borilayotganligi,o'quvchilarni kasb hunarga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida,kasb hunar maktablariga,ishlab chiqarish korxonalariga ekuskursiyalar tashkil etib kelinayotganligi aytib o'tdi.Ta'limning keyingi bosqichiga jalb etish yuzasidan so'rovnoma o'tkazib,o'quvchilarning hohish va istaklariga binoan KHM,Akademik litsey yoki 10-sinfda o'qishni davom ettirishlari haqida aniqlab olindi.Ushbu so'rovnoma natijalari ota-onalarga o'qib eshittirildi.
Yuqorilardan kelib chiqib,
YIG’ILISH QAROR QILADI:
1. Kasb hunarga yo'naltirish ishlarini yanada oshirish,Akademik litsey,KHKlar bilan hamkorligini yanada oshirilsin;
2. 9- sinflarni Akademik litsey hamda KHMga qiziqishini oshirish va kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish uchun o’quvchilarning ota-onalari va maktab hamkorligi yo’lga qo’yilgan ishlar yanada kuchaytirilsin;

So'rovnoma natijalari bayonnomaga ilova qilinadi:





TR

Maktab raqami

Sinfi

Maktabning 10-sinfida o'qishga istak bildirgan o'quvchilar soni

Akademik litseyda o'qishga istak bildirgan o'quvchilar soni

KHMda o'qishga istak bildirgan o'quvchilar soni

1

51-maktab

9-«A»

2

9-«B»

3

9-«V»

4

9-«G»

Maktab direktori: B.Jaylovov
Maktab psixologi: N.Choriyev
Download 57,88 Kb.




Download 57,88 Kb.