|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 183/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
187
- “yashil” ishchi o ‘rinlarini yaratish hisobidan aholi bandligini ta’minlash va
tegishli chora-tadbirlani ishlab chiqish;
- barqaror rivojlanishga erishish uchun bozor mexanizmidan foydalanish.
Ba’zi mutaxassislar “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yoʻnalishlarini
aniqlashda Klark-Fisher modelini qoʻllash zarurligini ta’kidlashadi. Klark-Fisher
modeli iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida ish o ‘rinlarini yaratishda iqtisodiyotning
qazib chiqarish, qayta ishlash va xizmat koʻrsatish sektorlari ahamiyatini nazariy
jihatdan asoslashga. Ushbu model BMT mutaxassislari tomonidan taklif etilgan
“yashil iqtisodiyot” tarmoqlarini xizmat koʻrsatish sohasiga tegishli “yashil”
xizmatlar va fan sigʻimkorligi yuqori ishlab chiqarish, turizm shaharlarini
boshqarish va chiqindilarni yoʻqotish, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, moliyaviy xizmatlar
kabi innovatsion iqtisodiyotga xos yoʻnalishlar bilan toʻldiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi
yoʻnalishlari ajratib koʻrsatiladi.
1.
Tiklanadigan energiya manbalarini oʻzlashtirish
2.
Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish
3.
Suv resurslarini boshqarish tizimlarini takomillashtirish.
4.
“Sof”, “barqaror” yoki “yashil transport”ni rivojlantirish.
5.
Qishloq xoʻjaligida organik dehqonchilikni rivojlantirish.
6.
Uy-joy kommunal xoʻjaligida energiya samaradorligini oshirish.
Shunday ekan, respublikamizda energetikaning pishiq-puxta rivojlanishi,
iste'molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish, ekologik xavfsizlikni
ta'minlash maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol
qurilmalari)ni hayotga tatbiq etishga ham alohida ahamiyat berilmoqda. Zero,
bunday ne'matlarni oʻzlashtirish tabiiy resurslarni kelajak avlod uchun asrab-
avaylash, atmosferaga yoqilgʻi yonishidan hosil boʻlgan zararli moddalar
chiqarishni kamaytirishning muhim omili hisoblanadi.
Yashil energetikani rivojlantirish uchun esa katta miqdorda moliyaviy sarmoya
talab etiladi. Bu boradagi loyihalarni roʻyobga chiqarish uchun salohiyatli
investorlarni jalb etish elektr energiyasiga iqtisodiy jihatdan jozibador tariflarni joriy
etish evazigagina mumkin boʻladi. Biroq mamlakatimizda bu koʻrsatkich rostdan
ham jozibadormi, sarmoyadorlar uchun maqbulmi?
Ekspertlarning aytishicha, unday emas, ya'ni Oʻzbekistonda elektr energiyasi
uchun oʻrnatilgan tariflar yaqin va uzoq xorijdagi davlatlarga nisbatan ancha
pastdir. Masalan, 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi Qozogʻistonda 5,1 sent,
Rossiyada 5,8 sent, Hindistonda 5 sent, Xitoyda 5,6 sent, Yevropa Ittifoqi
mamlakatlarida 9-14 yevrosent boʻlgani holda yurtimizda 2,8 sentdir.
203
2022–2026
yillarga
moʻljallangan
Yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasida
belgilangan
vazifalarni
amalga
oshirish, Oʻzbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida “yashil” va
inklyuziv iqtisodiy oʻsishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejashni yanada
203
https://kun.uz/news/2018/10/01/uzb
|
| |