1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“YASHIL IQTISODIYOT SARI: NAZARIY VA AMALIY
YONDASHUVLAR TAHLILI”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
TO‘PLAMI
2024-yil 3-aprel
TOSHKENT-2024
2
УДК 330.8
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” mavzusidagi
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. – Т., 2024. – 509 b.
Ushbu
to‘plamda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Yangi
O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi”ning ustuvor
vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi
“2019-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son qarori doirasida “yashil” va
inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, mamlakatda “yashil” iqtisodiyot va “yashil”
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha strategik maqsadlar va chora-tadbirlar amalga
oshirilishini samarali tashkil etish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga
doir masalalarda davlat xizmatlari qamrovini kengaytirish, “yashil” iqtisodiyot
sohasida aholining iqtisodiy faolligini oshirish orqali aholi va jamoatchilik ishtirokini
kengaytirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi muvofiqlashtirilgan say-
harakatlarini ta’minlash bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy
etishga yo‘naltirilgan.
Ilmiy-amaliy
anjuman materiallari to‘plami amaliyotchilar, professor-
o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar, magistrlar hamda talabalar uchun
mo‘ljallangan.
|