|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
6
Oʻzbekiston iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish,
asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmining barqaror oʻsishiga erishish,
yashil iqtisodiyotga oʻtishga oid investitsion loyihalarning samaradorligini
ta’minlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy
mexanizmlarini amalga oshirishga ustuvorlik berilmoqda. Oʻzbekiston-2030
strategiyasiga muvofiq
3
, «mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni
oʻzlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard
dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish» boʻyicha
ustuvor vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirilishida iqtisodiyotda
institutsional islohotlarni izchil davom ettirish, davlat-xususiy sheriklik va yashil
iqtisodiyot loyihalarini keng joriy etish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni
jalb etishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish zaruratini belgilaydi.
Iqtisodiy fanlarda investitsiyalarning maqsadi, moliyalashtirish manbalari,
tarmoq yoʻnalishi va boshqa jihatlariga qarab turlicha talqin beriladi. J.Keyns
investitsiyalarni ushbu davrning ishlab chiqarish faoliyati natijasida kapital mulk
bahosining joriy ortishi tarzida ushbu davrda topilgan daromadning iste’molga
ishlatilmagan qismi, deb ta’riflaydi
4
. Mazkur yoʻnalishda tadqiqot olib borgan
iqtisodchilar tomonidan investitsiyalarga daromad (foyda) olish hamda ijobiy
ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik ob’ektlariga va boshqa faoliyat
turlariga solinadigan pul mablagʻlari, maqsadli omonatlar, aksiyalar, boshqa turdagi
qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, har qanday
boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlardir degan ta’rif beriladi. Shuningdek,
koʻplab iqtisodchi olimlar tomonidan iqtisodiy rivojlanishning investitsiyalarga
bogʻliqligi masalasi tadqiq etilgan. Jumladan, yangi va qoʻshimcha investitsiyalar
iqtisodiyotda yalpi talabni ortishiga olib keladi. Iqtisodiy oʻsish asosan kapital,
xususan, ishchi kuchiga toʻgʻri keladigan kapitalning optimal darajasi bilan bogʻliq.
Innovatsiyalar va inson kapitaliga investitsiyalar iqtisodiy oʻsishning asociy omillari
kabi nazariy yondoshuvlarni keltirish mumkin
5
.
Iqtisodchi
olimlar
toʻgʻridan-toʻgʻri
xorijiy
investitsiyalarni
jahon
iqtisodiѐtida yirik trasmilliy korporatsiyalar (TMK)ning shakllanishi bilan
bogʻlaydi. Oʻtgan asrning 60-80-yillarida AQSh va Yevropa ittifoqida qudratli
TMKlar shakllana boshlagan boʻlsa, 1990-yillardan boshlab yirik korporatsiyalar
Janubiy-Sharqiy Osiyo, Janubiy Amerika va Yaqin Sharqning oʻsib kelaѐtgan
iqtisodiѐtlarida vujudga keldi.
TMKlarning barqaror sur’atlarda oʻsishining sabablari, xususiyatlari va
ularning tovar ishlab chiqarishni xorijga koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorlari
S.G.Xaymer tomonidan tadqiq etilgan. Uning tadqiqoti quyidagi fikrga
asoslangandi: xorijlik investorlar bozorning nomukammalligidan foydalanishga
intiladi, chunki xorijga mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar
3
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 11 сентябрдаги ПФ-158-сон ―Ўзбекистон-2030
Стратегияси тўғрисида‖ги Фармони. https://lex.uz/ru/docs/6600413.
4
Кейнс Дж. Общая теория занятости, процента и денег. М.: Прогресс, 1978, с.117
5
John Maynard Keynes, ―The General Theory of Employment, Interest and Money‖, 1936. Robert M. Solow, ―A
Contribution to the Theory of Economic Growth‖, The Quarterly Journal of Economics, Volume 70, Issue 1, February
1956, Pages 65–94. Paul M. Romer, ―The Origins of Endogenous Growth‖, The Journal of Economic Perspectives,
Vol. 8, No.1 (1994), pp. 3-22
|
| |