|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
7
mahalliy investitsiyalarga nisbatan yuqori tavakkalchilik va xarajatlar bilan bogʻliq.
Buni qoplash uchun yirik korporatsiyalar bozor nomukammalligi tufayli
monopolistik mavqega ega boʻlishi talab etiladi. Kindlberger mazkur gʻoyani
kengaytirib, bozorning nomukammalligi tufayli TMKlarga muvaffaqiyat
keltiradigan asosiy omillarni ajratib oladi
6
. Jumladan, korporatsiyaning tovar
siyosati bilan bogʻliq nomukammalliklar (marketing texnologiyasi, savdo markasi
mavqei, tovarlar oʻrtasidagi farqlanish), ishlab chiqarish omillari bilan bogʻliq
nomukammalliklar
(ishlab
chiqarish
ustidan
toʻgʻridan-toʻgʻri
nazorat,
texnologiyalar, ishchi-xodimlar malakasi), ichki va tashqi tejamkorlikdan keng
koʻlamda foydalanish imkoniyati (masshtab effekti), davlat iqtisodiy siyosati va
uning bozorga ta’siri. Reding universitetining (Buyuk Britaniya) iqtisodchilari -
Bakkli va Kasson nazariyasiga muvofiq, yaxlit ichki tuzilmaga ega yirik firmalar oʻz
faoliyatini kengaytirishlari mumkin
7
. Ular avvalgi nazariyalarni ishlab chiqarishning
tutgan oʻrniga juda katta e’tibor berib, kompaniyalarning boshqa noyob
ustunliklariga (etakchilik qilish mahorati, faoliyatni xalqaro darajada tashkil etish,
marketing va ta’minot, inson resurslari va moliyaviy menejment) yetarli e’tibor
qilmaganligini koʻrsatib, yirik kompaniyalar internallashtirish orqali xalqaro
bozorda ustunlikka erishish imkoniyati mavjudligini ta’kidlaydi.
Iqlim oʻzgarishiga ta’sir koʻrsatadigan koʻplab tarmoqlarga toʻgʻridan-toʻgʻri
xorijiy investitsiyalar kapital oqimlarining muhim segmentiga aylanmoqda. Qayta
tiklanadigan energiya, transport va atrof-muhit texnologiyalari va xizmatlariga
yoʻnaltirilgan yashil toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar soʻnggi oʻn yillik mobaynida
3 baravarga oshdi
8
. Rivojlanayotgan davlatlarga kiritilayotgan yashil toʻgʻridan-
toʻgʻri investitsiyalarning ulushi oʻsish tendensiyasiga ega boʻlib, yangi loyihalar
soni boʻyicha rivojlanayotgan davlatlarga jalb etilgan yashil investitsiyalar ulushi
2015 yildagi 30 foizdan 2022 yilda 52 foizga yetgan. Soʻnggi yillarda yashil
iqtisodiyot sohasida tadqiqotlarni amalga oshirayotgan xalqaro tashkilotlar, ilmiy
markazlar tomonidan ham yashil investitsiyalar‖ tushunchasining moxiyatini ochib
berishga harakat qilingan. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari yashil
investitsiyalar
issiqxona
gazlari
va
havoni
ifloslantiruvchi
moddalarni
kamaytirishga qaratilgan investitsiyalar deb ta’riflaydi. Carbon Collective
investitsiya fondi yashil investitsiyalar barqaror amaliyot, ekologik toza
texnologiyalar va tabiiy resurslarni saqlashga qaratilgan loyihalar va
kompaniyalarga moliyaviy resurslarni taqsimlashni anglatadi‖ degan ta’rif beradi.
Shuningdek, Cambridge Institute for Sustainability Leadership hisobotiga koʻra,
mas’uliyatli investitsiyalar – investorlar tomonidan atrof-muhit, ijtimoiy va
boshqaruv omillarini inobatga olgan holda amalga oshiriladigan investitsiyalar, deb
ta’riflangan.
Oʻzbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga oʻtish Strategiyasi bilan
2030 yilgacha mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga yashil
6
Cantwell, John. A survey of theories of international production. - London, UK, Routledge, in Pitelis and Sugden
(eds): The nature of the transnational firm, 1991, pp.16-63.
7
Meyer, Klaus. Direct Investment in Economies in Transition. - Cheltenham, Edward Elgar, 1998.
8
Boston Consulting Group, Foreign Direct Investment and the Greening of Emerging Markets,
https://www.bcg.com/publications/2023/growth-of-green-fdi
|
| |