• Taqrizchilar
  • Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

    Tahrir hay’ati raisi: 
    T.Z.Teshabayev – i.f.d., professor. 
    Tahrir hay’ati a’zolari: 
    S.U.Mexmonov – i.f.d., professor; 
    N.N.Oblomurodov – i.f.n., dotsent; 
    K.R.Nasurova –PhD., dotsent; 
    X.S.Asatullayev – i.f.n., professor; 
    T.T.Jo‘rayev – i.f.d., professor; 
    U.Dj.Zaynutdinova– и.ф.н., проф; 
    J.Y.Nurillayev – и.ф.н., доцент; 
    B.O.Tursunov – PhD., dotsent; 
    M.M.Nuraliyeva – PhD., dotsent; 
    B.U.Shermuxammedov – i.f.d., dotsent; 
    Z.G.Allaberganov – dotsent; 
    Sh.Sh.Fayziyev – dotsent v.b.; 
    A.R.Ulashov – katta o‘qituvchi. 
    Taqrizchilar: 
    D.Tadjibayeva – i.f.d., professor. 
    E.Sh.Shadmanov – i.f.d., professor. 
    Matnlarda foydalanilgan manbalar va ma’lumotlar aniq hamda haqiqiyligiga 
    mualliflarning o‘zi javobgardir
    .
     



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
    rektori, i.f.d., professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich 
     
    KIRISH SO‘ZI 
     
    Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, ustozlar, hamkasblar va talabalar! “Yashil 
    iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
     
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-
    amaliy anjuman qatnashchilari! 
    Sizlarga ma’lumki, ko‘z o‘ngimizda insoniyatning bugungi turmush tarzi, yashash 
    sharoiti va erishgan yutuqlari bir necha ming yillar davomida shakllangan hayotiy 
    tajribalarning pirovard samarasi hisoblanadi. Asrlar davomida inson o‘zining aql-
    idroki, tafakkuri, mehnati bilan buyuk kashfiyotlarni amalga oshirdi va uni amalda keng 
    ko‘lamli tadbiq etish orqali hayot turmush farovonligini ta’minlamoqda. Sanoatni 
    rivojlantirishning fundamental asoslari Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida, o‘lkamizda 
    yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo 
    Ulug‘bek tomonidan yaratildi. XIX asr o‘rtalaridan sanoat Yevropada rivojlandi. XX 
    asr boshlarida Amerika dunyoda sanoati eng taraqqiy etgan hududga aylandi. Xo‘sh, 
    bunday taraqqiyot, ixtirolar kashfiyotlar inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni qay 
    darajada o‘zgartirdi?
    O‘zbekiston Respublitkasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev butun dunyo e’tiborini 
    ushbu 
    og‘riqli 
    masalaga qaratdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 
    mamlakatimizning barcha hududidan texnika va mutaxassislar jalb etilib, Orolbo‘yi 
    mintaqasida ekologik muvozanatni yaxshilashga kirishildi. Orol dengizining qurib 
    qolgan yer maydonlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi, hudud 
    xususiyatlariga mos daraxtlar ekildi va bu jarayon izchil davom etmoqda. Qayd 
    etilganidek, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida dunyoda jadal iqtisodiy o‘sishga 
    erishildi. Ammo sanoat, qishloq xo‘jaligining rivoji, aholi sonining keskin ko‘payishi 
    insoniyat uchun ko‘plab ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 
    Boisi talab va ehtiyojlarni qondirish maqsadida chuqur o‘ylanmasdan qilinayotgan 
    ishlar tufayli tabiiy o‘rmonlar qisqarib bormoqda, suv muammosi, atrof-muhitning 
    buzilishi kuzatilyapti. 
    Shiddat bilan yangilanib va o‘zgarib borayotgan bugungi davrda “yashil” 
    iqtisodiyotga o‘tish muhim hayotiy ehtiyojga aylandi. Sayyoramizda shaharlar 
    yiriklashib, aholisi 20−35 millionli megapolislar ko‘payib bormoqda. Bu 
    energoresurslar, ayniqsa, yoqilg‘iga bo‘lgan talabni kun sayin oshirib borayotir. Inson 
    omili tufayli oxirgi yuz yilda yer sharida ekin ekiladigan yer maydoni to‘rtdan bir 
    qismga, o‘rmonlar uchdan ikki qismga qisqardi. 
    Buning natijasida hayvonot olamining ko‘plab turlari yo‘q bo‘lib ketmoqda. 
    Statistik ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha keyingi 30 yil ichida hayvonot 
    olamining 8−10 foizi qirilib ketdi. Sayyoramizda tropik o‘rmonlar 14 foizni tashkil 
    qilar va hayvonot olamining 50 foizidan ortig‘i shunday hududlarda yashardi. Hozir yer 



    yuzida tropik o‘rmonlarning 6 foizi qoldi, xolos. 
    Shuningdek, oxirgi 50 yil ichida dunyoda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
    ichimlik suvi 60 foizga kamaydi. Har yili sanoatda foydalanilgan 150−160 km. kub suv 
    daryolar, ko‘llarga oqiziladi. Turli falokatlar, texnik xatolar tufayli har yili ummonlarga 
    25−30 million tonna neft tushadi. Sanoatda 1 tonna po‘lat olish uchun 300 metr kub 
    suv, 1 tonna qog‘oz ishlab chiqarishga 900 metr kub suv ishlatiladi. Umumiy suvning 
    70 foizi qishloq xo‘jaligida, 20 foizi sanoatda va 10 foizi uy xo‘jaliklarida sarflanadi. 
    Taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga borib sayyoramizning 47 foiz aholisi suv tanqisligi 
    muammosi bilan yuzma-yuz bo‘ladi. 
    Birinchidan, global darajada yashil iqtisodiyotga o‘tish katta miqdordagi 
    moliyaviy mablag‘larni talab etadi. Xalqaro energetika agentligining 2050 yilgacha 
    CO
    2
    emissiyasini ikki baravarga kamaytirish bo‘yicha turli ssenariylari shuni 
    ko‘rsatmoqdaki, ushbu maqsadga erishish uchun “yashil iqtisodiyot”ga qo‘shimcha 
    investitsiyalar miqdori dunyo YaIMning 1-2,5% darajasida bo‘lishi talab etiladi. 
    Ahamiyatlisi shundaki, mazkur investitsiyalarning katta qismi qurilish va transport 
    sohasini “yashillashtirish” uchun yo‘naltirilishi kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, moliya, 
    bank va sug‘urta investitsiyalari “yashil iqtsodiyot”ga kiritilayotgan xususiy 
    investitsiyalarning bosh manbasiga aylanmoqda. Moliyaviy xizmatlar va investitsion 
    sektorda katta miqdorda kapital aylanadi va bu “yashil iqisodiyot”ga investitsiyalar 
    kiritishning potensial manbalari sifatida qaralishi mumkin. Bugungi kunda “yashil 
    iqtisodiyot”ga investitsiyalar kiritishga davlat va xususiy sektorning institutsional 
    investorlari, banklar va sug‘urta kompaniyalari ekologik, ijtimoiy va boshqaruv 
    risklarini kamaytirish maqsadini ko‘zlagan holda “yashil texnologiyalar”dan 
    foydalanishga o‘z qiziqishlarini bildirishmoqda. Mikromoliyalashtirish jamoat va 
    qishloq darajasidagi loyihalar uchun salohiyatli, muhim o‘rin egalaydi. U past 
    daromadli aholiga o‘z mablag‘larini resurs va energiya tejashga joriy qilish imkonini 
    hamda ushbu faoliyatning xavf-xatar darajasini pasaytirish imkonini beradi. 
    Umuman olganda, yashil iqtisodiyotning xorij tajribasini o‘rganish milliy 
    iqtisodiyotimizning eng ustuvor soha va tarmoqlarini qisqa fursat ichida 
    raqamlashtirish, aholi turmush farovonligining sifat jihatdan yaxshilanishi olib keladi. 

    Download 8,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish