|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
8
iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqxona
gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga
imkon beruvchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishish
9
maqsadi belgilangan.
Infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda DXSh mexanizmini qoʻllashni yanada
kengaytirish uchun Oʻzbekiston-2030 strategiyasida infratuzilma loyihalarini
barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash ustuvor
maqsad etib belgilangan boʻlib, xalqaro moliya institutlari bilan davlat-xususiy
sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamgʻarmasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, infratuzilma obligatsiyalarini chiqarish amaliyotini yoʻlga qoʻyish
koʻzda tutilgan boʻlib, uzoq muddatli loyihalarni moliyalashtirishga moliya
bozorlaridan mablagʻlarni jalb etish xajmlarini oshirishga xizmat qiladi. Ta’kidlash
lozimki, Oʻzbekiston-2030 strategiyasiga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va aholi
ehtiyoji uchun yetkazib beriladigan elektr energiya miqdorini 120 milliard kVtga
yetkazish, iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish
hamda elektr energiyasini generatsiya qilish, taqsimlash va iste’molchiga yetkazish
infratuzilmasini modernizatsiya qilish vazifalari belgilangan boʻlib, qayta
tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirish, elektr energiyasi infratuzilmasini
modernizatsiya qilishga xorijiy investorlarni jalb etish hamda davlat-xususiy
sheriklik mexanizmini qoʻllash samaradorligi bilan bogʻliqdir. Tadqiqotchi fikricha,
davlat xaridlari tizimi amaliyotiga yashil mezonlarni joriy etish, energiya va resurs
tejamkor loyihalarni davlat xaridlari tizimida ishtirokini kengaytirish, yashil
loyihalarga qoʻshimcha investitsiya mablagʻlarini jalb etishni ragʻbatlantirish
maqsadida davlat xaridlarini amalga oshirishda ishtirokchilarning takliflarini
baholash va ijrochini aniqlash jarayonida energiya samaradorlik, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish, ekologik jihatdan maqbul materiallar, ikkilamchi xom
ashyodan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kabi mezonlarni
joriy etish lozim.
|
| |