• “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 5
  • XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH N.Oblomurodov, Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar
  • “Yashil iqtisodiyot” sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

    “Yashil iqtisodiyot” sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili
    ” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman qatnashchilari, ilm-ma’rifat, ziyo 
    tarqatuvchi Siz olimlar, tadqiqotchilar oldida yuqorida ta’kidlangan vazifalarni ochiq 
    muloqot zaylida onlayn tarzda muhokama qilish hamda tegishli xulosalar berishdan 
    iborat, deb o‘ylayman. Amjuman qatnashchilariga yana bir bor o‘zimni samimiy 
    minnatdorchiligimni va konferensiyada faol, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish, mazkur 
    mavzuda olib borgan tadqiqotlari yuzasidan tegishli tavsiya hamda xulosalarini 
    beradilar, degan umiddaman. 


    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
     

    1-YOʻNALISH. “YASHIL IQTISODIYOT”NING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA 
    RIVOJLANISH TENDENSIYALARI 
     
    YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISH SHAROITIDA TOʻGʻRIDAN-TOʻGRI 
    XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH MEXANIZMINI 
    TAKOMILLASHTIRISH 
    N.Oblomurodov, Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar 
    boʻyicha prorektori, i.f.n., dotsent 
    Jahon iqtisodiyotidagi global raqobat sharoitida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy 
    investitsiyalarni faol jalb qilishga qaratilgan qulay investitsion muhitni yaratish
    investorlar huquqlarini kafolatlash va investitsiyalarni himoya qilish, milliy 
    iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb 
    etmoqda. Milliy iqtisodiyotni barqaror sur’atlarda rivojlanishini ta’minlash, 
    iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va intensiv asosda rivojlantirish, tarkibiy 
    oʻzgarishlarni amalga oshirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish yuqori investitsion 
    faollikni taqozo etadi. Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, 1991-2022 yillarda asosiy 
    kapitalga investitsiyalarning YaIMga nisbati Xitoyda 41,4 foizni, Hindistonda 32,3 
    foizni, Koreyada 33,1 foizni, Singapurda 29,3 foizni, Malayziya 28,3 foizni, 
    Turkiyada 25,6 foizni, Qozogʻistonda 25,4 foizni
    1
    , oʻrta daromadga ega boʻlgan 
    mamlakatlarda
    2
    esa 29,4 foizni tashkil etib, Oʻzbekistonda oʻrtacha 23,9 foizga 
    boʻlgani investitsion muhitni tubdan yaxshilash, uning jozibadorligini oshirish, 
    davlat-xususiy sektor sherikchiligida xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb 
    qilish dolzarbligini belgilaydi. Jahon xoʻjaligida - yashil iqtisodiyotiga oʻtish 
    konsepsiyalari mamlakatlarga yashillik tamoyillarini ishlab chiqish va hayotga 
    tadbiq etish, barqaror iqtisodiy oʻsish va ish oʻrinlari yaratilishini ta’minlashda 
    investitsion faollikni oshirish, asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish 
    manbalarini diversifikatsiyalashda davlat-xususiy sheriklik loyihalari va toʻgʻridan-
    toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
    Ushbu jarayonlarda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi iqtisodiyot 
    oʻsishining yuqori sur’atlari va investitsiya resurslariga oʻsib borayotgan talabni 
    qanoatlashtirishning bir-biriga muvofiqligini ta’minlash, yuqori texnologiyalarning 
    oʻzlashtirilishi natijasida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga ijobiy 
    ta’sir qiladi. Jahon hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarda yashil iqtisodiyotga oʻtish 
    konsepsiyalarining toʻliq shakllanmaganligi, uglerod-neytrallik va yashil 
    investitsiyalarni 
    tasniflash 
    mezonlarining 
    ishlab 
    chiqilmaganligi, 
    yashil 
    investitsiyalar‖ni moliyalashtirishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb 
    etishning huquqiy-institutsional asoslarining mukammal emasligi toʻgʻridan-toʻgʻri 
    xorijiy investitsiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etishning iqtisodiy 
    mexanizmini takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi zarurligini 
    belgilab beradi. 
    1
    Жаҳон банки маълумотлари асосида тайѐрланди 
    https://data.worldbank.org
    .
    2
    Jahon banki klassifikatsiyasi bo‘yicha o‘rta daromadli mamlakatlar qatoriga aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi 
    milliy daromadning miqdori 1136 AQSh dollaridan 13845 AQSh dollargacha bo‘lgan mamlakatlar kiritiladi, 
    http://www.worldbank.org/en/country/mic/overview.



    Download 8,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yashil iqtisodiyot” sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish