“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
186 
2019
— 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” 
iqtisodiyotga oʻtish strategiyasiga muvofiq quyidagilarni amalga oshirishning 
ustuvor yoʻnalishlari etib belgilangan.
200
-
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirish; 
-
energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi 
energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish; 
-
iqlim oʻzgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy 
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash; 
-
“yashil” iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy 
mexanizmlarini ishlab chiqish; 
2019 yilda Oʻzbekiston “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish strategiyasini qabul qildi. 
Unda yaqin oʻn yilda mamlakatda uglerod sarfini keskin kamaytirish, 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor 
texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi, samarali energiya manbalaridan keng 
foydalanish koʻzda tutilgan. 
“Yashil energetika” rivojiga bu qadar katta ragʻbat va e’tibor qaratishimizning 
sababi, biz eng avvalo, 2030 yilga borib sanoat hajmini ikki karra oshirishni
metallurgiya, neft-kimyo va mashinasozlik kabi sohalarni sifat jihatdan mutlaqo 
yangi darajaga koʻtarish. Shu yillar davomida umumiy qiymati 150 milliard dollarlik 
500 dan ziyod yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish 
koʻzlanadi.
201
Oʻzbekistonda iste’mol qilinayotgan elektr energiyaning katta qismi (88,7%) 
issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bunda energiya iste’moli tarkibining 
o ‘zagini neft va gaz resurslari tashkil etadi. 
202
“Yashil iqtisodiyot”ga oʻtishning dolzarbligi quyidagi omillar bilan 
belgilanadi: 
- atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar tugashining salbiy oqibatlarini 
kamaytirish maqsadida iqtisodiyotda texnologik modenizatsiyalashni amalga 
oshirishni zarurligi;
- uglevodorod xomashyosi va uning pirovard mahsulot qiymatidagi ulushiga 
bogʻliqligini qisqartirish asosida iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish; 
- katta multiplikativ samaraga ega boʻlgan yuqori texnologiyali tarmoqlarni 
yangi lash imkonini beruvchi yashil innovatsiyalarni qoʻllash; 
- past uglerodli iqtisodiyotga o ‘tish jarayonida uglevodorodga bogʻliqlikni 
qisqartirish. 
Yuqorida qayd etilganidek, jahonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish 
tashabbusi 2008-yilda UNEP tomonidan ilgari surilgan boʻlib, quyidagi umumiy 
tamoyillarga asoslanadi:
- ekologiya bilan bogʻliq muammolani milliy va xalqaro darajada baholash va 
birinchi kun tartibiga aylantirish; 
200
 
https://lex.uz/docs/-4539502
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2019 yildagi PQ-4477-son qarori 
2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida
201
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati ma’lumotlari https://senat.uz/articles/post-1673 
202
https://lib.jizpi.uz/mod/resource/view.php?id=10256&redirect=1



Download 8,74 Mb.
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish