• IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR A.Mirzohamdamov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
  • Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet190/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

     
    194 
    7. Данные Министерства Экологии, Охраны Окружающей среды и 
    изменения климата РУз. 
     
    OʻZBEKISTONDA “YASHIL” ENERGETIKA VA “YASHIL” 
    IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR 
    A.Mirzohamdamov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi 
    Ilmiy rahbar: A.Ulashov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
    katta oʻqituvchisi 
    Bugungi kunda globallashuv sharoitida iqtisodiy resurslardan unumli va 
    samarali foydalanib, atrof-muhit, ekologiya, tabiat va inson sogʻligini hisobga olgan 
    holda ishlab chiqarishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Shuning 
    uchun ham hozirda barcha mamlakatlarning “yashil” energetika va “yashil” 
    iqtisodiyotga oʻtish masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu maqsadda Ilmiy tadqiqotlarda 
    “yashil iqtisodiyot” tushunchasi ilk marotaba 1989- yilda
    204
    qoʻllanilganligiga 
    qaramasdan uning mohiyati hozirga qadar turlicha talqin etiladi. Ayrim manbalarda 
    “yashil iqtisodiyot” mamlakat tabiatini yaxshilashga koʻmaklashuvchi 
    iqtisodiyotning yangi tarmoqlari sifatida tadqiq qilinsa, ba’zi tadqiqotlarda “yashil 
    iqtisodiyot” tabiatga yordam beruvchi va foyda keltiruvchi yangi texnologiyalar, 
    ekotizimlar sifatida oʻrganiladi, uchinchi guruh tadqiqotlarda esa “yashil 
    iqtisodiyot” – bu ekologik toza mahsulotlar yaratishga yoʻnaltirilgan rivojlanishning 
    yangi bosqichiga oʻtish, uning asosini sof yoki “yashil” texnologiyalar tashkil etadi 
    deyiladi. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining asosiy maqsadi barqaror iqtisodiy 
    oʻsishni ta’minlash va investitsiyalarni oshirish bilan bir vaqtda atrof-muhit 
    muhofazasi 
    va 
    ijtimoiy 
    integratsiya 
    sifatini 
    yaxshilash 
    hisoblanadi
    205

    “Oʻzbekistonda “yashil” energetika va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish 
    muammolari ham, imkoniyatlar ham mavjud. Oʻzbekiston, koʻplab davlatlar singari, 
    barqaror va ekologik toza energiya manbalari va iqtisodiy amaliyotlarga oʻtish 
    zarurati bilan yuzma-yuz turibdi. 
    Oʻzbekiston yashil energiyani energiya ishlab chiqarish majmuasiga kiritish 
    yoʻlida muhim qadamlar tashlamoqda. Mamlakatda quyosh va shamol resurslari 
    koʻp boʻlib, ular energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun foydalanilmoqda. 
    Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston an’anaviy qazib olinadigan yoqilgʻiga bogʻliqligini 
    kamaytirish maqsadida quyosh va shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish 
    boʻyicha bir qancha loyihalarni amalga oshirdi. Hukumat qayta tiklanadigan 
    energiya manbalariga investitsiyalarni jalb qilish uchun tariflar va soliq imtiyozlari 
    kabi turli imtiyozlarni joriy qildi. Bundan tashqari, energiya ishlab chiqarish uchun 
    biomassa va gidroenergetika resurslaridan foydalanishga qiziqish ortib bormoqda. 
    Zamonaviy ekologiyani asrashning bosh maqsadlaridan biri boʻlgan qayta tiklanish 
    xususiyatiga ega manbalar va atrof-muhitga zararli boʻlgan chiqindilardan oqilona 
    foydalangan 
    holda 
    olinadigan 
    biogazlardan 
    mamlakat 
    iqtisodiy-ijtimoiy 
    rivojlanishida keng foydalanishdir. Shuni aytish mumkunki, Oʻzbekiston yanada 
    204
    Blueprint for a green economy: David Pearce, Anil Markandya and Edward B. Barbier. Earthscan, London, Great 
    Britain, 1989. 192 pp. 
    205
    Навстречу «зелёной» экономике: пути к устойчивому развитию и искоренению бедности / Штайнер А., 
    Айрис Р., Бэсса С. И др: ЮНЕП/ГридАрендаль,2011. С. 17.



    Download 8,74 Mb.
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish