|
Progress volume 3 ǀ issue 3
|
bet | 1/2 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 52,97 Kb. | | #109986 |
Bog'liq tabiiy-resurslarni-boshqarish-ekologiya-va-atrof-muhit-muhofazasi
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH, EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
Muhammadxo’ja Olimov
|
Dilshoda Nafasova
|
QarDU talabasi
|
QarDU talabasi
|
ANNOTATSIYA
Ushbu tezis tabiiy resurslardan unumli foydalanish, atrof muhit va ekologiya muommolari va ularni bartaraf etish haqida bayon qiladi.
Kalit so’zlar: Ekologiya tabiiy landshaft, eroziya, ekologik tahlil, qo’riqxona, “Qizil kitob”, resurs, inson omili.
Konstitutsiyamizning 50-moddasida «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar»-deya belgilab qo’yilgan. bundan ko’rinib turibdiki, atrof muhitga bo’lgan munosabat bosh qomusda ham keltirib o’tilgan. Bu esa fuqarolarning ekologik majburiyatlarini konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2010-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining “Ming yillik sammiti”da so’zlagan nutqida Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekistondagi ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratildi, “mintaqaviy muammolar majmuyiga e’tibor qaratilar ekan, ekologik xavfsizlik va atrof- muhit masalalarini chetlab o’tish mumkin emas...” bu so’zlar zamirida ekoligiya uchun faqatgina mas’ul xodimlar emas, har bir inson javobgar ekanligini anglatadi. Elologiya har doim global muammo sanalib kelgan. Dunyo aholisining keskin o’sishi o’z navbatida katta miqdordagi yerlarning o’zlashtirilishi, tabiat va sanoat-industial jamiyat o’rtasidagi chegaralarning buzilishiga olib keladi. Atrof-muhit, jonli tabiat esa maishiy chiqindilar ichida qolib ketmoqda.
Global muommolar haqida fikr yuritadigan bo’lsak ularning kata qismi aynan ekologiya va atrof-muhitga bog’liq ekanini ko’rishimiz mumkin. Xususan, Ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk suv miqdorining keskin kamayib ketishi, shimoliy va janubiy qutb muzliklarining erishi, buning oqibatida esa dunyo okeani sathining bir- necha metr ko’tarilishi, okean suvlarining sho’rlanishi, noyob hayvon turlarining yo’qolib ketish darajasida kamayib ketganligi, tabiiy landshaftlar o’z qiyofasini o’zgartirganligi, havoning ifloslanganligi, sanoat yetakchi o’rin egallagan davlatlarda atmosferaning karbonat angidrid gazi bilan to’lganligi(xitoyda yoz oylarida qizil rangdagi qor yog’ishi, Hindistonning Munbay shahridagi havo tarkibidagi zararli moddalarning kislorod miqdorga qaraganda ko’p bo’lishi) global muammolar orasida yetakchi.
Hayvonot olami, o’simlik dunyosi ushbu ko’rsatkichlarda kamayib boradigan bo’lsa, kelajak avlod jonli tabiatni ko’ra olmasligi mumkin. Dunyo hamjamiyati ushbu
muamolarni bartaraf qilish uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshirmoqda, ammo nomutanosiblik bunga yo’l qo’ymaydi. Taniqli ekonomist John Harper tabiatdagi o’zgarishlarni izohlar ekan, “tabiat barcha narsani hazm qilishi mumkin, biroq uning sog’lom muhiti yo’qolishi muqarrar” deydi. Xo’sh, bu nima degani? Aynan tahlil jarayoni uchun amerikaga birinchi marta insonlarning tashrifini ko’rib chiqamiz. Yevropaliklar Amerika atroflariga ko’chib kelganlarida, ular ko’rgan narsa shu bo’ldiki, tabiatga umuman ziyon yetkazilmagan edi. Shundan keyin tuproqqa ishlov berish va dehqonchilik natijasida sekin-asta yerlar eroziyaga uchraydi. Ba’zi yovvoyi tabiatdagi turlar xavf ostida qoldi, ba’zilari esa umuman yo’qolib ketdi. Yangi texnologiya atrof- muhitga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Bug’ va dizel mashinalari, kommertsion neft qazib olish, ko’mirni kuydirish, sanoat rivojlanishi chiqindilarni chiqishi va atrof muhitni ifloslanishiga olib keldi. Inson tashrifigacha saqlangan noyob tabiat zavol topdi.
Inson tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etib yoki yashash sharoitini o’zgartirib, uning tarqalishiga yoki qirilib yo’q bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Inson tabiatga ko’rsatadigan kuchli ta’siri orqali abiotik va biotik sharoitlarni o’zgartiradi. Inson million yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o’n yilda o’zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlariga salbiy ta’siri natijasida Yer yuzida ko’plab o’simlik va hayvon turlari yo’qolib ketdi
.
Ushbu jadvalda insonning ko’payishi haqida ma’lumot beriladi. Hozirda dunyo
aholisi 7.929,050.275 nafarni tashkil etmoqda. Bu korsatkich o’sishda davom etadi. Aholi o’sar ekan uning talab va ehtiyojlari oshib boradi. Xususan Resurslarga bo’lgan talab. Foydali qazilmalar insoniyat va uning xo’jaligi taraqiyoti uchun energiya va yoqilg’i manbai bо‘lib, yildan-yilga ulardan foydalanish ortib bormoqda. So’nggi 25 yil ichida dunyoda ko’mirga bo’lgan talab 2 marta, temir rudasiga 3 marotaba, neft va gazga bo’lgan talab 6 marotaba, marganes, kaliy, fosfor tuzlariga talab 2-3 marotaba oshgan. Har yili 150 mlrd tonna mineral xom-ashyo qazib olinmoqda. Tabiiy jarayon oqibatida daryolar, dengiz, okeanlarga har yili 15 mlrd tonna tog’ jinslarini oqizib kelinmoqda, 3-4 mlrd tonna chiqindi gazlar atmosfera havosiga ko’tarilmoqda. Inson foydali qazilmalarni o’zlashtirishi oqibatida 1500-2000 mlrd tonna tog’ jinslari bir joydan ikkinchi joyga joylashtiriladi. BMT ning ma’lumotiga qaraganda, dunyoda yiliga
32 mlrd tonna ko’mir, 2.6 mlrd tonna neft, 6 mlrd tonna temir rudasi, 3.6 mln tonna xrom rudasi, 7.3 mln tonna mis rudasi, 3-4 mln tonna qo’rg’oshin rudasi, 159 mln tonna tuz, 120 mln tonnafosfotlar, 1.2 mln tonna uran, simob, molibdan, nikel, kumush, oltin, platina rudalari qazib olinmoqda.
Aholi ko’paygani sari resurslar va jonli tabiat qisqarib boradimi? Javobi –bunday bo’lmaydi, tabiatni saqlab qolish, resurslardan unumli foydalanish, ekotizimni asrash va boyitishga qaratilgan chora-tadbirlar yo’lga qo’yilgan. Jamiyatning ta’lim olish va intelektual potentsialini o’sishini ta’minlovchi sharoit yaratilgan bu tabitga bo’lgan munosobatni yaxshilaydi. Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilgan, bu unumli foydalanish va tabiatga ko’p miqdorda zarar bermaslikni ta’minlaydi. Maxsus muhofazaga olingan hududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar ishlab chiqilgan. “Qizil kitob”, Qo’riqxonalar bunga misol bo’ladi. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini takomillashtirilgan va rivojlantirilgan. Maishiy chiqindilar qayta ishlash orqali ifloslanish qisqargan. Genetik fond, turlar va landshaftlar xilma-xilligini saqlash borasida yuzlab ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususiylashtirish jarayonlarida ekologik talablarga rioya qilish va atrof-muhitga zarar keltirmaslik uchun javobgarlik va nazorat qilish mexanizmini yaratish ustuvor qilib belgilangan. Xalq xo’jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiyalar, chiqindilarni zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlanmalarni hayotga tadbiq etish, hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo’yicha hamjamiyat ekologik tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish borasida samarili ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda tabiiy resurslarni boshqarish va ekologik muamolarni bartaraf etish borasida sayi harakatlarga keladigan bo’lsak, qoniqarli darajada deya olamiz. Xususan ekoturiz sohasi. Zomin tog’ landshafti, baxmal tumani ekologik muhiti, Guliston tumanidagi ekomaskan, shovot turistik qishlog’i, Samarqand sohilbo’yi dam olish maskanlari va so’nggi yillardagi sayi harakatlar, kata mehnat natijasida tashkil qilingan “Orolbo’yi ekologik tizimi” bunga yaqqol namuna bo’la oladi. Ekologik muammolarni hal etishning asosiy yo’nalishlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Vazirlar mahkamasi, turli nodavlat tashkilotlari hamda davlat tomonidan qabul qilingan Atrof - muhitni muhofazasi, gigienik, biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha milliy harakat rejalari va strategiyalarida o’z aksini topgan. Har bir viloyat, har bir shahar, har bir qishloqning o’z ekotizimi tashkillashtirilgan, bu quvonarli hol. O’simlik dunyosi boy va rang barang, hayvonlarni muhofaza qilish uchun qo’riqxonalar tashkil qilingan. qo’riqxonalarda har bir tabiiy mintaqa, balandlik mintaqasida tabiiy landshaftlar namunasi va landshaft elementlari, masalan, xarakterli manzara, relef shakllari, tabiat yodgorliklari, ayrim noyob turlar va hayvonlar saqlanib qolinadi.
Tabiatni astash har birimizning qo’limizda, agar munosib fuqaro bo’lib o’z hissamizni qo’shsak albatta kelajak avlod uchun ham jonli tabiat va foydali resurslar saqlab qolinadi.
|
| |