|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 198/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
202
-
Orolboʻyidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini
koʻrish;
-
“yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va koʻp
tomonlama shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
215
Bugungi kunda suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini
kodifikatsiyalashtirish maqsadida Suv kodeksini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Chiqindilarni boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishning huquqiy
asoslarini ta’minlab beruvchi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri
tayyorlanmoqda. Ushbu hujjatda qayd etilgan qishloq va suv xoʻjaligi, qattiq
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, “yashil” texnologiyalarni
joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish, “yashil iqtisodiyot”
tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilish muhim vazifalardan biridir.
Shuningdek, asosiy qonunimizning 54-, 55- va 100-moddalarida ham yuridik
va jismoniy shaxslarga atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish vazifasi yuklatilgan. Ushbu konstitutsiyaviy me’yorlar asosida
ekologiya, atrof-muhit, aholi salomatligini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish boʻyicha oʻttizdan ziyod qonun va uch yuzga yaqin qonunosti
hujjat qabul qilindi.
Bundan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekiston konstitutsiyasida hamda uning
konstitutsiyaviy normalari asosida qabul qilingan qonunlarda ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq koʻplab masalalar oʻz ifodasini topgan.
Umuman olganda, ekologik normativ-me’yoriy hujjatlar mamlakatimizda insonning
yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega boʻlish huquqini kafolatlaydi. Shu
bois, konstitutsiyamizda bu borada belgilangan tamoyillarni xalqimiz, ayniqsa,
yoshlarimiz orasida keng targʻib qilish ekologiya sohasidagi konstitutsiyaviy
talablarni mustahkamlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga zamin boʻladi.
216
|
| |