“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
200 
foydalanish texnologiyalarini hududlarda koʻpaytirish lozim, va buning oqibatida 
chekka hududlarda ham energiya taqchilligi muammolari hal boʻlishi mumkin. 
Mamlakatimizda bunday texnologiyalar uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun 
rivojlangan mamlakatlar tajribasiga va ularning innovatsion izchil loyihalaridan 
foydalanishimiz lozim, va bunung oqibatida davlatimizning sarflangan xarajatlari 
toʻla qonli kutilgan darajada qoplashi mumkun. Qoʻshimcha qilib aytadigan boʻlsak, 
Prezidentimizning 2022 yil 2 dekabridagi “2030 yilgacha Oʻzbekiston 
Respublikasining Yashil iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan islohatlar samaradorligini 
oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazkur jarayonlarning 
mantiqiy davomi sifatida Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida 
belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijrosini ta’minlash, “yashil” iqtisodiyotga 
oʻtish strategiyasi doirasida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni ta’minlash 
borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni 
tejash yoʻlidagi muhim tarixiy hujjat, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Shuningdek
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli 
darajada oshirish maqsadida 1 million gektargacha maydonda suv tejovchi sugʻorish 
texnologiyasini joriy etish yiliga 200 million koʻchat ekish va koʻchatlarning 
umumiy sonini 1 milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 
foizdan ortiqroqqa kengaytirish, oʻrmon fondi zahiralari koʻrsatkichini 90 million 
kub metrdan ortiqroqqa etkazish mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlashda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta 
ishlash darajasini 65 foizdan oshirish esa aholi punktlarining sanitariya va ekologik 
holatini yaxshilashda zarur tadbir hisoblanadi. Shuningdek, qaror bilan sanoat 
tarmoqlarida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va energiya tejamkorligini ta’minlash 
boʻyicha konsepsiya, 2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” 
iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni ta’minlash boʻyicha harakatlar rejasi, 2022–
2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashning 
maqsadli parametrlari ham tasdiqlangan. Shu bilan birga, hujjat bilan “yashil” 
iqtisodiyotni joriy etish va uni rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organlari 
belgilanib, mutasaddi vazirlik va idoralarning bu boradagi vazifalari aniq belgilab 
berildi. Bu farmonlar orqali mamlakatimizda qayta tiklanmaydiga resuslardan 
tejamkorona foydalanish va shu orqali elektr energiya sohasi boʻyicha elektr 
taqchilligi muammolari bartaraf etishga yordam beradi. 

Download 8,74 Mb.
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish