“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
196 
tiklanadigan energiya loyihalari uchun moliyaviy imtiyozlar, subsidiyalar va soliq 
imtiyozlarini taqdim etishi investitsiyalarni jalb qilish va yashil energiya 
infratuzilmasini rivojlantirishni tezlashtirishi mumkin. Hozirda shiddat bilan 
rivojlanayotgan axborot asrida sohadagi yutuqlardan uzoqiashib qolmaslik uchun
muhandislar, texnik xodimlar va korxonalarga yashil texnologiyalar va barqarorlik 
amaliyotlari boʻyicha koʻnikmalar va tajribalarni rivojlantirish uchun oʻqitish va 
ta‘lim dasturlarini taqdim etish lozim. Har qanday sohada boʻlgani kabi bunda ham 
xalqaro tashkilotlar va hamkorlar bilan birdamlikda harakat qilish yashil 
iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun tajriba, texnologiya va 
moliyalashtirishni olib kelishi mumkin. Shu bilan birga aholini xabardor qilish 
kampaniyalari yani yashil energiya va barqaror amaliyotlarning afzalliklari haqida 
xabardorlikni oshirish uchun ta’lim kampaniyalarini boshlash jamoatchilikning 
munosabatini oʻzgartirishga yordam beradi va yashil texnologiyalarni kengroq qabul 
qilishni ragʻbatlantiradi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, “Yashil iqtisodiyot” barqaror rivojlanish oʻrnini bosa 
olmaydi, balki barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi muhim mezon 
hisoblanadi. Barqaror rivojlanishning mazmuni hozirgi avlod oʻz iqtisodiy 
faoliyatini shunday tashkil etishi zarurki, keyingi avlodlar ulardan kam boʻlmagan 
iqtisodiy imkoniyatlar va turmush farovonligiga ega boʻlishlari lozimligida 
namoyon boʻladi
206
. Ushbu muammolarni hal qilish va ushbu yechimlarni amalga 
oshirish orqali Oʻzbekiston yashil iqtisodiyotni rivojlantirish hamda barqaror va 
qayta tiklanadigan energiya manbalariga oʻtishda sezilarli muvaffaqiyatlarga 
erishishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda “yashil” energetika va “yashil” 
iqtisodiyotni rivojlantirish muammolarga duch kelayotgan boʻlsa-da, strategik 
siyosat islohotlari, sarmoya, ta’lim va hamkorlik orqali taraqqiyotning aniq yoʻllari 
mavjud. Ushbu muammolarni hal qilish va barqaror yechimlarni amalga oshirish 
orqali Oʻzbekiston yanada ekologik toza va iqtisodiy barqaror kelajak sari harakat 
qilishi mumkin. 

Download 8,74 Mb.
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish