• II bob
  • Foydalanilgan adabiyotlar 41
  • Favqulodda vaziyatda aholini himoyalash va evakuatsiya qilish




    Download 2,07 Mb.
    bet1/17
    Sana01.06.2024
    Hajmi2,07 Mb.
    #259024
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGI

    MUNDARIJA






    KIRISH ……………………..................................................................................................................

    5

    Ibob

    FAVQULODDA VAZIYATDA AHOLINI HIMOYALASH VA EVAKUATSIYA QILISH

    6

    1.1

    Favqulodda vaziyatlar sharoitida aholini himoyalash va xabar berish

    6

    1.2

    Evakuatsiya haqida tushuncha va fuqarolarni xavfsiz hududga
    evakuatsiya qilish

    10

    1.3

    Aholini evakuatsiya qilish usullari

    14

    II bob

    ISHLAB CHIQARISH OB’EKTI ISHCHI-XODIMLARINI VA UNGA YAQIN AHOLINI EVAKUATSIYA QILISH

    18

    2.1

    Aholini evakuatsiyasini ta’minlashning asosiy turlari

    20

    2.2

    Ishlab chiqarish ob’yekti ishchi xodimlarini evakuatsiya qilish va obyekitiga yaqin aholini evakuvatsiya qilish

    25

    2.3

    Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari

    28

    III bob

    KURS LOYIHASINING HISOBI

    34

    3.1

    Depo binosi yaqinidagi havo zarbasi toʻlqinining parametrlarini aniqlash

    34

    3.2

    Yong‘inning moddiy zararini hisoblash……………………………………

    35




    Xulosa

    40




    Foydalanilgan adabiyotlar

    41




    Ilovalar

    42



    KIRISH
    Har qanday ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish uchun uning texnologik va iqtisodiy parametrlarini o‘zaro bogliqligini organish zarur. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi, yangi takomillashtirilgan yuqori unumdor avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega bo‘lgan mashinalami uzluksiz yaratish fanning eng yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi, nazariy bilimlarni hamda yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallagan mutaxassislar tayyorlashni talab etadi. Chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislami tayyorlash yangi sharoitda, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan boshlang‘ich etapda o‘zgacha tus olishi kerak. Haqiqiy mutaxassis bo‘lishni orzu qilgan talabalar texnikaviy fanlarni amaliy va nazariy jihatdan chuqur egallagan bo‘lishlari lozim.
    Sayoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlami bartaraf etish, talafotlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boy liklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ulami kamaytirishni ta'minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi. O‘zbekistonda mazkur muammolari hal etishda ishtirok etadigan barcha xizrnatlarning o‘zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi "Aholini va hududlari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tog‘risidagi, "Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi "Radiatslyaviy havfsizlik to‘g‘risidagi, "Terrorizimga qarshi kurash to‘g‘risidagi va boshqa O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shu sohaga taalluqli bo‘lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilmoqda. Oliy malakali kasbiy ta'limga ega kadrlar iqtisodiyotning qaysi sohasida faoliyat yurgizmasin, yuqorida keltirilgan muammolar yechimi bilan bog‘liq qator vazifalami hal etishda faol qatnashishga majbur, boshqacha aytganda, barchami favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan zamin va makonda yashaymiz.
    Insoniyat kelajakka qadam qo‘yar ekan, o‘tgan davr mobaynidagi sovuq urushlar, tinchlik davrlardagi qo‘llanilgan ommaviy qirg‘in qurollar, turli ko‘rinishdagi falokatlar va boshqa muarmmolarni tahlil qiladi va kelajakda bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslangan holda belgilab oladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, XXI asming boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta'minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli ko‘rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta'minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishga tahdid solib turibdi.
    BMTning "Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiIoti" xujjatlarida "dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonma-yon, xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois "barqaror rivojlanish kafolati bu fuqarolar muhofazasidir” deb yozib qo‘yilgan. Shuning uchun fuqarolarni fuqaro muhofazasiga tayyorlashga alohida e'tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yildan-yilga son ortib borayotgan favqulodda vaziyatlar, ulami bartaraf etishga sarflanayotgan iqtisodiy xarajatlar bunday xattiharakatning samaradorligi pastligini ko‘satmoqda va alohida yo‘l tutish kerakligini taqozo etmoqda; ya'ni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilish, aholini xavf haqida ogoh etish, uni oldini olish va undan himoyalanish tadbirlariga ko‘proq e'tiborni qaratish zaruriyati vujudga ke1moqda.Butun jahon "Qizil Xoch" hamjamiyati tashkilotining maiumotlariga ko‘ra oxirgi 30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. insonlar jabrlangan (yiliga 40 min. kishi) va ko‘rilgan moddiy zarar miqyosi yiliga 100 mlrd. dollami tashkil etgan. Shu sababdan ham
    O‘zbekistonda o‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq, eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududni turli xii favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekoIogik xavfsizlikni ta'minlash masalalari o‘rin oldi. Bunday dolzarb muammolar xususida Respublikarniz birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ta'kidlanganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umurniy muammosiga aylangan»*. Vatanirnizning yaxlitIigi, aholi xavfsizligi tahdidi to‘g‘risida Prezidentimiz «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida ham batafsil to‘xtab o‘tganlar.



    Download 2,07 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 2,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulodda vaziyatda aholini himoyalash va evakuatsiya qilish

    Download 2,07 Mb.