|
rasm FV yuz bergan hududda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish
|
bet | 3/17 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #259024 |
Bog'liq Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGI1.3 rasm FV yuz bergan hududda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish
FV larda aholini hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashda qator tadbirlami awaldan ko‘rib chiqish muhim rol o‘ynaydi, xususan: aholini FV larga o‘qitish, FV haqida vaqtida xabar berish, kimyoviy va bakterial razvedka ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish, hamda dozimetrik va laboratoriya nazoratlarini tashkil qilish, yong‘inga qarshi, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyenik tadbirlami o‘tkazish, qutqaruv va boshqa zudlik bilan bajariladigan ishlar uchun moddiy boyliklar zaxirasini to‘plash.
Favqulodda vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash odam faoliyatining barcha jabhalarida sog‘ligini va hayotini saqlashga qaratilgan tashkiliy. muhandis-texnik tadbirlar va vositalar kompleksidir. Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlashga qaratilagan asosiy yo‘nal ishlar quyidagilardan iborat:
- FV larni va ularning oqibatlarini oldindan aytish;
- FV paydo bo‘lishi ehtimolini yo‘qotish yoki kamaytirish ladbirlarini rejalashtirish, hamda ular oqibatlari ko‘lamini kamaytirish;
- FV larda xalq xo‘jaligi obyektlari ishining muntazamligini uzliksizligini ta’minlash.
- FV holatlariga aholini o‘qitish;
- FV oqibatlarini tugatish.
Ushbu yo‘nalishlarning qisqacha mazmunlari quyidagilardir FV ni va ulaming oqibatlarini oldindan aytish va baholash.
Bu - tabiiy ofatlar. avariyalar va falokatlar tufayli yuzaga kelgan vaziyatni taxminiy aniqlash va baholash usulidir. Boshqa tabiiy fanlardan farqli ravishda HFX da prognoz qilish olingan kattaliklar sharoitni o‘zgartirish uchun foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Buning murakkabligi shundaki, noto‘liq va ishonchli bo‘lmagan axborotlar asosida FV ning oqibatlarini yo‘qotish bo‘yicha ishlaming hajmi va xarakterini taxminiy belgilash lalah qilinadi. Hozirgi vaqtda seysmik rayonlar, tuproq siljishi mumkin bo‘lgan, sel oqimlan yo‘nalishlari, plotinalar buzilganda, suv toshqini bo‘lganda, odamlarga va hududga zarar keltirishi mumkin bolgan zonalar chegaralari aniqlangan.
|
| |