|
Aholiga FV haqida xabar berish
|
bet | 5/17 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #259024 |
Bog'liq Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGIAholiga FV haqida xabar berish. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda yoki sodir bo‘lish ehtimoli tug‘ilganida aloqa va xabar berish tizimini tashkil etishga fuqaro muhofazasi boshlig‘i mas’uldir. Aloqa va xabar berish tizimining doimiy tayyorgarligini bevosita fuqaro muhofazasi xabar berish va aloqa xizmati ta’minlaydi. Fuqaro muhofazasi aloqa tizimi muqim, boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari bazasiga davlat aloqa tarmog‘iga tayangan holda tinchlik davrida oldindan tashkil etib qo‘yiladi.
1.6- rasm. Harbiy ovoz kuchaytirish 1.7-rasm. Ovoz kuchaytirgich
Respublika, viloyat, poytaxt shahar aloqa tizimi asosini shahar va shahardan tashqari xududlardagi boshqaruv punktlarining aloqa tarmoqlari tashkil etgan bo‘lib, ular aloqa vazirligining shahar va shahardan tashqaridagi aloqa tarmoqlariga aloqa yo‘llari yordamida bog‘langan bo‘ladi hamda ular orqali davlat aloqa tizimiga chiqishni ta’minlab beradi. Muqim aloqa tarmoqlari respublika, viloyat, shahar, tuman, vazirlik va idoralarning shaharlardagi va shahardan tashqari hududlaridagi boshqaruv punktlaridagi muhofaza inshootlarida jihozlanadi. Ko‘chma aloqa tarmoqlari avtomobillarda, vertolyotlarda va temir yo‘l vagonlarida jihozlanib, muqim aloqa tarmog‘ida uzellar ishdan chiqqan holda vaavariya-qutqarish ishlari o‘gkazishda va boshqa tusatdan paydo bo‘lgan vazifalarni bajarishda aloqalarni ta’minlab saqlab turishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda va sodir bo‘lganida xavf darajasini ko‘rsatadigan ikkita bildirish belgilangan:
1.Yuqori tayyorgarlik rejimi.
2. Favqulodda rejim.
Ikkala rejimda ham fuqaro muhofazasi tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun shahar ob’ektlarini va sanoat zonalarini joylashishini hisobga olgan holda oqilona reja tuzish;
-ikkilamchi shikast o‘choqlari paydo bo‘lishi xavfini kamaytirishni ta’minlaydigan texnologik jarayon, konstruksiyalar joriy qilish, nodir uskunalarni qidirish; Aloqa vositalari va xabar berish usullari avvaldan rejalashtirilgan va tashkil qilingan bo‘lishi kerak. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini o‘tkazishning barcha rejimlarida aloqa va xabar berish vositalari asosiy o‘rinni egallaydi. Har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi. Ularning hayqirig‘iga korxonalarnin uzuq-uzuq gudoklari jo‘r bo‘ladi. Aholiga FV haqida xabar beruvchi sislemani tayyor holga keltirish. iqtisodiy va jamoat hayotini maxsus qoida asosiga qayta qurish. xattoki favqulodda holatgacha. yuqori xavfli manbalami FV holatida neylrallash (AES. zaharli va portlash xavfi mavjud korxonalari va sh.o‘.). ular ishini to‘xtatib qo‘yish. qo‘shimcha mustahkamlash yoki dcmontaj qilish. avariya qutqaruv xizmatim tayyor holatga keltirib qo‘yish. aholini qisman evakuatsiya qilish.
Ushbu tadbirlar ro‘yxalidan ko‘rinib turibdiki. bu zarur tadbirlami amalga oshirish uchun ko‘p yillar kerak bo‘ladi. binobarin uzoq yillik prognoz zarur bo‘ladi. Vaholanki. boshqa, zarurati bundan kam bo‘lmagan tadbirlami tez va qisqa muddatda bajarish mumkin. Bunday tadbirlar uchun qisqa muddatli prognoz zarurdir. Ko‘pgina himoya tadbirlarini amalga oshirish uchun FV ning paydo bolish vaqtini aniq bilish shart emas, ayrim tadbirlarni oldindan ham bajarib qo‘ysa boiadi. Ushbu mulohazalar aniq himoya tadbirlari to‘plamini tanlash zaruratini belgilaydi.
|
| |