• 1.2 Evakuatsiya haqida tushuncha va fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish
  • - rasm Ovoz kuchaytirgich 1.9-rasm Ovoz kuchaytirgichni o‘rnatish va soz holatga keltirish




    Download 2,07 Mb.
    bet6/17
    Sana01.06.2024
    Hajmi2,07 Mb.
    #259024
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGI

    1.8- rasm Ovoz kuchaytirgich 1.9-rasm Ovoz kuchaytirgichni o‘rnatish va soz holatga keltirish
    Bunda boshlangich material sifatida, bo‘lishi mumkin boigan tadbirlar katalogi, ularnig narxlari va ssenariysi xizmat qiladi. xabar berish tizimi respublika, hududiy, lokal va obyekt darajasida amalga oshiriladi va FVV vaziri, fuqaro muhofazasi boshlig‘i va obyektlar rahbarlarining buyrug‘i asosida ishga tushiriladi; Favqulodda vaziyatda (yoki ro‘y berishidan oldin) “Barchaga diqqat” signali va elektrosirenalar ruporli ovoz kuchaytirgich orqali 3 daqiqagacha aholiga eshittiriladi. signaldan so‘ng yuzaga kelgan favqulodda vaziyat haqida ma’lumot televideniye, radio va internet orqali davomiyligi 5 daqiqagacha bo‘lgan video va audiorolik ko‘rinishda yetkaziladi; shuningdek aholi mobil operatorlar orqali ham xabardor qilinadi.
    Quyidagilar xabar berish tizimini yaratish buyurtmachisi etib belgilandi: respublika va mahalliy darajada — Favqulodda vaziyatlar vazirligi; lokal darajada — bo‘ysunuvida favqulodda vaziyat ta’siri obyekt hududidan tashqariga chiqadigan potensial xavfli obyekt mavjud bo‘lgan tashkilotlar; obyekt darajasida — ta’siri obyekt hududidan tashqariga chiqmaydigan favqulodda vaziyat ro‘y berishi mumkin bo‘lgan potensial xavfli obyektlar hamda bir vaqtning o‘zida xodimlar va tashrif buyuruvchilarning soni 50 nafar va undan ko‘p bo‘lgan tashkilotlar. Hozirgi vaqtda olimlar va mutaxassislar u yoki bu FV ni oldindan. yuqori aniqlik bilan qayerda va qachon bo‘lishi mumkinligini, uning oqibatlarini aytib berolmaydilar. Xabar berish tizimining asosiy maqsadi — bu aholi va tegishli organlarga favqulodda vaziyatlar haqida haqqoniy tezkor ma’lumotlar yetkazish;
    1.2 Evakuatsiya haqida tushuncha va fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish
    Fuqaro muhofazasi hakidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuning 7-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi fuqaro muhofazasi tuzimini urush davri sharoitiga o‘tkazish, aholini, moddiy va madaniy boyliklarni favqulodda vaziyat yuz bergan hududdan xavfsiz joyga evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilash vakolati berilganligi ta’kidlangan. Aholini, moddiy va ma’naviy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlari hajmi kattaligi, tashkil etish va o‘tkazishdagi murakkabliklari evakuatsiya qilish tashkilotlari tuzishga, hamda ularning aholini ko‘chirishga sifatli tayyorgarlik ko‘rishlariga oshirilgan talablar qo‘yadi. Aholini evakuatsiya qilishni tashkillashni rejalashtirish va o‘tkazish bevosita shaharlar, va viloyatlarning evakuatsiya tashkilotlariga, hokimiyat idoralariga, FV boshqarmalariga va bo‘limlariga yuklatiladi. Quyidagilar evakutsiya tashkilotlari tarkibiga kiradi: - aholin evakuatsiya qilish hay’atlari;
    - evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish hay’atlari;
    - evakuatsiya qilingan aholini yig‘ilish punktlari;
    - evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish punktlari;
    - evakuatsiyaning oraliq punktlari;
    - piyoda evakuatsiya qilinganlarni yo‘llarda boshqarish guruhlari;
    - ko‘chirilgan aholini piyoda olib chiqish tezkor guruhlari.
    -Aholini ko‘chirish hay’atlari.
    Favqulodda vaziyatlar davlat tizmida ko‘rsatilganidek, ishchilar, xizmatchilar va aholni moddiy va madaniy boyliklarini evakuatsiya qilishni rejalashtirayotgan barcha hududlarda evakuatsiya hay’atlari tashkil etiladi. Zamonaviy qirg‘in qurollari ta’siridan, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholini moddiy va ma’naviy boyliklarni muhofaza qilishning ishonchli uslubini evakuatsiya (ko‘chirish) tashkil etadi. Xududiy evakuatsiya hay’atlari tarkibiga tegishli ma’mumriyat rahbarlari qarori bilan o‘sha ma’muriy hududiy bo‘linmalari mas’ul xodimlari kiritiladi. Evakuatsiya hay’atining raisi etib, odatda ma’mumriy hududiy bo‘linma rahbarlarining (hokim) o‘rinbosari tanlanadi. Evakuatsiya haya’ti tarkibiga a’zo etib, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot idoralarining, tarnsport tashkilotlarini, ichki ishlar boshqarmasining (bo‘linmalarning) rahbari (ularning o‘rinbosarlari) garnizon yoki tuman mudofaa ishlari bo‘limlarining vakillari tayinlanadi.
    Evakuatsiya deganda – aholini, moddiy va madaniy boyliklarni oldindan tartibli ravishda xavfli xududlardan xavfsiz xududga ko‘chirishning kompleks tadbirlari tushuniladi (asosan, ishlamaydigan fuqarolar, nafaqaxо‘rlar, bolalar va kasallar
    evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya qilinadigan xududlar aholining xavfsiz yashashi uchun bir muncha uzoqda joylashishi, hamda yashashi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi talab etiladi. Evakuatsiya omilini ikki turi mavjud;
    1. Xavfsiz xududga vaqtinchalik uzoqlashtirish.
    2. Xavfsiz xududga butkul ko‘chirish
    Xavfsiz xududga vaqtinchalik uzoqlashtirish omili asosan ish bilan mashg‘ul bo‘lgan ishchi-xizmatchilarga qo‘llaniladi. Ko‘chirishning bu uslubida ishchi xizmatchilar (shu jumladan, maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari ham) xavfli xududdagi asosiy ishlarini bajarganlaridan so‘ng, xavfsiz xududga olib boriladi va keyingi ish vaqitlariga qadar shu yerda saqlanadilar. Keyingi kunlardagi asosiy ishlarini bajarishlari uchun hamma extiyot choralarini ko‘rgan holda yana ish joylariga qaytadi. Ishchi xizmatchilarning bunday ish jarayoni xavfli xududdagi sharoit xavfsiz holatga kelgunga qadar davom ettiriladi. Bunda xavfsiz xudud xavfli xududdan taxminan 2 soatli masofada joylashishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, ishchi xizmatchilarni tashishga xavfsiz xudud transport vositalariga qulay bo‘lgan yo‘l yoqasida joylashishi maqbul xisoblanadi, qolgan toifadagi fuqarolar (pensionerlar, kasalmandlar, qariyalar yosh bolali onalar, o‘quvchi yoshlar) ma’lum vaqtga qadar xavfsiz xududga butkul evakuatsiya qilinadilar. Butkul evakuatsiy. Butkul evakuatsiyada xavfsiz xudud ancha uzoq masofada joylashishi mumkin. Evakuatsiya qilinganda alohida buyruq boʻlmaguncha fuqarolar oʻsha joyda yashab turadilar. Evakuatsiya punktiga kelgan fuqarolar, darhol ro‘yhatdan o‘tib (ismi, sharifi, turar joyi, kasbi va qaysi xuydudga ko‘chirilishi) ular imkon boricha transport vositalarida belgilangan joyga harakatlanishiga ruxsat etiladi. Transport vosiytalariga: temir yo‘l jamoat trasnportlari va shaxsiy transport vositalari kiradi. Transport vositalari orqali asosan kasalmandlar, qariyalar, nogironlar, yosh bolali ayollar, hamda ishchi hizmatchilar va yosh bolalar ko‘chiriladi. Qolgan toifadagi aholi piyoda yurish orqali ko‘chiriladi. Piyoda yuradiganlar oldindan belgilangan harakatlanish yo‘llari orqali, kalonnada (500-1000 kishi) harakat qiladi. Bunda albatta evakuatsiya punktiga kelgan odamlarni ko‘p yig‘maslik maqasadida 50-100 kishi yig‘ilishi bilan bitta boshliq tayinlanib havsiz hudud tomon yurishga ruxsat etiladi. Kolonnada harakatlanishda har bir guruh boshliqlari o‘z guruhlaridagi odamlarning sonini, begona odamlarning bo‘lmasligini va orqada qolayotganlarni doimo nazorat qilib boradi. Kolonnaning harakatlanish tezligi tahminan 4-5 km/soat bo‘lishi va kolonnalar orasidagi masofa 500 metrni tashkil etishi kerak. Kolonna birinchi 1-1,5 soat harakatlanishidan keyin 10-15 minut dam olishga ruxsat etiladi. Bunda odamlarga tibbiy yordam olish imkoniyati beriladi. Ikkinchi va undan keyingi yurishlardan keyin evakuatsiya qilinuvchilarga ko‘proq dam olish vaqti (1-2 soat) beriladi. Bu vaqtda odamlar issiq ovqat bilan ta’minlanadilar va dam oladilar. Mana shunday tartibda aholi ko‘rsatilgan havfsiz hududga yetib boradi. Evakuatsiya davomida aholining qo‘rquvga tushishi yoki bezovtalanishi eng havfli ko‘rsatkichlardan hisoblanib, ular quyidagi omillar ta’sirida bo‘lishi mumkin:
    Evakuatsiya yo‘llarining kamligi ;
    Evakuatsiya davrida yuzaga kelgan xavflarni yo‘qotib bo‘lmasligi;
    Evakuatsiya yo‘llarining yaroqsiz holga kelib qolganligi;
    Katta miqyosda evakuatsiya qilinayotgan aholining berk yo‘lga kirib qolishi va boshqalar;
    Evakuatsiya davrida aholining bezovtalanishini yo‘qotish uchun quydagi omillarni bajarish zarur hisoblanadi;
    Evakuatsiya yo‘llaridagi to‘siqlarni yo‘qotish;
    Evakuatsiya yo‘llarini yoritilganligini oshirish;
    Evakuatsiya qilinayotganlar bilan aloqani doimiy ushlab turish;
    Evakuatsiya davrida ogohlantiruvchi tizimlar ishini shay holatda ushlab turish;
    Tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining shayligini ta’minlash;
    Evakuatsiya qilinganlarni havfsiz hududning qabul qiluvchi evakuatsiya kommissiyasi kutib oladi. Bu komissiyaga havfsiz hududning hokimiyat, korxona, tashkilot rahbarlari hamda umumiy ovqatlanish va tibbiy hizmat ko‘rsatish rahbarlari kiradi. Ular odamlarni qabul qilib, hisobotni oladi va har bir fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan fuqarolar oldindan tayyorlab qo‘yilgan maktablarga, bo‘g‘chalar, klublarga, kinoteatrlarga, va shunga o‘xshash obektlarga taqsimlanadilar. Evakuatsiya qilinganlar dastlabki ikki kun davomida o‘zlari bilan olib kelgan oziq-ovqatlar bilan ovqatlanadilar va keyingi kunlardan boshlab havfsiz hududda tayyorlangan issiq ovqat bilan ta’minlanadilar. Evakuatsiya qilingan aholi havfsiz hududdagi qishloq xo‘jalik tarmoqlarida, jumladan fermer xo‘jaligida ishlashga jalb qilinadi. Evakuvatsiya masalalari ayniqsa, 1 va 2-jahon urushlarida keng rejalashtirilib, unda o‘n millionlab kishilar minglab chaqirim uzoqlikdagi xavfsiz joylarga ko‘chirilganlar.
    Ikkinchi jahon urushi yillarida sobiq Ittifoqning front oldi hududlaridan 1500 dan ortiq muhim sanoat korxonalari o‘zlarining ishchi-xizmatchilari, ularning oila a’zolari bilan mamlakatning ichkarisiga ko‘chirilganligi ma’lum. Evakuatsiya uslubini qo‘llanilishiga misol qilib ikkinchi jahon urushu davrida yosh bolalarni O‘rta Osiyo respublikalari hududlariga evakuatsiya qilinganligigni eslash joizdir. Jumladan, Toshkentlik temirchi usta Shoahmad ota Shomahmudov turli millatga mansub 14 nafar yetim bolalarni asragani ma’lum. Shunindek, 1986-yilda Chernobel (Ukraina) atom elektrostansiyasida ro‘y bergan avariya natijasida 11 ta viloyat yerlari radioaktiv zarrachalar bilan zararlanganligi oqibatida 130 mingdan ortiq aholi havfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Yana bir misol: 1992-yil yanvar oyida Qoraqalpog‘siton Respublikasining Buzatov tumanida suv toshqini kuzatilib, havfli hududlardan 3200 nafar aholi va 3026 bosh qoramollar havfsiz hududlarga ko‘chirilgan. XX asrning 60-80-yillarida aholini evakuvatsiya qilish masalasi yirik shaharlar aholisini ommaviy qirg‘in qurollaridan, birinchi navbatda yadro qurolidan muhofaza qilishning asosiy usuli sifatida o‘rtaga qo‘yildi. Oxirgi yillarda esa tabiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo‘lgan hududlardan aholini evakuvatsiya qilish zarurati tobora ortib borayotir. Masalan, CHernobil AESida sodir bo‘lgan halokat,1998-yilda Shohimardonda yuz bergan fojeaning dastlabki 2 kecha-kunduzida 14200 kishini, jumladan, 3150 bolalarni xavfsiz joylarga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda himoyalanishning boshqa uslublari yaxshi natija bermagandagina evakuatsiya omili qo‘llaniladi. Evakuvatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo‘lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi. Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan boʻlishi va aholiga hech qanday xavf tugʻdirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud temiryoʻl, avtomobil yoʻllariga yaqin, ishchi-xizmatchilarning ishga borishi va qaytib kelishi uchun qulay boʻlgan joylarda tashkil etiladi. Ishga bogʻliq boʻlmagan ishchilar hududdan uzoqroq yerga evakuatsiya qilinadi. Koʻchirish ishlarining hammasi evakuatsiya qilinadiganlarning yigʻiladigan joyidan tashkillashtiriladi. Yigʻilish joylari (evakuatsiya punkti – EP) asosan, maktablar, klublar va boshqa jamoat inshootlari boʻlishi mumkin. Aholini koʻchirish haqida maʻlumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, oʻquv yurtlari, korxonalar, militsiya organlari hamda radio, televideniye orqali odamlar xabardor qilinadi. Yigʻilgan odamlar qayta hisobotdan oʻtkazilib, guruhlarga boʻlinadi, transport vositalariga taqsimlanib, koʻrsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga yetkazaladi. Evakuatsiya qilingan fuqarolar oʻsha yerdagi ishlab chiqarish korxonalarining evakuatsiya qilingan qismida ishlashlari mumkin.
    Uyg‘onish bosqichi davomiyligini aniqlash uchun, bu ham juda katta taxmin bilan seysmik, meteorologik, sellarga qarshi va boshqa stantsiyalarning kuzatuvlarini juda sinchiklab o‘rganish va muntazam yozib borish orqaligina bajariladi. Rivojlanish, avj olish bosqichida inson omili asosiy o‘rnini egallaydi. Statistik ma’lumotlar 60% dan ortiq avariyalar inson xatosi tufayli ro‘y berganligini ko‘rsatadi.

    Download 2,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 2,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm Ovoz kuchaytirgich 1.9-rasm Ovoz kuchaytirgichni o‘rnatish va soz holatga keltirish

    Download 2,07 Mb.