|
Aholini evakuatsiya qilish usullari
|
bet | 7/17 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #259024 |
Bog'liq Baratov Bekzod FVX 8 OXIRGI1.3 Aholini evakuatsiya qilish usullari
Zamonaviy evakuatsiya choralari Ikkinchi jahon urushi davridagi shunga o‘xshash tadbirlardan tubdan farq qiladi. Agar o‘sha paytda aholi dushmanning qarama-qarshi yo‘nalishidagi olis hududlarga evakuatsiya qilingan bo‘lsa, zamonaviy evakuatsiya aholini dushman tomonidan ehtimoliy yadroviy hujum nishonlaridan barcha yo‘nalishlarda xavfsiz zonalarga olib chiqib ketishni nazarda tutadi.
Xavfsiz hudud (joy) - evakuatsiya qilingan aholi, moddiy va madaniy qadriyatlarni joylashtirish uchun tayyorlangan favqulodda vaziyat zonasidan tashqaridagi hududdir. Evakuatsiyani tashkil etishning asosiy tamoyillari: Sanoat tamoyil va hududiy tamoyilga bo‘linadi; Ishchi, xizmatchilar va ularning oila a'zolarini yig‘ish va evakuatsiya qilish ishlab chiqarish tamoyiliga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi, ya'ni, ular mehnat faoliyatini amalga oshiradigan ob'ektlar bo‘yicha. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan aholini evakuatsiya qilish, hududiy tamoyilga muvofiq, yashash joyida uy-joy ma'muriyati, uy-joylarga xizmat ko‘rsatish idoralari, binolarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi orqali amalga oshiriladi. Bolalar odatda ota-onalari bilan evakuatsiya qilinadi, lekin ularni maktab va bolalar bog‘chalari bilan olib chiqish imkoniyati istisno qilinmaydi.
Evakuvatsiya ikki xil bo‘ladi:
1. Oldindan o‘tkaziladigan evakuvatsiyalar;
2. Shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) evakuvatsiyalar.
Oldindan o‘tkaziladigan evakuvatsiyalar falokat yoki tabiiy ofat yuzaga kelishi va harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida shoshilinch ma’lumot olingandan keyin o‘tkaziladi. Bunga bir necha o‘n daqiqadan bir necha kungacha bo‘lgan davr orasida favqulodda vaziat sodir bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot olingandan keyin taxminlashga asos bo‘ladi.
Shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) evakuvatsiyalar aholi hayoti va salomatligiga xavf tug‘iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi FV yuzaga kelgan yoki harbiy harakatlar boshlanganda, aholining odatiy kun kechirish sharoiti buzilgan hollarda o‘tkaziladi. FV rivojlana borishi va harbiy harakatlarning tavsifiga qarab, evakuvatsiya qilinadigan aholi soniga qarab, evakuvatsiyalar uch xil bo‘ladi:
1 Cheklangan evakuvatsiyalar;
2.Mahalliy evakuvatsiyalar;
3.Mintaqaviy evakuvatsiyalar.
Cheklangan evakuvatsiyalar shaharning bir qismi yoki qishloq chegarasidan chiqmagan, ko‘chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan FV larda o‘tkaziladi. Bunday holda ko‘chirilgan aholi, odatda, FV hududiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga joylashtiriladi.
Mahalliy evakuvatsiyalar o‘rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari FV hududiga tushib qolgan hollarda o‘tkaziladi. Bunda ko‘chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o‘n minglab kishigacha yetishi mumkin bo‘lib, odatda, FV hududi bilan yondosh xavfsizjoylargajoylashtiriladi. Mintaqaviy evakuvatsiyalar shikastlovchi omillar katta hududlarga yoyilib, yirik shaharlarni ham o‘z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuvatsiya FV yuz bergan hududdan transportda, piyoda olib chiqiladigan aholi o‘zlarining yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko‘chirilishlari mumkin. Aholining evakuvatsiya tadbirlari bilan qamrab olinganligiga qarab, ikki turi bo‘ladi:
1.Yalpi evakuvatsiya;
2.Qisman evakuvatsiya.
Yalpi evakuvatsiya. Yalpi evakuatsiyada favqulodda vaziyat yuz bergan hududdan hamma aholi olib chiqib ketiladi. Qisman evakuvatsiya. Qisman evakuatsiyada esa asosan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, texnikum va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi va talabalari olib chiqib ketiladi. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish haqida qarorga kelish huquqi FM boshliqlariga berilgandir. Ular evakuvatsiyaning umumiy rahbarligini olib boradilar. Aholini evakuvatsiya qilish ishlarini bevosita tashkil etish va o‘tkazishga esa viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriyati va aholini evakuvatsiya qilish tashkilotlari rahbarlik qiladi. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuvatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transport vositalarini, ularning yo‘llarini, evakuvatsiya qilinadigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo‘yilishini, shuningdek, aholining favqulodda vaziyat sharoitiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishlarini talab etadi. Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari tashkil etadilar va o‘tkazadilar. Aholini evakuvatsiya qilish prinsipi bo‘yicha ikki xildir:
1.ishlab chiqarish-hududiy;
2.hududiy bo‘lishi mumkin.
Bunda, FV yuz bergan hududdan ishchilar, xizmatchilar, o‘quvchilar, talabalar, korxonalar, tashkilotlar, muas-sasalar, o‘quv yurtlari bo‘yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish idoralari, shirkatlar orqali turar joylan bo‘yicha transportda yoki piyoda olib chiqilishi nazarda tutiladi. Muayyan hollarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish hududiy turiga ko‘ra, bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchi tashish samaradorligi
Aholini evakuvatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo‘ladi:
1.Transportda;
2.Piyoda tartibda;
3.Aralash holda.
Aralash usuli samarali va eng maqbul usul hisoblanadi.
Evakuatsiya transport vositalarini tanlashda yo‘lning sig‘imini ham hisobga olish talab etiladi. U mavjud transportlar yordamida iloji boricha, eng ko‘p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini ham birga qo‘shib olib chiqishni nazarda tutadi. Bunda asosan, piyoda yura olmaydigan, yosh bolali ayollar, maktab o‘quvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini transportlarda olib chiqish rejalashtiriladi. Bu usul aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish tadbirlarini eng qisqa muddatda o‘tkazish imkonini beradi. Evakuvatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo‘lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi. Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan boʻlishi va aholiga hech qanday xavf tugʻdirmasligi lozim.
Yana xavfsiz hudud temiryoʻl, avtomobil yoʻllariga yaqin, ishchi-xizmatchilarning ishga borishi va qaytib kelishi uchun qulay boʻlgan joylarda tashkil etiladi. Ishga bogʻliq boʻlmagan ishchilar hududdan uzoqroq yerga evakuatsiya qilinadi. Koʻchirish ishlarining hammasi evakuatsiya qilinadiganlarning yigʻiladigan joyidan tashkillashtiriladi. Yigʻilish joylari (evakuatsiya punkti – EP) asosan, maktablar, klublar va boshqa jamoat inshootlari boʻlishi mumkin. Aholini koʻchirish haqida maʻlumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, oʻquv yurtlari, korxonalar, militsiya organlari hamda radio, televideniye orqali odamlar xabardor qilinadi. Ygʻilgan odamlar qayta hisobotdan oʻtkazilib, guruhlarga boʻlinadi, transport vositalariga taqsimlanib, koʻrsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga yetkazaladi. Agar davlatlararo tegishli kelishuvlar bo‘lsa, FV holatlarida O‘zbekiston Respublikasining evakuvatsiya qilingan aholisi MDH qo‘shni davlatlarida joylashtirilishi ham mumkin. SHu jumladan, O‘zbekiston respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko‘chinib keltinlgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorhk qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi xalqaro huquq me’yorlariga, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama davlatlararo kelishuv hujjatlariga, O‘z.R. va boshqa mamlakatlar qoidalariga asoslanadi. Aholini evakuatsiya qilish guruhlari. Favqulodda vaziyat1ar davlat tizimida (FVDT) ko‘rsatilganidek, ishchilar, xizmatchilar уа aholini, moddiy уа madaniy boyliklarni evakuatsiya qilishni rejalashtirilayotgan hamma hududlarda evakuatsiya hay'atlari (ЕН) tashkil etadi. Hududiy evakuatsiya hay'at1ari tarkibiga tegishli ma'muriyat rahbarlari qarori bilan o‘sha ma'muriy-hududiy bo‘linmalarning mas'ul xodimlari kiritiladi. 191 Evakuatsiya hay'atining raisi qilib, odatda, ma'muriyhududiy bo‘linma rahbarining (hokimning) o‘rinbosari tayinlanadi. Hay'atga a'zo etib sog‘liqni saqlash, ta'lim, ijtimoiy ta'minot idoralarining, transport tashkilotlarining, ichki ishlar boshqarmalarining rahbarlari (ularning muovinlari), garnizon yoki tuman mudofaa ishlari bo‘limlarining vakillari tayinlanadi. Evakuatsiya hay'atlarida ish yuritish уа texnik ishlarni bajarish uchun hududiy boshqaruv idoralarining ma'muriyat xodimlaridan ishchi guruhi tayinlanadi. Ishchi guruhlari mаhаlliу sharoitni hisobga olib, ish yo‘nalishlari bo‘yicha bir nechа tashkiliy guruhlardan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, aholini hisobga olish, evakuatsiya transport guruhi, qabul qilish joylashtirish guruhlari, evakuatsiya tadbirlarini ta'minlash guruhi vа Obyekt evakuatsiya hay'atiga odatda, korxona, muassasa, tashkilot boshlig‘ining muovinlaridan biri boshchilik qiladi. Hay'at tarkibiga esa bo‘limlarning boshliqlari, sex boshliqlari yoki ularning muovinlari belgilanadi. Aholini evakuatsiya qilish уа ularni qabul qilish hay'atlari tegishli boshliqlarga bevosita itoat etadilar hamda fv shtabi bilan yaqin hamkorlikda 20 ishlaydilar. Evakuatsiya qilinadigan aholini yig‘ilish уа ro‘yxatga olinish, ko‘chirish saf уа qatorlarini tuzish, aholini transportga chiqarish уа xavfsiz joylarga jo‘natish uchun mo‘ljallanadi. Ular temir уо'l bekatlari, dengiz уа daryo trasnportlarining to‘xtashjoylari уа odamlar yig‘ilishi uchun sharoit bor joylarda tashkil etiladi. Yig‘ilish joylarining soni уа xizmat ko‘rsatish imkoniyati ko‘chirilayotgan aholi sonini, ko‘chirilganlar o‘tadigan yo‘llari, transportga chiqish bekatlari sonini hamda ulardan avtomashina kolonnalari, eshelonlar, kemalar qanchalik tez jo‘natilishini hisobga olib belgilanadi. 192 Yig‘ilish joylarini belgilashda har xil jamoat binolari va inshootlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Yig‘ilish joylarida yoki ularga bevosita yaqin joylarda harbiy harakatlar bo‘layotgan paytda yoki ehtimoli bo‘lganda aholini muhofaza qilish исЬип mavjud himoya inshootlari (рапа joylar, yerto‘lalar va boshqa vositalar) tayyorlab qo‘yilib, eng oddiy yashirinish joylari sifatida muhofaza vositalari bilan jihozlanadi. Yig‘ilish joylari transportga chiqadigan bekatning va piyoda evakuatsiya qilinuvchilar yo‘llari yaqinida bitta hisobidan bir kunda 5-6 ta poyezd jo‘natishni yoki soatiga ikkita (har biri 500 kishidan) piyodalar safini butlash va tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etiladi. Bir vaqtning o‘zida kamida bitta poyezdga (kemaga) odamlar chiqishini yoki baravariga bir saf odam yig‘ilishini ta’minlay olish zarur. Har qaysi yig‘ilish joyiga tartib raqami beriladi. Unga evakuatsiya qilinadigan obyektlar, turar joydan foydalanish tashkilotlari, shuningdek, aholini trasnportda va piyoda olib chiqish yo‘llari va hk. lar biriktirib qo‘yiladi. Yig‘ilish joylarining hahar, tuman, obyekt evakuatsiya hay’atlari, transportga chiqish joylari va transport tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi ta’minlangan bоʻlishi kerak.
|
| |