• Iqtisodiy adolatlilik
  • Avlodlar o‘rtasida tenglik.
  • Tashqi samaralar internalizatsiyasi.
  • Xalqaro hamkorlik.
  • Yashil iqtisodiyot




    Download 161,79 Kb.
    bet6/15
    Sana06.12.2023
    Hajmi161,79 Kb.
    #112665
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Aholini fuqaro majburiyativa harbiy davri
    Dutor notalari, 1. Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining as, shohin kurs ishi, Heinrich Heine, WHAT IS LEGACY, Mark Zuckerberg, 11 Mutafakkir allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan, AVARIYANI OLDINI OLISH AVTOMATIKASI., Xudayqulov Shodmon Tarbiya test, 1-DARAJALI DIPLOM QVZ, AKKUMULYATOR BATAREYALARI, GENERATORLAR, STARTERLAR, KUCHLANISHNI BOSHQARISH QURILMALARI, YORITISH PRIBORLARI, YORIQLIK VA TOVUSH XABARCHILARI VA BOSHQALARNI TEKSHIRISH TEXNIK VOSITALARI, Kimyoviy reaktor modelini qurish va optimal parametrlarini aniqlash, Kompyuter-zamonaviy-texnik, 6-sinf Tarix yangi darslik.
    Boylikni teng taqsimlash. Boylikni mamlakat ichida va mamlakatlar o‘rtasida adolatli taqsimlashga ko‘maklashish, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi daromadlar jihatdan tabaqalanishgt qisqartirish, jahon resurslaridan foydalanishda iqtisodiy va ijtimoiy adolatli ta’minlashga erishish, yovvoyi tabiat uchun yetarli joy qoldirish.
    Iqtisodiy adolatlilik. Umumiy, tabaqalashtirilgan ma’suliyat tamoyillariga amal qilish. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi rivojlanish tafovutlarini minimallashtirish, ekologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy qoloq mamlakatlarga moliyaviy va texnologik jihatdan yordam berish maqsadida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish.
    Avlodlar o‘rtasida tenglik. Ekologik resurslar va ekotizimlar jiddiy nazorat qilinishi va muhofaza etilishi zarur. Ekologik aktivlarning kelgusi avlod uchun qiymatini oshirish va shu tariqa ularning istiqboldagi ehtiyojlarini adolatli qondirishni ta’minlash.
    Ehtiyotkorlik tamoyili. Ilmiy noaniqlik atrof-muhit degradatsiyalashuvining oldini olish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga to‘sqinlik qilishi mumkin emas. Rivojlanish huquqi. Insonning atrof-muhit bilan uyg‘unlikda rivojlanishi barqaror rivojlanishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida insonlar va jamiyat ijobiy ijtimoiy va ekologik natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish zarur.
    Tashqi samaralar internalizatsiyasi. Yashil iqtisodiy siyosat maqsadi real ijtimoiy va ekologik qadriyatlarni yaratishdan iborat bo‘lishi zarur. Ushbu maqsadga erishishda bozor narxlari real ijtimoiy va ekologik xarajatlar va daromadlarni aks ettirishi lozim. Shu tariqa
    “ifloslantiruvchi” atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashi lozim. Soliq rejimlari va me’yoriy cheklovlar “o‘yin qoidalarini” o‘zgartirish uchun xizmat qilishi zarur. Xalqaro hamkorlik. Mamlakatlarda ekologik standartlarning qo‘llanilishi boshqa mamlakatlarning rivojlanishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni tushunish asosida xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur.

    Download 161,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 161,79 Kb.