• 2- rasm. Yashil iqtisodiy siyosat dastaklari Ma’muriy dastaklar.
  • “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish siyosatining dastaklari




    Download 161,79 Kb.
    bet8/15
    Sana06.12.2023
    Hajmi161,79 Kb.
    #112665
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    Aholini fuqaro majburiyativa harbiy davri
    Dutor notalari, 1. Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining as, shohin kurs ishi, Heinrich Heine, WHAT IS LEGACY, Mark Zuckerberg, 11 Mutafakkir allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan, AVARIYANI OLDINI OLISH AVTOMATIKASI., Xudayqulov Shodmon Tarbiya test, 1-DARAJALI DIPLOM QVZ, AKKUMULYATOR BATAREYALARI, GENERATORLAR, STARTERLAR, KUCHLANISHNI BOSHQARISH QURILMALARI, YORITISH PRIBORLARI, YORIQLIK VA TOVUSH XABARCHILARI VA BOSHQALARNI TEKSHIRISH TEXNIK VOSITALARI, Kimyoviy reaktor modelini qurish va optimal parametrlarini aniqlash, Kompyuter-zamonaviy-texnik, 6-sinf Tarix yangi darslik.
    3. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish siyosatining dastaklari.
    “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish mamlakatlardan yuqorida qayd etilganidek muayyan tamoyillarga asoslanishi, strategiya yoki dasturlar doirasida maqsadli siyosat yuritishni taqozo etadi. “Yashil iqtisodiyot” doirasida amalga oshirilayotgan siyosat o‘z ta’sir dastaklariga ega bo‘lishi zarur. Jahon amaliyotida yashil iqtisodiy siyosat doirasida qo‘llanilayotgan dastaklarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ma’muriy; iqtisodiy; axborot (2- rasm).

    2- rasm. Yashil iqtisodiy siyosat dastaklari
    Ma’muriy dastaklar. Korxonalarga atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida nimalarga rioya etish zarurligi qayd etiladigan me’yoriy-huquqiy cheklovlar ma’muriy dastaklar hisoblanadi. Ushbu dastaklar ayrim shaxslar tomonidan qoidalarga zid hatti-harakatlar qilinganda qo‘llaniladigan sanksiyalar sifatida ishlatilishi mumkin. Sanoat uchun muayyan zaharli moddalarni ta’qiqlash ma’muriy dastak sifatida qo‘llanilishi mumkin. Qonunchilik orqali yuqori samaradorlikka ega standartlarni joriy qilish yordamida sanoat tarmoqlariga “yashil” investitsiyalarni yo‘naltirishni rag‘batlantirish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhitga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ekologik toza mahsulotlar bozorini shakllantirish mumkin bo‘ladi. Ma’muriy usullar yordamida iqtisodiyot tarmoqlariga muayyan texnologiyalardan foydalanish talablarini joriy etish mumkin.
    Ushbu dastaklar Yevropa mamlakatlarida keng miqyosda ommalashgan bo‘lib, fuqarolar majburiy davlat dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Jumladan, 2014 yilga kelib Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida cho‘g‘lanma lampalar sotish to‘liq ta’qiqlandi. 2009–2017 yillarda elektr energiya iste’moli yuqori bo‘lgan uyro‘zg‘or buyumlarini sotishni qisqartirish dasturlari amalga oshirildi. Ushbu qoidalar uy-joylarni isitish tizimida qo‘llaniladigan dvigatellar, nasoslar, uydagi muzlatgichlar va televizorlarga ham taalluqlidir.
    Tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlari yopiq siklli ishlab chiqarishni yaratishda yetkazib berishning murakkab zanjiriga ega yirik ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash uchun qaytarishning samarali tizimini yaratish imkonini beradi. Yashil iqtisodiyotga o‘tish siyosatining ma’muriy dastaklariga oxirgi yillarda Yevropa Ittifoqida amal qilayotgan elektr va elektronika asbobuskunalarini utillashtirish, xavfli moddalarni cheklash va ro‘yhatdan o‘tkazish, kimyoviy moddalarni baholash bo‘yicha qabul qilingan me’yorlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Ushbu me’yorlar jahonda mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda qo‘llanilayotgan standartlarga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda.
    Yashil iqtisodiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ushbu sohaga “yashil” investitsiyalarni yo‘naltirishga xizmat qiladi. Ular tadbirkorlik riskining pasayishiga va investorlar ishonchining ortishiga olib keladi. Me’yoriy dastaklarning qo‘llanilishi aksariyat hollarda xavfli, atrof-muhitga zarar keltiruvchi faoliyatni minimal standartlarni joriy etish yoki muayyan faoliyat turlarini ta’qiqlash orqali bartaraf etish uchun zarur hisoblanadi. Jumladan, standartlar tarmoqlar raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan innovatsiyalar va samaradorlikni yanada rag‘batlantirishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda standartlar kichik va o‘rta biznesning bozorlarga kirib borishida muammolar yaratishi mumkin. Ushbu holatlar rivojlanayotgan mamlakatlarda tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun mamlakatlar standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yordamida atrof-muhit muhofazasini ta’minlashlari va bozorlarga kirib borishni kafolatlashlari zarur bo‘ladi. Tartibga soluvchi nazorat etuvchi mexanizmlar bozorlarning rivojlanish tendensiyalari va texnologik o‘zgarishlarini e’tiborga olgan holda muntazam nazorat qilinishi, baholanishi va yangilanib borishi zolim.

    Download 161,79 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 161,79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish siyosatining dastaklari

    Download 161,79 Kb.