PO‘LATTEMIRBETON ORALIQ QURILMALAR




Download 0.56 Mb.
bet3/3
Sana16.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#60211
1   2   3
Bog'liq
4-qayta topshirish
Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 15, TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)
3. PO‘LATTEMIRBETON ORALIQ QURILMALAR
Po‘lattemirbeton oraliq qurilmalarning ajralib turadigan o‘ziga xos xuusiyati - qatnov qismi temirbeton plitasining po‘lat bosh to‘sinlarga bikr mahkamlanishi tufayli to‘sinlarning egilishi paytida temirbeton plitaning siqilishga ishlashidir. Bu esa to‘sinlar ustki po‘lat belbog‘larining kesim yuzasini anchagina kamaytirishga, ustki bo‘ylama bog‘lamalarni istisno qilishga imkon yaratadi, oraliq qurilmalarning gorizontal bikrligini oshiradi, po‘lat sarfini 12-18% ga kamaytiradi.

Rasm 6. Qatnovi ballastda bo‘lgan po‘lattemirbeton oraliq qurilma:
a-fasad; b-ko‘prik polotnosining, to‘sinlar ustki belbog‘larining va ostki bo‘ylama bog‘lamalarning plani

Qatnovi ballastda bo‘lgan po‘lattemirbeton oraliq qurilmalar yaxShi ekspluatatsion sifatlarga ega, lekin uning narxi, mexnat sarfi va montaj muddati yuqoriroqdir. Qatnovi ballast ustida bo‘lgan ko‘prik polotnosi (rasm 34.7) yo‘l relslari, kontrburchaklar, Shpallar, ballast va bortlari, trotuarlari va metall panjaralari bo‘lgan temirbeton plitadan iboratdir.





Rasm 7. Qatnovi ballast ustida bo‘lgan ko‘prik polotnosi: 1-ballast; 2-Shpala;
3-kontrburchak; 4-yo‘l relsi; 5-panjara; 6-trotuar plitasi; 7-konsolli bort; 8-suv qochirish quvuri; 9-temirbeton plita; 10-tekislovchi qatlam, gidroizolyasiya va himoya qatlami
Rels yo‘li shpallar ostidagi ballast qatlami qalinligini o‘zgartirish hisobiga ma’lum bir qurilish qadi (balandligi) berilib o‘rnatiladi. Bunda shpallarning osti va himoyalovchi qatlamning suv ajratuvchi nuqtalari orasidagi masofa 20 sm dan kichik bo‘lishi mumkin emas.
Qatnovi ballast ustida bo‘lgan ko‘prik polotnosining afzalliklari - yo‘lning ko‘prik ustida va ko‘prikka yaqinlashuv chegarasida bir hil bo‘lganligi tufayli poezdlar harakatiga yaxshi Sharoit yaratilishi, yo‘lni asrash va ta’mirlashning soddaligi, kamchiliklari esa – hususiy og‘irligining kattaligi (39,2kn/m gacha), ballast qatlami qalinligining kichrayib ketishi va yo‘l o‘qining oraliq qurilma o‘qiga nisbatan siljib ketishi, gidroizolyasiya va suv qochirishni o‘rnatish va ta’mirlashning murakkabligi, ballastda muz hosil bo‘lishidir.
Ko‘prik polotnosining temirbeton plitasi monolit yoki yig‘ma bo‘lishi mumkin. Monolit plitani qo‘llash opalubka, armatura, beton va gidroizolyasiya ishlarini bajarishni talab etadi, bu esa po‘lattemirbeton oraliq qurilmalarini qurishda mehnat sarfini, qurilish muddatini va qiymatini (ayniqsa yilning sovuq vaqtida) sezilarli darajada oshiradi.
Zamonaviy temir yo‘l po‘lattemirbeton oraliq qurilmalari ko‘ndalang choklarga ega bo‘lgan yig‘ma temirbeton plitalarga ega. Plita bloklarining hisobiy kengligi 4m, uzunligi 3m va o‘rtasidagi qalinligi 16-24 sm ga teng. Po‘lat to‘sinlarning ustki belbog‘lariga temirbeton plitani mahkamlash uchun mo‘ljallangan tirgaklar va detallarni joylashtirish uchun plitaning to‘sin ustidagi qalinligi oshiriladi va vutlar hosil qilinadi. Kabellar va boshqa kommunikatsiyalarni joylashtirish, trotuar plitalarini va panjaralarini o‘rnatish uchun ko‘prik polotnosi plitasi konsolli bortlarga ega bo‘ladi. Plita A-II yoki A-III sinfli armaturadan tayyorlangan setka va A-I sinfli armaturadan iborat xomutlar bilan armaturalanadi. Plita bloklarini bir-biri bilan birlashtirish uchun ularning qirralaridan chiqqan armatura sterjenlari qoldiriladi. Bloklar mustahkamligi bo‘yicha sinfi V30 yoki V40 bo‘lgan va sovuqqa chidamliligi bo‘yicha F300 dan kam bo‘lmagan betondan tayyorlanadi. Temirbetonni suvdan himoyalash uchun plita bloklarining bortlari orasidagi yuzasi zavodda himoya qatlami bo‘lgan gidroizolyasiya bilan qoplanadi va suv qochirish trubkalari o‘rnatiladi. Izolyasiyali plita bloklarining gabarit o‘lchamlari va og‘irligi ularni temir va avtomobil yo‘llari orqali tashishga va strelasimon kranlar bilan o‘z joyiga o‘rnatishga imkon berishi kerak.
Temirbeton plita po‘lat to‘sinlarga armatura sterjenlaridan tayyorlangan ilgakli yoki sirtmoq shaklidagi egiluvchan ankerlar, qovurg‘ali burchaklar, shvellerlar, tavrlar, quvurlar yoki po‘lat taxtalari qirqimlaridan tayyorlangan bikir tirgaklar, shuningdek mustahkamligi yuqori bo‘lgan boltlar orqali mahkamlanadi (rasm 34.8).



Rasm 8. Temirbeton plitani po‘lat to‘singa mahkamlash uchun ankerlar va tirgaklar: a- egiluvchan ilgakli anker; b- egiluvchan sirtmoqli anker; v-burchakdan tayyorlangan bikir tirgak; g- tavrdan tayyorlangan bikir tirgak; d-xalqali bikir tirgak; e-taqasimon bikir tirgak; j-mustahkamligi yuqori boltlar uchun diametri 28 mm li teshiklari bo‘lgan, payvandlash orqali biriktirilgan gorizontal va vertikal po‘lat taxtalardan iborat va detalni plitaga mahkamlaydigan egiluvchan ankerli detal (planda ankerlar ko‘rsatilmagan); 1-po‘lat to‘sinning ustki belbog‘i; 2- egiluvchan sirtmoqli anker; 3-vertikal taxta; 4-gorizontal taxta; 5-mustahkamligi yuqori bo‘lgan boltlar uchun teshiklar

Ankerlar va tirgaklar po‘tattemirbeton to‘sinning egilishidan, Shuningdek to‘sin va plita haroratlarining farqidan, beton kirishishidan va oquvchanligidan hosil bo‘ladigan siljituvchi kuchlarni qabul qiladi. Ankerlar va tirgaklar, odatda, to‘sinlarning ustki belbog‘lariga payvandlab mahkamlanadi, bu esa to‘sinlar belbog‘larida kuchlanishlarning nomaqbul konsenratsiyasini keltirib chiqaradi. Temirbeton plita po‘lat to‘sinlarning tirgaklari bilan plitada qoldirib ketilgan darchalarni tez qotadigan sementda tayyorlangan beton bilan to‘ldirish orqali birlashtiriladi. Undan so‘ngra gidroizolyasiya va himoya qatlami o‘rnatiladi. Bu usul mehnat sarfini, muddatini va plitaning to‘sinlarga mahkamlash qiymatini (ayniqsa yilning sovuq kunlarida) oshiradi.


Zamonaviy temir yo‘l oraliq qurilmalarida ko‘prik polotnosining temirbeton plitalari po‘lat to‘sinlarga maxsus o‘rnatiladigan detallar vositasida mustahkamligi yuqori (friksion) boltlar bilan mahkamlanadi. Bu mahkamlash usulini yilning har qanday vaqtida bajarish mumkin, lekin bunda po‘lat sarfi ortadi, plitalarni tayyorlash murakkablashadi.
To‘sinlarga maxsus o‘rnatiladigan detallar (rasm 34.8,j) diametri 22 mm bo‘lgan mustahkamligi yuqori boltlar uchun mo‘ljallangan diametri 28 millimetrli teshiklari bo‘lgan, payvandlash orqali biriktirilgan gorizontal po‘lat taxtadan, vertikal po‘lat taxtadan va detalni plitaga mahkamlaydigan egiluvchan ankerlardan iborat. Detalning gorizontal po‘lat taxtasidagi va to‘sinlarning ustki belbog‘laridagi teshiklar bir andaza (shablon) bo‘yicha parmalanadi. Ushbu detallar plita opalubkasiga betonlashdan ilgari konduktor bo‘yicha o‘rnatiladi.
Barcha plita bloklari o‘rnatilgandan va mustahkamligi yuqori boltlar to‘la hisobiy kuch bilan tortilgandan so‘ng bloklar o‘zaro armatura chiqiqlarini payvandlash orqali biriktiriladi. So‘ngra choklar beton bilan to‘ldiriladi, gidroizolyasiya va himoya qatlami o‘rnatiladi. “Xo‘l” jarayonlarning, Shuningdek payvandlash va gidroizolyasiya ishlarining borligi (ayniqsa qish mavsumida) plita bloklarini o‘zaro biriktirilishini murakkablashtiradi. Temirbeton plita bloklari, Shuningdek, epoksid elimi bilan ham birlashtirilishi mumkin. Bunda birikma joylari domkratlar bilan siqiladi.
Po‘lattemirbeton oraliq qurilmalarning po‘lat to‘sinlari odatda payvandlangan ikki tavrli kesimga ega (rasm 34.9). To‘sinlar balandligi hisobiy oraliqning 1/13 – 1/15 qismiga teng qilib olinadi. To‘sinlar vertikal devorlarining qalinligi 12-14 mm ga teng va ularning turg‘unligini ta’minlash uchun ikki tomonlama vertikal bikirlik qovurg‘alari bilan mustahkamlangan. Oraliq uzunligi 45 metr va undan katta bo‘lgan to‘sinlar uchun vertikal bikirlik qovurg‘alaridan tashqari to‘sinning siqilgan zonasida bo‘ylama bikirlik qovurg‘alari ham o‘rnatiladi. To‘sinlarning ustki belbog‘lari o‘zgarmas kesimga ega bo‘lgan bir gorizontal taxtadan iborat. Bu taxtada temirbeton plitalarni birlashtirishga mo‘ljallangan mustahkamligi yuqori boltlar uchun teshiklar yoki bikir tirgaklar qoldiriladi. Ostki belbog‘lar qalinligi va kengligi har-hil bo‘lgan bir yoki ikki gorizontal taxtadan iborat. Bu belbog‘larning kesim yuzasi oraliq o‘rtasidan tayanchga qarab kichrayib boradi.
Uzunligi 45 metr va undan ortiq bo‘lgan po‘lat to‘sinlar yirik bloklar ko‘rinishida tayyorlanadi. Bu bloklar montaj paytida gorizontal va vertikal po‘lat taxtalar orqali mustahkamligi yuqori bo‘lgan boltlar bilan o‘zaro biriktiriladi (rasm 34.9 ga qarang).
Oraliq qurilmaning po‘lat to‘sinlari ostki bo‘ylama va hoch ko‘rinishli ko‘ndalang bog‘lamalar bilan o‘zaro birlashtiriladi (rasm 34.9 ga qarang). Ustki bo‘ylama bog‘lamalar rolini temirbeton plitalar bajaradi. To‘sinlarni tashish va ularni montaj qilish paytida bu rolni ko‘ndalang bog‘lamalarning ustki rasporkalari bajaradi. Ostki bo‘ylama bog‘lamalar to‘sinlarning ostki belbog‘lari sathida joylashtiriladi va ular burchaklar va fasonkalar yordamida mustahkamligi yuqori bo‘lgan boltlar bilan qotiriladi. Tayanch usti ko‘ndalang bog‘lamalarida ostki rasporkalar o‘rniga domkrat to‘sinlari ko‘zda tutilgan.
Qatnovi ustidan, ballastda, bir izli temir yo‘l uchun mo‘ljallangan, oraliq uzunliklari 18,2 – 55 metr bo‘lgan tipovoy po‘lattemirbeton oraliq qurilmalar 10G2S1D va 15XSND markali po‘latlardan tayyorlanadi.
Po‘lat to‘sinlarning, bog‘lamalarning va temirbeton plitalarning konstruksiyalari maksimal darajada unifikatsiya qilingan (bir-biriga moslashtirilgan). Unifikatsiyalashtirish oraliq qurilmalarni tayyorlashni osonlashtiradi. Uzunligi 18,2 – 33,6 metr bo‘lgan oraliq qurilmalarning po‘lat to‘sinlari zavodda bog‘lamalar bilan birlashtiriladi va bunday oraliq qurilmalar bir
Download 0.56 Mb.
1   2   3




Download 0.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PO‘LATTEMIRBETON ORALIQ QURILMALAR

Download 0.56 Mb.