• Kalit so‘zlar
  • Yengil sanoat korhonalarida metrologik ta’minotni tashkil etish masalalari




    Download 103,65 Kb.
    bet1/2
    Sana13.01.2024
    Hajmi103,65 Kb.
    #136456
      1   2
    Bog'liq
    2-ш. Б.Эргашев


    YENGIL SANOAT KORHONALARIDA METROLOGIK TA’MINOTNI TASHKIL ETISH MASALALARI
    B.A.ERGASHOV., D.Q.AXMEDOVA
    Namangan muhandislik qurilish-instituti., Namangan
    Annotatsiya: Ushbu maqolada yengil sanoat mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarida metrologik ta’minotni tashkil qilishdagi yuzaga keladigan masalalar tahlil qilindi va kerakli hulosa va takliflar ishlab chiqildi.
    Kalit so‘zlar: metrologik ta’minot, o‘lchashlar, sinashlar, metrologik ekspertiza, qiyoslash, kalibrlash.

    So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida mahsulot sifatini yaxshilash, eksport bop va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportiyor korxonalarni xalqaro standartlar talablariga mos holatga keltirish masalalari bo‘yicha ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol qilib xalqaro ISO 9001 standartlari talablari bo‘yicha sifat menejmenti tizimlari joriy qilingan korxonalar sonini tobora ortib boryotganini aytish mumkin. ISO 9001 standarti joriy qilingan korxonalar soni bo‘yicha to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari mamlakatimizda yetakchilik qilmoqda.


    Ishlab chiqarish tarmoqlarini asosan sanoat korxonalari tashkil etadi va bu korxonalar bevosita mahsulotlarni ishlab chiqish (loyihalash), ishlab chiqarish, montaj qilish va ekspluasiya qilish
    faoliyatlari bilan o‘z faoliyatini olib borishadi. Demak, umumlashgan holda korxonaning metrologik ta’minotiga to‘xtalib o‘tamiz.
    Korxonada metrologik ta’minotning asosiy vazifalari quyidagicha:

    • mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sinashda o‘lchashlar birliligini ta’minlash;

    • texnologik qurilmalarning xarakteristikalarini nazorati, texnologik jarayonlarining parametrlari, mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini nazarot qilishda o‘lchashlar aniqligini optimal normalar va o‘lchanayotgan parametrlarning rasional nomenklaturasini o‘rnatish va tahlil qilish;

    • o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish: hisobini yuritish, saqlash, qiyoslash, kalibrlash, o‘rnatish, ta’mirlashni tashkillashtirish va ta’minlash;

    • zaruriy aniqlikni kafolatlovchi o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish;

    • metrologik qoida va me’yorlarga rioya qilinishi ustidan hamda mavjud ekspluatasiya sharoitlarda o‘lchash, nazorat va sinov qurilmalari uchun nazoratni amalga oshirish;

    • konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazash;

    • Sinov qurilmalariga o‘rnatilgan talablarga muvofiq hisobini yuritish, attestasiyachlash, ta’mirlash kabi metrologik xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish va ta’minlash;

    • o‘lchash vositalari hisobini yuritish, attestasiyalash va ta’mirlash metrologik xizmatini tashkillashtirish va ta’minlash;

    • o‘lchash tizimlarining o‘lchash kanallari hisobini yuritish, attestasiyalash, qiyoslash, kalibrlash metologik xizmatlarini tashkillashtirish va ta’minlash;

    • o‘ta aniqlikdagi o‘lchashlarni tashkillashtirish va bajarish;

    • materiallar, xom-ashyo va yonilg‘i-energiya resurslari sarfini to‘g‘ri va aniq hisobini ta’minlash;

    • zamonaviy o‘lchash usullari va vositalarini, avtomatlashtirilgan nazorat-o‘lchov qurilmalari, o‘lchash tizimlarini joriy qilish;

    • yetishmaydigan o‘lchashlarni texnikaviy va iqtisodiy jihatdan baholash;

    • metrologik ta’minot masalalarini tartiblashtiruvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;

    • iqtisodiy samaradorlikni baholash.

    Ushbu vazifalardan kelib chiqib, ishlab chiqarishni metrologik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha br qancha ishlar amalga oshirilishi lozim.
    Korxona metrologik ta’minotiga muvofiq asosiy ko‘rsatkichlarni shakllantirishni 1-rasmda kelitirlgan holatda tasvirlash mumkin. Keltirilgan sxemadan III-darajali elementlarning holatini to‘liq tavsiflovchi metrologik ta’minotga o‘rnatiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim.


    Download 103,65 Kb.
      1   2




    Download 103,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yengil sanoat korhonalarida metrologik ta’minotni tashkil etish masalalari

    Download 103,65 Kb.