-rasm. O‘rnatilgan talablarga korxona metrologik ta’minotining




Download 103.65 Kb.
bet2/2
Sana13.01.2024
Hajmi103.65 Kb.
#136456
1   2
Bog'liq
2-ш. Б.Эргашев
boshqotirma, Мехнат шартномаси, 1-ш. А.Бобоматов, matematika fanidan dtm test savollari, Oddiy test, Individual loyiha mavzusi, Таробехга ариза
1-rasm. O‘rnatilgan talablarga korxona metrologik ta’minotining muvofiqlik ko‘rsatkichlarini shakllantirish sxemasi.
O‘V-o‘lchash vositasi; O‘U-o‘lchash usuli; SQ-sinov qurilmasi; ME- metrologik ekspertiza.
Ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirishni ta’minlovchi chora-tadbirlar quyidagicha:

  • “zarur va yetarli” prinsipidan kelib chiqib, nazorat, o‘lchash va sinov qurilmalari (NO‘SQ) parkini tekshirish va optimallashtirish;

  • ma’nan eskirgan NO‘SQ parkini zamonaviy qurilmalar bilan almashtirish, yangi o‘lchash usullarini joriy qilish;

  • o‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot-o‘lchash tizimlarini joriy qilish;

  • quyidagi iqtisodiy me’zonlar bo‘yicha o‘lchashlar aniqligini optimallashtirish:

  • o‘lchanadigan axbortlarni muhimlik darajasi bo‘yicha tahlil qilish;

  • aniqligi katta bo‘lgan O‘V foydalanishga mas’uliyatli uchastkalar, qayerlarda aniqlik sinfi past bo‘lgan O‘V foydalanish maqsadga muvofiqligi;

  • o‘lchashlarning yig‘indi (jamlama) xatoligini hisoblash tahlili, qayerlarda arifmetik yig‘indidan geometrik yig‘indiga o‘tish maqsadga muvofiqligi.

  • iqtisodiy samaradorlikni hisobga olib (yangi etalonlarni joriy qilish, metrlogik xizmatlarni attestasiyalash) O‘V qiyoslash, kalibrlash, ta’mirlash jarayonlarini takomillashtirish;

  • korxonada NO‘SQ olishga talabnomalar birga konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizani tashkillashtirish;

  • o‘lchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy qilish;

  • metrologik ta’minot masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning kasbiy darajasini oshirish;

  • metrologik ta’minot bilan shug‘ullanuvchi xizmatlar tuzilmasini tartiblashtirish;

  • ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti bo‘yicha ISO 9001 standarti talablariga muvofiq hujjatlarni ishlab chiqish;

Korxonaning metrologik xizmati nafaqat talab etilgan o‘lchashlar aniqligi va birligi ta’minlash bo‘yicha ishlarni, balki, bular ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini uning hayotiy siklining barcha bosqichlaridagi ishlarni ham bajaradi. Buning uchun bundan tashqari “Metrologik xizmat to‘g‘risida Nizom” bo‘lishi va unda quyidagilar bo‘lishi lozim:

  • korxona metrologik xizmati sifat tizimi, sifat tizimining har bir elementi bo‘yicha faoliyatlarning maqsadlarini o‘rnatilgan, bu elementlarni boshqarish bo‘yicha asosiy faoliyatlar, javobgar shaxslar aks ettirilgan bayon etilgan “Metrologik xizmatning Sifat bo‘yicha qo‘llanmasi”;

  • metrologik ta’minot bo‘yicha barcha turdagi (O‘V qiyoslash va kalibrlash, qo‘llaniladigan O‘V ro‘yxati, texnikaviy hujjatlarni metrologik ekspertizasi, sinov qrilmalarini attestasiyalash va h.k.) faoliyatlarni bayon etuvchi korxona stadartlari ya’ni bir tomondan “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunga, ishlab chiqarishni metrologik ta’minoti bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga, O‘z DSt ISO 9001:2009 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” standartiga, ikkinchi tomondan esa korxonaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bo‘lishi lozim.

  • Olinayotgan natijalarning ishonchsizligi darajasini, aniq emasligi baholash.

Texnologik jarayonlardagi o‘lchashlar samaradorligi ta’minlashda ko‘plab metrologik masalalar taxminan to‘g‘rilovchi metrologik usul va vositalarni qo‘llash imkoniyati chegaralanganligi hisobiga hal qilinadi.
Shu sababli, o‘lchashlar xatoligini baholashning aniq emasligi mavjud yo‘qotishlarga olib kelgan holatlarda olingan natijalarning ishonchsizlik darajasini, aniq emasligini baholash zarur. Faqat bunday axborotlarni hisob olib qarorlarni qabul qilish o‘lchashlarning samaradorligiga olib kelib, yanada haqqaoniyroqligi ta’minlaydi.
Masalan, o‘lchash sxemasidagi datchik yetarli darajada metrologik tavsiflarga (xarakteristika) ega bo‘lishi mumkin, biroq, uning qurilmasi, tashqi sharoitlar, signallarni qayd qilish va qayta ishlash usullari yakuniy hisobda o‘lchashlar xatoligini katta bo‘lishiga ta’sir etadi.

  • Talab qilinayotgan o‘lchash aniqligini ta’minlovchi unifikasiyalangan, avtomatlashtirilgan o‘lchash vositalarini qo‘llash.

Qo‘llanilayotgan o‘lchash texnikasining darajasi yaratilayotgan mahsulot darajasini aks ettiradi, shuning uchun ishlab chiqarish va sinash komplekslarni, korxonaning metrologik xizmati va boshqa bo‘linmalaridagi O‘V, avtomatlashtirish tizimini qurilmalar bilan ta’minlash ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

  • Metrologlarni tizimli ravishda malakasini oshirish:

  • yangi olib kelingan o‘lchash vositalari bilan ishlash, qiyoslash va kalibrlar usullarini o‘zlashtirishi;

  • “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunni, kasbiga aloqador qonunchilik hujjatlarini, metrologiya bo‘yicha yangi me’yoriy hujjatlarni o‘rganish;

  • SMSITI va boshqa yetakchi metrologik institutlar o‘tkazayotgan turli xl seminarlarga, qayta tayyorlash kurslariga ishtirok etishi;

  • metrologiya bo‘yicha olimpiada, tanlovlarga ishtirok etishi;

  • metrologiya bo‘yicha davriy nashrlarni o‘rganishi lozim.

  • Yangi axborotlarni paydo bo‘lishi bilan avtomatik yangilanadigan va axborotlarni qidirish ta’minlangan tizimlaridan, elektron ma’lumotlar bazalaridan faol foydalanish:

  • Davlat reyestriga kiritilgan o‘lchash vositlarining texnik tavsiflari va foydalanish to‘g‘risida;

  • davlat metrologik xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari o‘tkazadigan qiyoslash va ta’mirlash ishlari to‘g‘risida;

  • metrologiya sohasidagi me’yoriy va ma’lumot hujjatlari to‘g‘risida;

  • yuqori aniqlikdagi qurilmalar va etalonlar to‘g‘risida;

  • ishlab chiqarilayotgan asboblarning elektron katologi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilan ta’minlagan axborot tizimlari bo‘lishi lozim.

  • Boshqa bo‘linmalardagi (konstruktorlik, texnologik, ishlab chiqarish, sinov bo‘limlari) mutaxassislarning metrologiya sohasidagi bilimlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar.

Konstruktorlik va texnologik hujjatlarni metrologik ekspertizadan o‘tkazishda bitta va aynan shu xatolik (me’yoriy hujjatlar va atamalarni nomlanishi, kattalik birliklarini noaniq tarjima qilish, kattalikning miqdoriy qiymatini va uning xatoligini noto‘g‘ri yozish, o‘lchash topshiriqlarini bajarish uchun o‘lchash vositasini yoki usulini noto‘g‘ri tanlash, yetarli bo‘lmagan axborotlar va boshqalar) qaytariladi.
Buning uchun kelgusida xatolar yana qaytarilmasiligi uchun yo‘l qo‘ilgan xatoliklarni tahlili va tizimlashtirish bo‘yicha chora- tadbirlarni o‘tkazish hamda boshqa bo‘limalarning mutaxassislarini metrologiya bo‘yicha bilimi oshirish lozim.
Buning uchun turli xil ish usullaridan foydalanish mumkin, bular quyidagilar:

  • korxonaning Sifat bo‘yicha doimiy faoliyatdagi komissiyasining yig‘ilishlarida ushbu masalalarni muhokama qilish;

  • texnikaviy hujjatlarda doim uchraydigan xatolar va noaniqliklarni tarkibi ro‘yxati va tahlili bo‘yicha “Xizmat xatilar”ni chiqarish;

  • foydali ma’lumotlardan tarkib topgan “Eslatma”larni rasmiylashtirish, masalan, “O‘lchash natijalari xatoligini baholash miqdoriy yaxlitlash va hisoblash qoidalari”, “Sonlarni yozish qoidalari” bo‘yicha rasmiy hujjtlar;

  • korxona mutaxassislarining metrologiya bo‘yicha bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan korxona standartlarini ishlab chiqish.

  • Korxona metrologik xizmati hududiy standartlashtirish va metrologiya xizmatlar ko‘rsatish markazlari (XSMM) va boshqa tashkilotlarning metrologik xizmatlari bilan o‘zaro faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish.

Bunday hamkorliklar ishlab chiqarish metrologik ta’minotini yuzaga keluvchi metrologik muammolarni hal etishda tajriba almashish va o‘zaro yordam hisobida yaxshilanadi.
Metrologik ta’minot tushunchasi juda keng ya’ni texnik o‘lchashlarni amalga oshirishdan to o‘lchashlar biriligi ta’minlashgacha va qonunlashtiruvchi metrologiya qo‘llanib, asosan o‘lchash, sinash va nazoratga munosabati bo‘yicha faoliyatda qo‘llaniladi hamda bir vaqtda ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining metrologik ta’minoti tushunchasi qo‘llanilishiga ham ruxsat etilgan.
Mahsulot ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash jarayonida talab qilingan sifat ko‘rsatkichlariga har bir texnologik jarayonlarning nazoratini o‘lchashlarni bajarish yordamida erishiladi. Bu bosqichda o‘lchash vositalari va usullari aniqlanib va o‘lchash nazorati va o‘lchash jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar bajariladi, o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti ishlab chiqiladi va attestasiyalanadi, agarda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi nazarda tutilgan bo‘lsa, texnologik jarayonlar va texnikaviy hujjatlar metrologik ekspertizadan o‘tkaziladi.
O‘lchash informasiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin: O‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Davlat metrologik xizmat idoralari davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini ham bajaradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki ishlab chiqarish korhonalarining oldida turgan birinchi masala sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Buni amalga oshirish uchun esa korxonada metrologik ta’minotni to‘g‘ri va sifatli tashkil qilish talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Bakhodir, E. (2021). Effects of Change on Cotton Harvesting Physical and Mechanical Performance. International Journal of Innovative Analyses and Emerging Technology, 1(7), 9-13.
2.Mirkhojaev, M. M., & Ergashov, B. A. O. (2020). Analysis of determination of cotton field quality as a result of changes in technological processes. SAARJ Journal on Banking & Insurance Research, 9(6), 38-44.
3.Baxodir, E., Azimjon, M., & Hayitali, O. (2022). PAXTANI YETISHTIRISHDAGI IQLIMIY SHAROITNI UNDAN OLINADIGAN TOLA SIFAT KO ‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 89-94.
4. Ruxiddinovna, N. Y., & Ayubjanovna, T. G. (2022). GENERAL DEVELOPMENT OF EDUCATION IN TECHNICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS METHODOLOGICAL PRINCIPLES. Journal of Positive School Psychology, 8560-8566.
5. Baxodir, E., Hayitali, O., & Ramshid, A. (2022). IPAK QURTINI BOQISH SHAROITINI OLINADIGA IPAK MAHSULOTLARI SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 95-100.
6. Bakhodir, E., & Mastona, N. (2022). Product Quality of Regulatory Documents Place for Improvement. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(3), 71- 74.
7. Baxodir, E., & Ramshid, A. (2022). KO ‘MIR MAHSULOTLARINING NAVLARI BO‘YICHA QIYOSIY TAHLILI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 101-105.
8. Baxodir, E., & Asadbek, A. (2022). GIDRAVLIK VA MEXANIK PRESSLAR YORDAMIDA SUV TASHISH MASHINALARINING MUVOZANATDAN CHIQIB KETISHINI OLDINI OLISH USULLARI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 1-4.
9. Bakhodir, E., & Ramshid, A. (2022). Comparative Analysis of Coal Products Extracted From
Central Asian Coal Deposits. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 2(5), 9-12 10.
10.Ergashov, B., Muhammadqodir, N., & Zafarbek, T. (2022). CHIGITLI PAXTANI TOZALASH JARAYONIDA NAMLIK TASIRIDA SIFAT KO‘RSATKICHLARINI O ‘ZGARISHI. Journal of new century innovations, 17(3), 17-20.
11. Ergashov, B., Sobirjonova, X., & Muhammadiyeva, M. (2022, November). O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRILADIGAN JUN TOLALARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARI TAHLILI. In Conference Zone (pp. 127-132)
12. Abdumuxtor o‘g‘li, E. B., & Rustamjon o‘g‘li, J. S. (2022). TEXNOLOGIK JARAYONLAR TA’SIRIDA PAXTA TOLASINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI O‘ZGARISHI. IJODKORO'QITUVCHI, 3(25), 47-52.
13. Dilfuza, A., & Yoqutxon, N. (2023). OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDA STANDART TALABLAR VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH TAMOYILLARI. Journal of new century innovations30(2), 172-182.
14. Dilfuza, A., & Yoqutxon, N. (2023). OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARIDA STANDART TALABLAR VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI SINASH USULLARI. Journal of new century innovations30(3), 3-11.
15. Saydulloxon, A., Mahliyo, J., Dilshoda, X., & Mahmudjon, M. (2023). Mechanical Engineering Depth Indicators of Pneumatic Vehicles. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development2(2), 76-81.
16. Oʻg‘Li, E. B. A., & Qizi, X. D. M. (2022). Tozalash samaradorligiga paxta namligining ta’siri. Механика и технология, (Спецвыпуск 1), 133-136.
Abdumuxtor o‘g‘li, E. B. (2023). Ipak Qurtini Parvarishlashning Samarali Usulini Ishlab Chiqish Omillari. Journal of Innovation, Creativity and Art2(1), 123-127.
Download 103.65 Kb.
1   2




Download 103.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. O‘rnatilgan talablarga korxona metrologik ta’minotining

Download 103.65 Kb.