• Kurs loyihasini bajarish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar. Kurs ishini bajarish tartibi. I. Kirish.
  • II.Tadqoqot usuli
  • III.Model tanlash asoslash 3.1.modelga texnik tasnif. Modellar rasmi 3.2Model qism bichimlari andozalar rasmi IV.Texnologik qism.
  • Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Ilovalar. Kirish
  • “yengil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi




    Download 2.6 Mb.
    bet2/15
    Sana11.05.2023
    Hajmi2.6 Mb.
    #58275
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Ishning maqsadi:Paxtali trikotaj matolaridan foydalanib erkaklar sport to’plamini ishlab chiqish
    ishining vazifalari:
    - trikotaj polotnolari assortimentlarini tahlil qilish;
    - Paxtali trikotaj polotnolarining fizik-mexanik hususiyatlarini o’rganish;
    - yangi assortimentdagi erkaklar sport kiyimi toplamini yaratish.


    1. Kurs loyihasini bajarish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar.
      1. Kurs ishini bajarish tartibi.


    I. Kirish.
    1.1.Adabiyotlar tahlili………………………………………………………
    1.2Trikotaj matolar haqida umumiy ma’lumot…………………………………….
    1.3.Sport kiyimlari va sport kiyimlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan matolar haqida umumiy ma’lumot………………………………………….
    II.Tadqoqot usuli
    2.1.Sport kiyimini yaratish yuzasidan olib borilgan marketing tadqiqotlari tahlili
    2.2.Paxtali trikotaj matolarining fizik-mexanik xususiyatlarini o’rganish va tahlil qilish
    2.3 Zamonaviy kiyimlarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish yo’llari
    III.Model tanlash asoslash
    3.1.modelga texnik tasnif. Modellar rasmi
    3.2Model qism bichimlari andozalar rasmi
    IV.Texnologik qism.
    4.1. Tanlangan uzelning bo‘linmas operasiya ketma-ketligi.
    4.2. Tanlangan ishlov berish usulidagi samaradorlikni hisoblash.
    Ishlov berish usulining samaradorligi va mehnat unumdorligini hisoblash.
    Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.
    Ilovalar.


    Kirish
    O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach ko’plab sohalar kabi tikuv-trikotaj sanoatida ham qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Tikuv-trikotaj sanoati dunyoning ko’plab mamlakatlarida rivojlangan bo’lib, jumladan Xitoy, Hindiston, Bangladesh kabi davlatlar bugungi kunda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ilg’or davlatlar hisoblanadi. Respublikamizda ham tikuv-trikotaj sanoati yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Respublikamiz to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash, to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalarni jalb qilish va o’zlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texologiyali yangi ish o’rinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilg’or “klaster modeli”ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda [1]. Shu bilan birga, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining o’zgaruvchan konyunkturasi sohani davlat tomonidan qo’llabquvvatlash, shuningdek, yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etmoqda.
    Tikuv trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qaror va farmonlari qabul qilindi. 2019 yil 12 fevraldagi “To’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida“gi qarorlari sohani rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga turtki bo’lmoqda
    Mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratilishi natijasida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda.
    Ayni paytda tarmoqda 2500 dan ortiq korxona samarali faoliyat yuritib, ularda 100 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda. Bu korxonalarda tayyor gazlama va matolar, xushbichim tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, zamonaviy choyshablar, gilam kabi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
    So‘nggi 10 yil ichida tarmoqda yuqori o‘sish sur'atlari ta'minlanib, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 4,3 barobarga, mahsulotlar eksporti esa qariyb 4 barobarga o‘sdi.
    Mustaqillikning dastlabki yillarida butun tarmoqning eksport salohiyati bor-yo‘g‘i 7 million dollarga teng bo‘lgan bo‘lsa, ayni paytda yengil sanoat mahsulotlarining eksporti 1 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
    Shuningdek, sohada ishlab chiqarilgan to‘qimachilik hamda tayyor kiyimkechak mahsulotlari jahonning 60 dan ortiq davlatlariga eksport qilinmoqda.
    Jumladan, so‘ngi yillarda Braziliya, Chili, Xorvatiya, Nigeriya kabi mamlakatlarga ham ko‘plab turdagi yengil sanoat mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.
    Bunday natijalarga erishishda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, yengil sanoat tarmog‘ida ham keskin sifat o‘zgarishlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar olib borildi. Jumladan, umuman to‘xtab qolgan eski ip-yigiruv kombinatlari o‘rniga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xorijiy va qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Ko‘plab tarmoq korxonalari modernizatsiya qilindi, ularda jahon andozalari darajasidagi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi.
    Shuningdek, tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni qo‘llabquvvatlash maqsadida berilgan imtiyoz va preferensiyalar ularning tashqi bozorda mustahkam o‘rniga ega bo‘lishiga imkon yaratdi.

    Download 2.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “yengil sanoat mahsulotlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi

    Download 2.6 Mb.