• 6.Likadress.ru saytidan “Paxtali trikotaj nima” mavzusidagi maqola
  • 7.”Materialshunoslik ” U .M . Matmusayev, M .Q . Qulmatov,T.A. Ochilov, F.X. Rahimov, Z.B . Jo‘rayev
  • 1.2.Trikotaj matolari haqida umumiy ma’lumot
  • -sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati Karimov Nuriddin Abdullo o’g’lining maqolasi




    Download 2.6 Mb.
    bet4/15
    Sana11.05.2023
    Hajmi2.6 Mb.
    #58275
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    .5-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati Karimov Nuriddin Abdullo o’g’lining maqolasi
    Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida sport sohasining rivojidagi qonuniy asoslar va yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
    islohotlar haqida ma’lumot berilgan.
    6.Likadress.ru saytidan “Paxtali trikotaj nima” mavzusidagi maqola
    Ushbu maqolada paxta trikotaj nima ekanligini, bu matoning qanday afzalliklari borligini yoritib berilgan. Har xil turdagi trikotajdan ishlab chiqaruvchilar tomonidan qanday kiyimlar tikilganligini xamda trikotaj matolariga qanday matolar kirishini bilib oldim.
    7.”Materialshunoslik ” U .M . Matmusayev, M .Q . Qulmatov,T.A. Ochilov, F.X. Rahimov, Z.B . Jo‘rayev
    Ushbu qo‘llanmada tolalarning tasnifi, kimyoviy tarkibi, asosiy xossalari, ularning olinishi, to‘qimachilik iplarining tuzilishi va xossalari, tolalarni yigirish jaray o n i, tasnifi, xossalari va nuqsonlari, shuningdek gazlama, trikotaj matolari tuzilishining fizik-mexanikaviy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar berilgan
    .

    1.2.Trikotaj matolari haqida umumiy ma’lumot
    Hozirgi vaqtda to’qimachilik sanoatining trikotaj ishlab chiqarish tarmoqlari juda keng o’rin egallaydi. Qadimda Rossiyada 3 ming kishiga ega bo’lgan 22 ta trikotaj korxonasi faoliyat ko’rsatgan. 1913-yilda xalqning jon boshiga: paypoqli trikotaj mahsulotlari – 0,2 juftni, ichki trikotaj -0,005 ta, ustki trikotaj – 0,001 tani to’g’ri kelgan bo’lsa, 1968-yilga kelib paypoqli trikotaj – 6,5 juft (shu bilan bir qatorda 3,4 ta ichki trikotaj va 1,2 ta ustki trikotaj)ni tashkil etgan. Keyinchalik 400 artikulga ega bo’lgan turli trikotaj buyumlari ishlab chiqarila boshladi. Yuqori kuchlanishga ega bo’lgan trikotaj to’quv jixozlarining hisobiga trikotaj mahsulotlarining turlari kengayib bormoqda. Trikotaj mahsulotlarining chiroyliligi, o’ziga jalb etuvchi ko’rinishi, yengilligi, elastikligi, havo o’tkazuvchanligi, nam shimishi kabi hususiyatlari xalqning ehtiyojidan keng joy olib kelmoqda.Trikotaj to’qima matolaridan ustki trikotaj (katta yoshlilar va yosh bolalar uchun) ko’ylak –kastyumlar (ayollar va bolalar uchun), sport trikotaj ichki assortimentlari (kattalar va bolalar uchun), trikotaj jemper, jaket, nimcha va bluzkalari ishlab chiqarilmoqdi.. Bugungi kunda sport kiyimlari har qanday kishining garderobining ajralmas qismidir. Trikotaj matosi. Halqalash yo‘li bilan olingan to‘qimachilik matosi yoki buyumidir. Shuning uchun har qanday trikotaj materiali ko‘ndalang va uzunasiga birlashgan halqalar tizimidan iborat bo‘ladi. Trikotaj tuzilishining birlamchi elementi halqa hisoblanadi. Halqalar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq halqalar matoga yaxshi cho‘ziluvchanlik, elastiklik, yopiq halqalar yuqori shakl saqlashlik xususiyatini beradi. Halqalar gorizontal bo‘yicha bir-biri bilan bog‘lanib ular qatorini, vertikal bo‘yicha halqalar ustunini hosil qiladi. Halqa hosil qilish jarayoni halqa hosil qiluvchi mashinalaryordamida amalga oshiriladi. Trikotaj matosi olishda har xil qarmoqli va tilchali ignalardan foydalaniladi. fgnadonga mahkamlanadi. Ular qancha zich joykshsa, matolar shuncha zich bo‘ladi. Ignalar ignadon uzunligidagi ignalar soni bo‘yicha halqalovchi mashinaning sinfi aniqlanadi. Ignalar ninadonlar yassi va aylana bo‘lishi mumkin.

    Trikotaj to‘qilish turlari. Matolarda halqalarning ma’lum bir tartibda joylashishi va o‘zaro bog‘lanishidir. Trikotaj to‘qilishlarining turlari juda xilma-xil bo‘lib, ikki sinfgabo‘linadi: ko‘ndalang vao‘rib (bo‘ylama) to‘qilish. Har bir to‘qilish sinfi o‘z navbatida uch guruhga bo‘linadi: 1. Bosh to‘qilishlar. 2. Hosila to‘qilishlar. 3. Gulli to‘qilishlar.
    Bosh to‘qilishlar deb, halqalari bir shakl va o‘lcham bir xil xom-ashyodan bo‘lgan to‘qilishga aytiladi. Bular tuzilishi bo‘yicha oddiy, hosila va gulli to‘qilishlarni hosil qilishda asos bo‘lib hisoblanadi. Ikki yoki bir necha bosh to‘qilishlardan hosila to‘qilishlar paydo bo‘ladi. Gulli to‘qishlarda halqachalarning o‘lchamlari, ranglari va shakllari bir-biridan farq qiladi. Natijada, trikotaj matosining yuza sathida naqshlar paydo bo‘ladi. Ko‘ndalang to‘qilishning bosh guruhiga glad, lastik to‘qilishlari kiradi.
    Hozirgi vaqtda trikotaj buyumlarining aksariyat qismi gulli to‘qilishlar bilan ishlab chiqarilmoqda. Bosh to‘qilishlar mustaqil ravishda ko‘p ishlatilmasa ham hosila va gulli to‘qilishlarni olishda asos bo‘lib hisoblanadi.
    Zanjir to‘qilish oddiy bo‘lib, gulli to‘qilishlarning tarkibiy qismidir. U mustaqil ravishda ro‘mol va sharflarning hoshiyasini hosil qilishda qoilaniladi.

    Trikotaj kiyimlarni modellashtirishning xususiyatlari. Modellashtirishning o‘ziga xos tomonlari trikotaj matolari xususiyatlari va ishlab chiqarishning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq.
    Shaklni yaxshi saqlovchi, kam cho‘ziluvchan va boshqa materiallar bilan lakrorlangan matolar tikuvchilik fabrikalarida gazlama kabi qayta ishlanadi. Ularning ko‘pchilik qismi esa trikotaj fabrikalarida tayyor-lanadi. Buyumlarni modellashtirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri model va matoning trikotaj ishlab chiqarish paytida hosil bo‘lishidir, chunki buyumning ishlatilishiga qarab lining xomashyosi, to‘qilish rasmi (guli), matoning tashqi ko‘rinishi hamda qalinligi. zichligi va buyumning shakl tuzilishini belgilovchi boshqa o‘lchamlari (parametrlari) oldindan loyihalanadi.
    Trikotaj kiyimlarni bichishning o‘ziga xosligi. Bichilgan trikotaj buyumlarining (bular trikotaj buyumlari assortimentining 60% dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi) hajmli shakli konstruktiv yo‘l bilan, ya’ni choklar va zaxira choklar hisobiga olinadi. Trikotaj buyumlarining konstruksiyasi birgina qaddi-qomat o‘lchovlarini e’tiborga olib qolmasdan, balki buyumlarni ishlatish va tayyorlash paytida paydo bo‘ladigan trikotajning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab yaratiladi. Trikotajning bunday xususiyatlariga ularning cho‘ziluvchanligi, elastikligi, kirishishi (usadka), qalinligi, chekkasining o‘ralib qolishi, tarqalib va teshilib ketishi kiradi.
    Trikotaj polotnolari uzunasiga mustahkam va kamroq cho‘ziluvchan bo‘ladi. Shuning uchun konstruksiyalashda barcha detallari halqa qatorlariga qarab uzunasi bo‘yicha to‘shaladi. Trikotaj buyumlarini tikish va bichish paytida namli-issiq, mexanik ta’sirlar natijasida ularning ayrim detallarida trikotajning qisqarishi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun konstruksiyalangan andoza o‘lchamlariga qisqarish mumkinligini e’tiborga olgan holda aniqliklar kiritiladi.

    Download 2.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati Karimov Nuriddin Abdullo o’g’lining maqolasi

    Download 2.6 Mb.