• Laboratoriya ishi..
  • «yengil sanoati texnologiyasi»




    Download 1,7 Mb.
    bet17/27
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,7 Mb.
    #156593
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
    Bog'liq
    Yengil sanoat Tikuvchilik

    Vo’r - namunadan o’tgan havoning miqdori, dm3;
    F - namuna yuzasi, sm2;
    T - vaqt, s
    Suv o’tkazuvchanlik (SP)-gazlama o’zidan suv o’tkazuvchanligi tushuniladi. Suv bug’lari gazlamadagi kovaklar orqali, shuningdek, materiallarning gigroskopligi hisobiga o’tadi. Gazlama kiyim ostidagi havo namligini shimib, atrof-muhit bug’latadi.
    Suv o’tkazuvchanlik xususiyati uchun suv o’tkazuvchanlik koeffitsienti qabul qilinadi, ya’ni u 1 sm2 gazlamadan belgilangan suv bosimda p 1 min davomida suv miqdorining o’tishini (dm3) ko’rsatadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
    ,
    bu yerda: V -ma’lum vaqtda namunadan o’tgan suv miqdori, dm3;
    S-namunaning yuzasi, sm2; t-vaqt, s.

    1.Yomg’irlantirish qurilmasida to’qimachilik gazlamalarining o’zidan suv o’tkazuvchanlik hususiyati bo’yicha olingan natijalar quyidagi jadvalga yozilsin.





    Namuna turlari

    1 min davomida suv miqdorining o’tishini, dm3/m2.s




















    1.2-rasm
    Yomg’irlantirish qurilmasa yordamida gazlamaning suv o’tkazuvchanligini aniqlash. Vengriyaning yomg’irli qurilmasi quyidagilardan tashkil topgan (39-rasm). Idish 1 suv o’tadigan naycha 2 bilan bog’langan. Idishning pastki qismida kran 3 bo’lib, teshikli naycha 5 bilan voronka 4 dagi suvni o’tkazish uchun xizmat qiladi va idishdagi suv darajasini tartibga keltirish uchun to’kadigan trubacha 6 amalga oshiradi. Suv yig’gich 7 sinalayotgan namunaga kiygiziladi, xalqa tirqishi 8 ga o’rnatiladi. Kran 9 idishga ketadigan suvni tartibga solib turadi.
    Ishni bajarishdan oldin asbobdagi suvning uzatilish tezligi tekshiriladi. Uning uchun kran 3 ning yopiq holatida idishdagi to’kadigan trubachaning yeng yuqori darajasigacha to’ldiriladi. Keyin, kran 3 ochiladi va kran 9 yordamida suvning uzatilishi tartibga keltiriladi.
    Olingan namunaning o’lchami 250x250 mm bo’lib, suv yig’gich 7 ga rezinali xalqa yordamida mahkamlanadi, keyin suv yig’gich 7 ko’ndalangiga 450S burchak ostida keltiriladi va kran 3 to’liq ochiladi. Namuna 60 s davomida yomg’irlantiriladi. Ish tugagandan keyin kran 3 yopiladi. Namuna suv yig’gichdan olinadi va suv yig’gichdan yig’ilgan suv to’kilib hajmi aniqlanadi. Olingan natijada binoan suv o’tkazuvchanlik koeffitsienti yuqoridagi formulaga asosan topiladi.
    Suv o’tkazmaslik-gazlamaning suv o’tishiga qarshilik qilish xususiyati. Suv o’tkazmaslik maxsus gazlamalar (brezentlar, palatkalar), plashlik gazlamalar, paltolik va kostyumlik jun gazlamalar uchun ayniqsa muhimdir. Suv o’tkazmaslik gazlamaning tolaviy tarkibiga, zichligiga va pardozlash usullariga bog’lik bo’ladi.

    1.3-rasm

    Penetrometr uskunasi yordamida gazlamaning suv o’tkazuvchanligini aniqlash.


    1.Penetrometr uskunasida to’qimachilik gazlamalarining o’zidan suv o’tkazmaslik hususiyati bo’yicha olingan natijalar quyidagi jadvalga yozilsin.







    Namuna turlari

    Manometrda suvning ko’tarilish balandligi N/sm/ suv ustuni



















    Penetrometr asbobi gazlamaning suv o’tkazmasligini aniqlaydi. U idish 1, voronka 2 va manometrik trubacha 3 dan tashkil topgan (40-rasm). Sinash ishini boshlashdan oldin idish 1 suv bilan to’ldiriladi va yo’naltirgich 2 bo’yicha uni ko’taradi. Kran 3 va 4 lar ochilib suv idishdan tusha boshlaydi va voronka 5, trubacha 6 ni to’ldiradi. Suvning tezligi quyidagicha tartibga keltiriladi: voronka 5 metall disk 7 bilan yopiladi va xalqa 8 yordamida siqiladi. Kran 4 ni ochganimizda kran 3 shunday holatda belgilanadiki, manometrik trubachadagi suvning ko’tarilish tezligi 2 m/s ga teng bo’lsin. Tezlik sekundomer orqali kuzatiladi. Asbobdan sinash tartibi quyidagicha: kran 4 ochilib, voronka suv bilan to’ldiriladi, undan keyin kran 4 yopiladi. Voronka sinalayotgan namuna bilan yopiladi va namunaning ustki qismi 8 bilan qisiladi. Keyin, yana kran 4 ochiladi. SHunda suv idish 1 dan tusha boshlaydi va bosimning oshishi kuzatiladi. Namunaning yuzida uchta tomchi hosil bo’lganda, kran 4 yopiladi va manometr 3 ning ko’rsatishi bo’yicha bosim o’lchami olinadi. Sinash ishlaridan keyin, voronka va manometrdagi suv to’kib tashlanadi.




    11- Laboratoriya ishi..

    Download 1,7 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




    Download 1,7 Mb.