Avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish




Download 10,97 Mb.
bet11/12
Sana31.05.2024
Hajmi10,97 Mb.
#258589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
amaliyoti hisoboti

Avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish.
2017 yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil yo‘llaridagi ko‘kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriimzolandi. Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur qaror avtomobil yo‘llaridagi qurilmalarning me'moriy-badiiy sifatini tubdan oshirish, Respublikamiz avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini – yo‘l harakati xavfsizligi hamda atrof-muhit muhofazasi masalalarining zamonaviy talablariga javob bergan holda, yagona tizimli va kompleks asosda shakllantirish sifatini tubdan oshirish maqsadida qabul qilindi. Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat
qo‘mitasi qoshidagi "Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish" korxonasi
"O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasiga aylantirildi.
O‘zbekiston Prezidentining 11- sentyabrdagi qarori bilan 2018−2020- yillarda avtomobil yo‘llari, jumladan shaharlarning umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish dasturi qabul qilindi. Uch yil davomida
1,6 milliondan ziyod daraxt va buta ko‘chatlarini o‘tqazish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 782 mingtasi shaharlar, 103 mingtasi Toshkent ko‘chalariga ekiladi.Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa va vakolatlar yuklatildi. Qo‘mita huzuridagi «Avtoyo‘lko‘kalamzorlashtirish» korxonasi «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» korxonasiga aylantirildi.1-oktyabrdan boshlab umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shuningdek shaharlarning tegishli ko‘chalarini shartnoma asosida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari qayta tashkil etilgan korxona tomonidan amalga oshiriladi. «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» direktori qo‘mita raisining avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. Qo‘mita tuzilmasida Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning ko‘p sonli vazifalari tarkibiga yo‘lni landshaft bilan muvofiqlashtirish vositasi sifatida daraxt va bo‘ta ekinlaridan foydalanish, uni bezash va qo‘shimchalar kiritish kiradi. Ko‘kalamzorlashtiruvchi-mutaxassis bilan hamkorlikda puxtalik bilan saralangan daraxt-bo‘ta ekinlari quyidagilarga imkon beradi:



yo‘l bo‘yi landshafti yoki yo‘lning inshootlarini muvoffaqiyatsiz yoki ko‘rimsiz joylarini ko‘rinishini yopish: yo‘l chetidagi ishlov berilgan karerlar, o‘simliklar bilan qoplangan o‘ymaning yalang’och yon bag’ri, yo‘llarni kesib o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichlarga tutashuv ko‘tarmasi, yo‘l uchun ajratilgan mintaqa chegarasi yaqinida omborlar hududi va b.;



yo‘l bo‘yi mintaqasidagi bir xil cho‘l joylarda haydovchilarni diqqatini faollashtiradigan va jalb qiladigan alohida manzarali guruhlarni yaratish;



shaharlar va kurort joylariga kirish yo‘llarida sayohat maqsadiga yaqinlashishni ta’kidlash, ayrim holatlarda tantanavor kayfiyatni yaratish maqsadida avtomobil yo‘lining to‘g’ri bo‘laklarida baland daraxtlardan xiyobon ekish;



trassa yo‘nalishini va burilishning keskinligini kelgusida o‘zgarishini haydovchilarga haqiqiy ko‘rinish chegarasida ko‘rsatadigan “to‘siq” ko‘rinishidagi ekinlardan vizual yo‘nalishnitashkil etish, cho‘l tumanlarda ikkinchi darajali yo‘lni bir satxda kesishishi va tutashishini ko‘rsatadigan “ishora beradigan” ekinlarni barpo qilish.


XULOSA
Bu safargi ishlab chiqarish o’quv amaliyoti Denov tuman yo’llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasida bo’lib o’tdi. Sohaga oid anchagina ma'lumotlar to'pladik bu amaliyot orqali. Ishlab chiqorish amaliyoti davrida yo’l sohasiga oid malumotlar yo’l qurish texnologiyalari tartibi va bir qancha ma’lumotlarga ega bo’ldim.
Bugungi kunda mamlakatimizda qabul qilingan yo’l sohasiga oid qonunlar farmonlar ijrosini taminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan men amaliyot o’tagan Denov tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasida ham ishlar qizg’in davom etmoqda.
Muxtasar qilib aytganda ushbu vazifalarning amalga oshirilishi iqtisodiyot rivojiga, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bu safargi ishlab chiqarish amaliyoti men uchun juda qizg’in va esda qolarli bo’ldi.


Download 10,97 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 10,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llarini ko’kalamzorlashtirish

Download 10,97 Mb.