Yer usti transport tizimlari




Download 10,97 Mb.
bet5/12
Sana31.05.2024
Hajmi10,97 Mb.
#258589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
amaliyoti hisoboti

Izoh: Maydalangan kuydirilmagan ohak qo‘shimchasi SaO+Mg ga hisobidan, tutilgan faol kullar qo‘shimchasi bo‘sh SaO xisobida berilgan

  • suyuq bitumlar, bitum emulsiyalari, tosh ko‘mirdan bog‘lovchilar – ohak; ohak changi, sement, tutilgan kullar;

  • organik bog‘lovchilar (karbomidoformaldegid smoladan tashqari) - kationaktiv va anionaktiv moddalar (turi E-1, SJKning qoldig‘i, ikkilamchi yog‘ gudroni, gossipol smola va boshqalar).

Organik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan gruntdan asos va qoplamalarni quruq havoda harorati 100S dan kam bo‘lmaganda qurishga ruhsat etiladi. Gruntni bitum emulsiyasi bilan aralashtirish havoning harorati 50S dan kam bo‘lmagan sharoitda amalga oshiriladi.
Yirik bo‘lakli va qumlik gruntlarning organik bog‘lovchilarni qo‘shishdan oldin namligi 2-5% oralig‘ida bo‘lishi, gillik gruntlarning namligi esa grunt oquvchanlik chegarasining 0,2-0,4 namligi darajasida bo‘lishi zarur.
Yirik bo‘lakli grunt va qum yoki supeslarni suyuq bitum, bitum emulsiyasi faollashtiruvchi moddalar, undan tashqari gruntlarni bitum emulsiyasi yoki suyuq bitum bilan birgalikda sement bog‘lovchi moddalar, qo‘shimchalar (maydalangan o‘chirilmagan ohakdan tashqari)ni qo‘shgan holda suvni gruntga bir paytda va to‘la hajmda quyib statsionar qorishtirgichlarda aralashtiriladi.
So‘ndirilmagan maydalangan oxakni faollashtiruvchi qo‘shimcha sifatida qo‘llanilganda, uni grunt ustiga yoyib aralashtirish kerak. Qorishtiruvchi uskunalardan organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan gruntlarni oxak qo‘shilganda 12 soatdan so‘ng va 24 soatdan kechiktirmasdan navbatdagi ishlov berish uchun foydalanish tavsiya etiladi.
Gruntlarning namligi so‘ndirilmagan ohak qo‘shishdan oldin, uning gidrotatsiyasini ta’minlash kerak. Yirik bo‘lakli va qumli gruntlarni yoki supeslarni organik bog‘lovchi materiallar bilan yo‘l ustida aralashtirilganda, bog‘lovchilar gruntga gruntaralashtiruvchi mashinaning bir bor o‘tish jarayonida to‘la hajmda qo‘shilishi zarur. Unda gruntning namligi 7.22.-bandda ko‘rsatilgan talablarga, qorishmaning zichlashdan oldingi namligi 6.5 va 6.15 bandlar talabiga asoslanib optimal bo‘lishi kerak. Gruntni bog‘lovchi material bilan aralashtirish frezaning bir izdan 2-3 marta o‘tishi bilan amalga oshiriladi. Ishlov berilgan qatlam qalinligi eng zich holatda 16 cm dan oshmasligi kerak.
Gillik grunlarni organik bog‘lovchi materiallar bilan aralishtirishda bir marta o‘tish yoki ko‘p marta o‘tish qo‘llaniladigan uslubda grunt aralashtiruvchi mashinalar qo‘llanilishish lozim. Mustahkamlanadigan gruntlar suyuq karbomidoformaldegid smolasiga bitum emulsiyasi yoki neft gudroni qo‘shish bilan majburiy tarzda ishlaydigan qorishtirgich uskuna yordamida aralashtiriladi. Smola bog‘lovchi bitum, qotiruvchi moddasiz 3 sutkadan ortiq saqlanmasligi kerak. Tayyor bog‘lovchi qotiruvchi modda qo‘shilgandan keyin 3 soatdan kechiqmasdan gruntga qo‘shib aralashtirilishi lozim.
Saqlash muddati 2 oydan oshiq bo‘lgan smolalar (agar ular texnik talablarga javob bersa) qo‘llanilganda, hamda havo harorati 250S dan yuqori bo‘lganda avval smolaga bog‘lovchi bitum, so‘ngra qotiruvchi qo‘shiladi.
Agar gruntlarni karbomidoformaldegid smolalari bilan mustahkamlanganda qo‘shimcha sifatida xom neft yoki SDB ishlatilsa, ularni qo‘shish navbatini qo‘llanilayotgan mexanizmlar turiga qarab aniqlanadi. Organik bog‘lovchi materiallarga ohak va sement qo‘shish bilan mustahkamlangan gruntlarni, qorishmani aralashtirgandan so‘ng ko‘pi bilan 2 soat ichida zichlash lozim. Havo harorati 150 S dan kam bo‘lmagan holatda aralashtirishdan so‘ng zichlashgacha bo‘lgan oradagi vaqtni 4 soatgacha uzaytirishga ruhsat etiladi.
Organik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan gruntlarni zichlash smena davomida tugallanishi lozim. Zichlash jarayonida yog‘ingarchiliq bo‘lib, havo harorati 150 S dan pasayib ketsa, sement qo‘shilgan gruntlarni 2 sutka ichida, ohak qo‘shilganlarini esa 4 sutka ichida qaytadan zichlanadi.
Organik bog‘lovchi bilan mustahkamlangan gruntni g‘ildirakli katok bilan, bir izdan 10-15 marta o‘tish orqali zichlanadi. Bitum emulsiyasi yoki suyuq bitumga sement qo‘shish bilan ishlov berilgan mustahkamlangan gruntlarda qarov ishlari, havo harorati 150 S dan yuqori va yog‘ingarchiliq bo‘lmagan sharoitda, qatlam ustiga 0,6-0,8 dm3/m2 me’yorda bitum emulsiyasini sepish orqali bajariladi. Agar bir sutka orasida konstruktiv qatlam uning ustiga yotqizilsa, qarov ishlarining zarurati bo‘lmaydi. Qurilish transportlarining organik bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan grunt qatlami ustidan harakatlanishiga 6.18- band talablari bajarilganda ruhsat etiladi.
Havo harorati sovuq bo‘lgan sharoitlarda mustahkamlangan gruntlarni muzlash havfidan saqlovchi choralar ko‘rish lozim.Havo harorati past bo‘lganda gruntga suvning muzlash haroratini pasaytivchi (muzlashga qarshi) qo‘shimchalar grunt massasining 0,6-1,5% miqdorida qo‘shiladi. Suvni, bog‘lovchi qo‘shimchalar (ohak, sement, gips va boshqalar) gruntga kukun shaklda muzlashga qarshi qo‘shimcha qo‘shmasdan oldin aralashtiriladi.
Yirik bo‘lakli va qumlik gruntlar bog‘lovchi materiallar bilan qorishtiruvchi uskunalarda, gillik gruntlar esa yo‘lda bir marta o‘tish yoki ko‘p marta o‘tuvchi grunt qorishtiruvchi mashinalarda yo‘lda aralashtirib tayyorlanadi.
Sement bilan mustahkamlangan gruntlar qatlamini zichlangan holatida qarov ishlari qalinligi 6 cm. dan kam bo‘lmagan qum qatlamida amalga oshiriladi.
Mustahkamlangan gruntdan qurilgan asos yoki qoplama qatlami ustidan transport harakatlanishiga kamida 20 kundan keyingina ruhsat etiladi. Havoning isishi va bahorda eruvchanlik davrida qatlam ustidan transport vositalari harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Havo harorati minus 100 S dan past bo‘lgan qisqa davom etuvchi, qattiq sovuqli hududlarda yillik qurilish jadalligini ta’minlash maqsadida, sementli grunt qorishmalarini sement bilan suvsiz aralashtirib tayyorlab qo‘yishga ruhsat etiladi. Yo‘l poyi tayyor bo‘lmaganda tayyorlagan qorishma havo isib ketgunga qadar zahiralarda caqlanadi, so‘ngra ishlatilish joyi bo‘yicha yoyiladi, suv bilan aralashtiriladi va zichlanadi.
Agar yo‘l poyi tayyorlangan bo‘lsa, tayyorlangan aralashma qatlam qilib joylashtiriladi, havo iligach suv bilan aralashtirilib, zichlanadi.
Sementli grunt aralashmasi, havo harorati minus 100 S dan past bo‘lganda, havo ilishdan 3 oy oldin tayyorlab qo‘yiladi.
Materiallar tashilganda kamomad 10% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bog‘langan grunt uchun kul-kuyundilar qorishmalarining yirikrog‘ini ham ishlatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Qorishmalarning mustahkamligini aniqlash uchun, ulardan qazib olinib 250m3 qorishma uchun 3 ta namuna tayyorlanadi.
Talab qilinadigan mustahkamlikdan chyokinishlarga quyidagi hollarda ruhsat etiladi:

  • zahiradagi qorishma tayyorlovchi uskunalardan foydalanilganda – 8% gacha;

  • bir o‘tishda aralashtiriladigan mashinalarda qorishma tayyorlanganda – 15% gacha;

  • qorishmalarni yo‘l frezasi bilan tayyorlanganda, 25% gacha.

Noorganik bog‘lovchi materiallar bilan ishlangan gruntlarning zichlik koeffitsientini, zichlangan qatlamdan olib quritilgan mustahkamlangan gruntning namunasining zichligini, O‘z RST 786 bo‘yicha zichlanib quritilagan qorishmaning zichligiga nisbati bo‘yicha aniqlanadi. Organik bog‘lovchi materiallar, portlandsement bilan qo‘shimchalarsiz mustahkamlangan gruntlarning zichlanish koeffitsientini, zichlangan qatlamdan olingan va quritilgan namunaning zichligining optimal namlikda 30 MPa yuklanish bilan zichlangan bog‘lovchi bilan qorishmaning zichligiga nisbati bilan aniqlanadi: agar organik bog‘lovchili grunt qorishmasiga portlandsement yoki karbomid smola qo‘shilsa, namunalarni 15 MPa yuklanish bilan zichlash lozim.
Yotqizilayotgan qatlamning eng kam qalinligi eng katta zarralarning o‘lchamidan kamida 1,5 marta ko‘p bo‘lib, mustahkam asosga yotqizilayotgan qalinligi 10 cm dan, qumlik asos bo‘lganda 15sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tosh materiallarining to‘kilgan holatdagi hajmini, uni zichlagandagi zahira koeffitsientini hisobga olgan holda hisoblanadi. Optimal zarrachalar tarkibli qumshag‘al (chaqiqtosh) va zarrasi 40-70 va 70-120 mm mustahkamlik markasi 800 dan ko‘p chaqiqtosh materiallari-ning zichlanishdagi zahira koeffitsienti taxminan 1.25-
1.30 ni, mustahkamlik markasi 600-300da 1.3-1.5 bo‘lishi mumkin. t
Chaqiqtosh, shag‘al materiallar olib kelinib yo‘l poyi yuzasiga va oraliqdagi omborlarga shtabel qilib to‘planadi, so‘ngra to‘shamani qurishda ishlatiladi.
Chaqiqtoshlarni biriktirish usuli bilan asos va qoplamalar qurishni 2 bosqichda bajarish tavsiya etiladi:

  • asosiy zarrali chaqiqtoshlarni yoyish va zichlashni(birbiri bilan tishlashishi va birikishi uchun) boshlash;

  • chaqiqtoshlarni yoyish (ikki-uch marta biriktirish), har bir zarrasi bo‘yicha zichlash. Asoslar uchun bir bosqichda biriktirish kifoya. Cho‘kma, mustahkamlik markasi 600 dan kam bo‘lgan jinslardan olingan chaqqiq toshni asos uchun ishlatilganda, biriktirish bir bosqichda bajariladi.

Quyi va o‘rta qatlamlarni yotqizishda 40-70 mm va 70-120 mm li, asos yoki qoplama ustki qatlami uchun 40-70 mm li , to‘ldirish uchun 5-10 mm, 10-20 mm va20-40 mm li chaqiqtoshishlatiladi.Kuchsizroq chaqiqtoshlarning 70 mm dan katta o‘lchamdagi fraksiyalari ishlatiladi.
Zarur bo‘lganda qo‘shimcha ravishda zichlashni qurilish transportlari harakatini asos (qoplama)ning butun kengligi bo‘yicha tashqil qilib bajarish mumkin.
Asosni birinchi va ikkinchi bosqichda zichlashni g‘ildirak shinali, og‘irligi 16 tonnadan kam bo‘lmagan, shinadagi bosim 0,6-0,8 MPa ga teng katoklarda, tirkama titrovchi og‘irligi kamida 6 tn, panjarasimon og‘irligi kamida 15 t katoklar, o‘ziyurar silliq valsli og‘irligi 10 t dan kam bo‘lmagan va aralash moslamali og‘irligi 16 t dan kam bo‘lmagan katoklar bilan baja-riladi. Oddiy turdagi katoklarning bir joyidan umumiy o‘tish soni kamida 30 (birinchi bosqichda 10, ikkinchisida 20), aralash moslamalikda kamida 18 (birinchi bosqichda 6, ikkinchisida 12) va titrovchilarida 12 (birinchi bosqichda 4, ikkinchisida 8) marta bo‘lishi kerak.
Mustahkamlik markasi 600 va cho‘ziluvchi soni Pl-2 Pl-3ga teng chaqiqtoshlardan qurilgan asoslarni og‘irligi 16tn dan ko‘p bo‘lmagan g‘ildirak shinali katoklar bilan kamida bir yerdan 20 marta o‘tish bilan, yoki titrovchi katoklar bilan zichlanadi.
Chaqiqtosh zarralari orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirish va o‘zaro tishlashishni tezlashtirish uchun, chaqiqtoshlarni zichlashdan oldin suv sepish (taxminan 15-25 dm3/m23 birinchi bosqichda) so‘ng zichlash lozim.
Ikkinchi bosqichda mayda chaqiqtoshlarni zichlashni tishlashayotgan qatlamni sekinasta zarralarni kichraytirish bilan bajariladi.
Zichlashishi og‘ir bo‘lgan chaqiqtoshlar ishlatilaganda ustiga tishlashuvchi material yotqizishdan oldin organik bog‘lovchi materiallar bilan 2-3 dm3/m2 hisobidan ishlov beriladi.
Tishlashuvchi chaqiqtosh zarralari sarfi quyidagi jadvalga asosan belgilanadi.

Izoh: 40-70 mm zarralik chaqiqtoshlardan tishlashtirish usuli bilan asos qurilsa, bir martalik tishlashtirish usuli bilan chaqilgartosh va qum- chaqiqtosh qorishmasining 5-20, 0-20, 0-10 zarralikni qo‘llash mumkin. 70-120 mm chaqiqtosh ishlatilganda esa 5-40 mm qo‘llaniladi.

Download 10,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 10,97 Mb.