Yo’l poyini qurish to’g’risida ma’lumotlar




Download 10,97 Mb.
bet3/12
Sana31.05.2024
Hajmi10,97 Mb.
#258589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
amaliyoti hisoboti

Yo’l poyini qurish to’g’risida ma’lumotlar.
Yo‘l poyi - yo‘l to‘shamasi qatlamlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan sun'iy inshootdir. Uni loyihalashda namunaviy tuzilmalardan, shuningdek, xususiy loyihalash usullaridan foydalaniladi. Joyning relyefi, geologiya, gidrogeologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan yo‘l poyining namunaviy tuzilmasi 2.1 va 2.2-rasmlarda keltirilgan [1]. Yo‘l poyi, noqulay sharoitlarda xususiy loyihaga asosan quriladi. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi: balandligi 12 m dan katta ko‘tarmalar; chuqurligi 12 m dan katta o‘ymalar; ko‘tarma asosida bo‘sh gruntlar bo‘lsa; chuqurligi 4 m dan katta botqoqliklar; ko‘chkili tog‘ yonbag‘irlari; chuqur va qiyaligi katta jarlar; karst hodisasi, o‘ta sho‘rlangan gruntlar, sel oqimlari, tosh ag‘darmalari, qorli surilmalar va boshqalar.


a-qor bosishi mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lagidagi chuqurligi 5 m gacha bo‘lgan
o‘yma; b-chuqurligi 12 m gacha bo‘lgan qiyalik tokchasiz o‘yma; A-quriladigan yo‘l poyining kengligi; V-yo‘l polotnosining kengligi; b-qatnov qismi kengligi; D-yo‘lga ajratilgan doimiy mintaqa chegarasi; V-yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqa chegarasi; O’-o‘simlik gruntining tiklangan qatlami.
Keyingi yillarda yo‘l poyining mustahkamligini oshirish va ko‘tarmaning hajmini kamaytirish uchun armaturalangan yo‘l poyi tuzilmasi qo‘llanmoqda. Birinchi marotaba bunday ko‘tarmalar Fransiyada yon qiyalikni oshirish hisobiga yo‘l egallab turgan yer polosasini kamaytirish maqsadida qurilgan. Keyinchalik, bunday tuzilmalar kutilgan samaradan tashqari, gruntlarning elastiklik modulini 1,5 - 2 marotaba oshirishi ma'lum bo‘ldi. Armaturalash shisha tola yoki yupqa mato va mato bo‘lmagan sintetik materiallarni yo‘l o‘qiga perpendikulyar yotqizib amalga oshiriladi.
Yo’l poyining mustahkamligini oshirishning samarali usullaridan biri uni qurishda mustahkamroq materialni qo‘llashdir. Gruntning mustahkamligini oshirishda faolligi kam bo’lgan turli qovushqoq materiallar (kul, maydalangan shlak, boksitli shlam va bosh.) dan foydalaniladi. Bo‘sh gruntlarning mustahkamligini boshqa grunt qo‘shib va donadorligi bo‘yicha muqobil aralashma tayyorlab ham oshirish mumkin. Gruntga biroz sement yoki ohak qo‘shilsa, uning suvga qarshiligi bir necha marotaba oshadi. Gruntni mustahkamligini oshirish uchun namligi va zichlashish darajasini o‘zgartirish ham mumkin. Yo‘l poyining mustahkamligi, ishlash sharoitiga ko’ra mos tuzilmasini tanlash, mustahkam bo‘lgan gruntlarni qo‘llash, uni namlanishdan yoki muzlashdan himoya qilish bilan ta'minlanadi. Uning mustahkamligi ko‘p hollarda texnologik ko‘rsatkichlarga, ulardan asosiysigruntlarning kerakli zichlash darajasini ta'minlashga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, gruntlarning zichligi qancha yuqori bo‘lsa, mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi (mos ravishda ma'lum namlikda). Yo‘l poyining mustahkamligi boshqa omillarga, xususan, har xil gruntlarning joylashishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Mustahkamligi ko‘proq gruntlarni uni yuqori qismiga joylashtirish kerak. Yo‘l poyida gruntlar fizik holatiga qarab bir hil hajmiy og‘irlikda bo‘lishi lozim. Bu, asosan, gruntlarning zichligi va namligi bo‘yicha bir xilligi bilan belgilanadi. Yo‘l poyining bir xilligini oshirish ularning ishonchliligini oshirishga olib keladi

Download 10,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 10,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo’l poyini qurish to’g’risida ma’lumotlar

Download 10,97 Mb.