|
Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish
|
bet | 6/12 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #258589 |
Bog'liq amaliyoti hisobotiAsfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish.
Qattiq boʼlmagan turdagi yoʼl toʼshamalari konstruktsiyalarini tanlashda quyidagi fikrlarga tayaniladi:
Qatlamlar sonini kamaytirishda bitum qoʼllanilgan materiallarning ikkita qatlami bilan chegaralanish maqsadga muvofiq.
Аsfaltobetonning katta qalinlikdagi yuqori qatlamini sheben, shagʼal va bitum, degt yoki emulsiya bilan ishlov berilgan yoki bogʼlovchilar bilan ishlov berilmagan boshqa mineral materiallardan boʼlgan qatlamlarga yotqizish mumkin.
Аsfaltobeton qoplamali yoʼl toʼshamalari konstruktsiyalari:
1- qoplamaning yuqori qatlami zich asfalьtobetondan; 2 - qoplamaning pastki qatlami gʼalvirsimon asfalьtobetondan; 3-asosning yuqori qatlami yuqori gʼalvirsimon asfalьtobetondan; 4 - asosning pastki qatlami (yoki bir qatlamli asos) sheben yoki shagʼaldan; 5 - qumdan qilingan asosning (suv oʼtkazuvchi) qoʼshimcha qatlami; 6 - yuzaga ishlov berishdagi yemirilish qatlami; 7
- beton, zoʼriqqan beton va sement bilan mahkamlangan gruntdan qilingan asos.
Oxirgi yillarda asoslarda zoʼriqqan beton qoʼllanilmoqda. Qoplamalarni yorilishga va issiqlikka chidamliligini oshirishga imkon beruvchi suv-issiqlik rejimini yaxshilash maqsadida asoslarni stirporbetondan, yaʼni stirporali toʼldiruvchili, kichik massaga va past issiqlik oʼtkazuvchanlikka ega boʼlgan betondan qurish maqsadga muvofiq..
Аsfalьtobetonlar va ularning aralashmalari uchun qabul qilingan tasniflar boʼyicha ularni fizik xolati va ishlov berishga qulayligiga koʼra zichlanadigan va quyiladiganga ajratiladi.
Zichlanadigani yuqori qatlami 1% dan kam boʼlmagan xajmda qoldiq gʼovakli asfalьtobetonlarni xosil qilish bilan xarakterlanadi, bunda har xil turdagi katoklar bilan ularni zichlash talab etiladi.
Quyilgan aralashmalardan katta miqdordagi bitum va yuqori isitish xarorati tufayli zich, gʼovaksiz asfaltobetonlar olinadi. Bu aralashmalar yengil tarqaladi va yotqizuvchining bruslari yordamida tekislanib, oxirgi zichlik olinadi, bu xsusiyat katoklarni qoʼllashdan voz kechish imkonini beradi.
Mineral materiallar donalarining eng katta oʼlchamiga bogʼliq ravishda qaynoq aralashmalar yirik donaliga – 40mm gacha boʼlgan oʼlchamdagi donalar, mayda donaliga – donalar oʼlchami 20 mm gacha boʼlgan va qumli – 5 mm gacha boʼlgan oʼlchamli donaliga ajratiladi.
Sovuq aralashmalar mayda donali va qumliga ajratiladi.
Аralashmalar zichligi boʼyicha quyidagilarga ajratiladi: zich — issiq qoldiq gʼovakli 2—7 %, gʼovakli — 7—12 % i yuqori gʼovakli — 12-18%.
Gʼovakli va yuqori gʼovakli aralashmalar qoplamalarning pastki qatlamida va asosning yuqori qatlamida, zichlari – qoplamalarning yuqori qatlamida qoʼllaniladi.
Sheben va shagʼalli aralashmalar ulardagi sheben va qumli aralashmalarning miqdoriga bogʼliq ravishda qum turiga bogʼliq xolda quyidagi turlarga boʼlinadi: А — koʼp shebenli; B — shebenli; V — kam shebenli; G — maydalangan qumli; D — tabiiy qumli qum.
А turdagi issiq va iliq aralashmalar sifat koʼrsatkichlariga bogʼliq ravishda ikki markaga (I i II), B, V va G turdagi — uchta •marki (1, II va III), D turi — ikki markaga (II va III)ajratiladi.
B va V sovuq aralashmalar ikki markaga ajratiladi: (I va II), G turdagisi I- marka, D turdagisi — faqat II marka boʼladi.
Gʼovakli va yuqori gʼovakli asfalьtobetonlar uchun issiq va iliq aralashmalar ikki markaga ajratiladi (I va II).
Аsfalьtobeton markalari nafaqat xususiyatlar koʼrsatkichlari boʼyicha balki mineral materiallarning tashkil etuvchilarining sifati boʼyicha ajratiladi: I markali aralashmalarda eng chidamli sheben va yuqori sifatli mineral kukun qoʼllaniladi; II i
III markali aralashmalarda materiallar tashkil etuvchilari sifatiga qoʼyilgan talab pasayadi.
Аralashmalar va asfalьtobetonlarning sifat koʼrsatkichlariga boʼlgan talablar 3.5 jadvalda keltirilgan.
Qoplamalarning yuqori qatlamini qurishda asfaltobetonlarni qoʼllash soxasi 3.6 jadvalda koʼrsatilgan.
Qoplamaning yuqori qatlamini shakllantirish, yaʼni asfalьtobetonni meʼriy xususiyatlarga erishishi aralashmalarda bitumning yopishqoqligi qancha koʼproq boʼlsa shuncha tezroq sodir boʼladi.
Issiq aralashmalardan qoplamalarni shakllantirish asosan zichlangan asfalьtobeton qatlamini sovushidan keyin tugaydi.Issiq aralashmalardan boʼlgan asfalьtobetonni, barcha yoʼl-iqlim zonalarida, barcha toifali yoʼllarda qoʼllash mumkin, sababi u eng mustahkam va uzoq muddat xizmat qilishga yaroqli hisoblanadi.
Iliq aralashmalardan shakllangan qoplamalar tezligi bir necha soatdan 15 sutkagacha tebranadi. Kamyopishqoq bitumli iliq aralashmalardan boʼlgan qoplamalarni harakat uchun zichlangandan keyin tez ochish mumkin. Suyuq bitumli iliq asfalьtobeton 1-2 xafta davomida transport vositalari harakati bilan zichlashni talab etadi, bunda ularni boshqarish kerak boʼladi. Iliq aralashmadan boʼlgan asfalьtobeton kam chidamli va undan qilingan qoplama issiq aralashmadan qilingan qoplamalarga qaraganda kam xizmat qiladi.
Sovuq aralashmalardan qilingan qoplamalarni shakllantirish sekin (20-40 sut) oʼtadi va ular bitumning markasiga, xavo sharoitiga, avtomobillarning yuk koʼtarish qobiliyati va harakatlanish intensivligiga bogʼliq boʼladi. Sovuq asfalьtobeton aralashmalardan qilingan qoplamalar kam chidamlilikka ega va kam xizmat qiladi, ammo issiq va iliq aralashmalardan qilingan qoplamalarga qaraganda koʼproq yoriqqa chidamli boʼladi. Sovuq asfalьtobetondan qilingan qoplamalar yengil turdagi qoplamalar hammasi o’z ornida joylashtrilishi kerak va turiga kiritiladi.
Issiq asfaltobeton qorishmasini yoʼlga yotqizish texnologik jarayonida lavxalar.
Issiq asfaltobeton aralashmalaridan qoplamalar, temperatura 5 aS dan past boʼlmagan xavoda va asos qotmagan, quruq boʼlganda, iliq xavoda qurila boshlanadi. Kuzda, xavo temperaturasi 10 °G ga pasayganda issiq aralashmalardan qilingan qoplamalarni qurish tugatiladi, iliq — 5 °S gacha. Juda past temperaturada aralashmalarni yotqizishda maxsus choralar koʼriladi. Bu chegaralanish asfalьtobeton aralashmalar tez sovumasligi uchun zarur, chunki qoplamalar zichlanmasdan qolib ketishi mumkin. Yotqizish zvenosiga har bitta asfalьt yotqizuvchiga uchtadan kam boʼlmagan katok xisobga olinadi.
а) b)
Xozirgi zamon asfalьtobeton qorishmasini yoʼlga yotqizuvchi mashinalar:
a) rezina gʼildirakli; b) gusenitsali.
Bitum markasiga bogʼliq ravishda yotqizishda aralashma uchun ruxsat berilgan eng kichik temperaturasi quyidagi jadvalda koʼrsatilganiga mos kelishi kerak. Sifatli yotqizish uchun keltirilgan aralashma kerakli temperaturada boʼlishi zarur.
Yotqizishda boʼylama choklarni xosil qilmaslik uchun bir vaqtning oʼzida ikkita va uchta yotqizuvchibilan ishlanadi. Yotqizilgan qatlam yuzasi yotqizuvchi yushishidan keyin tekis, bir jinsli, uzilishsiz va gʼovaksiz boʼlishi kerak. Tor polosalarda buralgan joylarda aralashma, asosiy yotqizuvchi bilan bir vaqtning oʼzida qoʼshimcha kichik yotqizuvchi bilan yotqiziladi, bu qoplamani butun eni boʼylab aralashmani birdaniga zichlashga hamda ekspluatatsiya jarayonida boʼlishi mumkin boʼlgan qoʼshimcha yoriqlar va boʼylama spaykalarni xosil boʼlishidan saqlanishga imkon beradi.
SEMENTBETON QOPLАMАLАRINI QURISH TEXNOLOGIYASI.
Sementbeton qoplamalarini qurish texnologisi jarayonini ishlash ketma ketligi.
Havo xaroratining mavsumiy va sutkalik oʼzgarishlarida hosil boʼladigan zoʼriqishni kamaytirish uchun sementbeton qoplamalarida haroratdan kengayish, torayish va ishchi choklari joylashtiriladi.
Kengayish choklari sementbeton qoplamalari plitasining yoʼl qoplamasi qurilgan sharoitdagi haroratdan yuqori boʼlgan haroratda uzayish imkoniyatini taʼminlaydi.
а) b)
Kengayishning a) ko’ndalang va b) bo’ylama choklari tipik konstruksiyasi. Beton qoplama plitasining uzunligi betonning temperaturadan kengayish koeffitsientiga proportsional koʼpayadi va ushbu qoplamani yotqizish vaqtidagi temperaturalar farqiga bogʼliq. Kengayish choklarida qoplama butun eni boʼyicha kesiladi va butun qalinlik boʼylab yogʼoch, rezina va boshqa materiallardan prokladkalar oʼrnatiladi.
Kengayish chokining yuqori qismi suv oʼtkazmaydigan materiallar (mastika, germetika va x.k) bilan toʼldiriladi.
Siqilish choklari qoplamalarni qurish paytidagi xaroratdan past xavo temperaturasida xosil boʼladigan sementbeton plitalarning qisqarishiga yoʼl qoʼyadi. Plita uzunligining qisqarishi paytida qoplama va asos orasida xosil boʼladigan ishqalanish kuchi sementbeton qoplamasida tortuvchi zoʼriqishni yuzaga keltiradi.
Siqilish choklaridagi qoziqlarning joylashish chizmasi:
Bog‘lovchilar bilan mahkamlangan mineral materiallar yoki gruntdan qilingan asoslardagi siqilish choklari; 2- kengayish choki; 3 - qoziqlar; 4 - bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan materiallar (q um, sheben, shlak, graviy-qum aralashmasi) dan qilingan asoslardagi siqilish choklari.
Siqilish choklari ushbu zo‘riqishni kamaytirish imkonini beradi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita siqilish choklari orasidagi ko‘ndalang tirqishlarni xosil qilish extimoll igini kamaytiradi. Qoplamalar siqilish choklarida butun eni bo‘ylab qalinligining 4.1 qismi dan kam bo‘lmagan chuqurlikda kesib chiqiladi; bu kesik joydan pastda keyin chalik yoriq xosil bo‘ladi. Siqilish chokining yuqori qismi suv o‘tkazmaydigan mate -riallar bilan to‘ldiriladi.
|
| |