|
Yo’l to’shamalari asosini qurish
|
bet | 4/12 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #258589 |
Bog'liq amaliyoti hisobotiYo’l to’shamalari asosini qurish.
Organik va noorganik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan va berilmagan gruntlardan asos qatlamlarini qurish.
Gruntlarni va sanoat chiqindilarini bog‘lovchilar bilan aralashtirish ishlari quydagicha bajariladi:
yo‘lda, maxsus maydonlarda va konlarda yo‘l frezasi va grunt aralashtirgich mashinalar yordamida;
aralashtirgich uskunalarda majburiy tarzda aralashtirish bilan.
Katta bo‘lakli gruntlar va sanoat chiqindilarni yoki ularning qorishmasini (kamida 20-30% hajmda) mayda qumlar va bog‘lovchi materiallar bilan aralashtirishni erkin harakatlanuvchi uskunalarda bajariladi.
Mustahkamlangan grunt yo‘l to‘shamaga ishlatilganda, ularning bir yoki bir necha qatlam bo‘lishi asos yoki qoplamaning qalinligiga, shuningdek qo‘llanilayotgan mashinaga bog‘liq bo‘ladi. Bu sharoitda asosning yoki qoplamaning yuqori qatlamiga ishlatilayotgan qorishma, odatda, qorishtiruvchi uskunalarda tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Yiriktoshli gruntlar bog‘lovchi materiallar bilan qorishma tayyorlovchi uskunalarda aralishtirilganda, gruntlar tarkibida 40 mm dan katta zarralar bo‘lmasligi shart (40 mm dan katta zarralar ishlov berishdan oldin saralab olinadi), katta bo‘lakli gruntlarda 25 mm dan katta bo‘lgan zarralarning bo‘lmasligi, unda 225 mm gacha bo‘lgan zarralarning miqdori grunt umumiy massasining 70 % ko‘p bo‘lmasligi kerak. Yirik toshli gruntlarning tarkibiga kirgan 0,5 mm dan kichik bo‘lgan mayda zarrali gruntlarning plastiklik (cho‘ziluvchanlik) soni 12 dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Katta bo‘lakli gruntlarni bog‘lovchilar bilan yo‘lda aralashtirilganda, gruntlarning katta zarrasi 25 mm dan oshmasligi kerak. Loysimon gruntlar plastiklik (cho‘ziluvchanlik) soni 12 dan ko‘p bo‘lganda, bog‘lovchi materiallar bilan aralashtirishdan oldin frezalar yoki gruntaralashtirgich mashinalarda maydalab olinadi.
Maydalangandan so‘ng gruntda 5 mm dan katta bo‘lgan zarralar massaning 25% dan, shuningdek 10 mm dan katta bo‘lgan zarralar esa massaning 10 % dan oshmasligi kerak.
Og‘ir suglinok va loysimon gruntlarni, namlik oquvchanlik chegarasida, ochiq va quruq havo harorati 200S da 0,3 ni tashqil qilsa, maydalash jarayonida gruntga yuzani faollashtiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi: sulfit-drojja brajkasi;
OP-7 yoki OP-10 suyultirgichlar, gidrofobiatsiya qiluvchi suyuqlik GJ-13641, neytrallashtirilgan gudron GVD. Ularning miqdori 8-jadvalga asosan qabul qilinadi.
Eruvcha qo‘shimchalar eritma shaklida, erimaydiganlari emulsiya holida kiritiladi.
Gruntning bog‘lovchi bilan qorishmaning yotqizish va zichlashni namligi optimalga yaqin bo‘lganda, 6.15. band talabiga muvofiq bajariladi.
Mustahkamlangan materialning zichligi kamida 0,98 dan kam emas, kattaligi
O‘zRST 786 bo‘yicha. Agar bog‘lovchi material sifatida sementni organik bog‘lovchi bilan birga, yoki faqat organik bog‘lovchilar ishlatilsa, unda suvning hajmini qorishmaning optimal namlik talabiga muvofiq, organik bog‘lovchi hajmi, yoki emulsiyadagi suv kamaytiriladi, mobodo organik bog‘lovchi emulgatorlangan bo‘lsa. Agar ohak yoki aktiv uchgan kullar bilan mustahkamlansa, opti-maldagidan tashqari qo‘shimcha (2-4%) suv qo‘shiladi.
Bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan grunt qatlamlarini zichligini talab darajasiga yetqazish uchun, grunt yotqizuvchi mashinaning vibrobrusi bilan va o‘ziyurar titrovchi yoki bosimli shinalik katoklar bilan bajariladi.
Noorganik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlangan asos va qoplamalarni qurishni, havoning harorati 50 S dan kam bo‘lmaganda bajarish tavsiya etiladi.
Gruntlar noorganik bog‘lovchilar bilan mustahkamlansa, qorishmaga solinayotgan tuzlik va ishqorlik suyuqlikdagi suvning hajmini hisobga olish zarur. Yirik bo‘lakli, qumlik, gillik gruntlar sement bilan bitum emulsiyasi, suyuq bitum, neftdan gudron yoki xom neft ishlatilsa, unda qorishmalarga avval organik bog‘lovchilar qo‘shilib grunt bilan bajariladi, so‘ngra ketma-ket qorishmaga sement va suv quyiladi. Gruntlarni, sementga tutilgan kul, kul-kuyundi yoki boshqa bog‘lanmagan sochiladigan materiallar bilan qo‘shilib mustahkamlanganda, qo‘shimchalarni grunt yuzasiga yoyib tarqatiladi, u bilan aralashtiriladi, qorishma tekislanadi, so‘ngra ketma-ket suv va sement kiritiladi. Gruntni sementga maydalangan, o‘chirilmagan ohak bilan mustahkamlansa, gruntni sementni, oxak va suv qurilgandan bir sutkadan so‘ng aralashtiriladi. Gil gruntlarni noorganik bog‘lovchi materiallar bilan mustahkamlanganda, asosan, grunt bilan bog‘lovchilarni yo‘l ustida aralashti-rishni tavsiya qilinadi. Mustahkamlash uchun tayyorlab qo‘yilgan gruntlar ustidan transport harakati ruhsat etilmaydi.
Gruntlarni oxak bilan birga tutilgan yoki kul kuyundilari qo‘shilgan holda mustahkamlansa, gruntga avva qo‘shimchalar kiritilib ular bir xil ko‘rinishga kelgunicha aralashtiriladi, so‘ng ohak kiritilib, grunt optimal holatga kelguncha namlanadi, so‘ngra birsutkadan so‘ng tekislanib zichlanadi.
Gruntning organik moddalar bilan qorishmasi namligi zichlashdan oldin optimal holatda bo‘lishi kerak, lekin ishlab chiqarish paytida havo sharoitiga qarab quyidagilarcha ruhsat eiladi:
optimal 2-3% ko‘p quruq yog‘ingarchiliqsiz havoda harorati +200 S dan yuqori bo‘lsa;
optimal 1-2% kam yog‘ingarchiliq sharoitda, havoning harorati +100 S dan past bo‘lsa.
Havoning harorati 200 S dan oshganda qorishmalarning qotishini sekinlashtirish va zichlash uchun optimal sharoit tug‘dirish niyatida, qorishma SDB qo‘shimcha (suvlik eritma), yoki GJ-136-41 (emulsiya shaklida) sement massasining
0.5%, yoki bitum emulsiyasi holatda organik bog‘lovchilar, suyuq bitum, neftdan gudron yoki hom neft grunt massasining 1-3% hisobidan qorishmalarga kiritiladi. Gruntni sement bilan qorishmasining yuqori zichlikni yetqazish suv tuzli eritma qo‘shigandan so‘ng ko‘pi bilan 3 soat; agar havoning harorati past bo‘lsa (+100 S dan past) ko‘pi bilan 5 soat ichida tugallanishi kerak.
Sement va yuzani faollashtiruvchi moddalar (Sdb, GJ 136-41, neytrallashtirilgan gudron va boshqalar) bilan birgalikda yoki bitum emul-siyalari, suyuq bitum, gudron yoki xom neft bilan mustahkamlangan gruntlarni zichlashni suv qo‘shilgandan so‘ng 8 soat o‘tmasdan bajariladi.
Gruntlarni oxak yoki tutilgan faol kullar bog‘lovchi sifatida qabul qilib mustahkamlansa, zichlashni qorishmaga suv sepilgandan so‘ng 14-18 soat vaqt o‘tguncha tugallash lozim.
. Noorganik bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan yangi aralashtirilgan gruntlarni qatlamlarini parvarishini, sathiga 50% lik tez ajraluvchi yoki o‘rta ajralgan bitum ishlatilgan emulsiyalar, yoki boshqa organik bog‘lovchilarni 1 m 2 ga 0,5-0,8 litr sepish bilan amalga oshiriladi.
Yangi yotqizilgan mustahkamlangan grunt qatlamlarini parvarishlashni yoki neytrallangan gudron (GND) 1 m2 ga 0,5-0,6 litr hisobida sepish, yoki qalinligi 5 cm dan kam bo‘lmagan qum qatlamini namligi saqlangan holda bajarish mumkin.
Mustahkamlagan asos va qoplami uchun foydalanilgan materiallar chidamligi I turkum talablariga javob berib qalinligi 15 cm dan kam bo‘lmasa, shu qatorda qatorda qo‘llanilgan materiallar mustahkamligi II turkum talablariga javob berib qalinligi 20 cm dan kam bo‘lmagan holda qurilishdagi transport vositalarini harakatini 5 kundan so‘ng ruhsat etiladi. Qalinligi ko‘rsatilgandan kam bo‘lib, ishlatilgan mustahkamlangan materiallar chidamliligi III turkum talablarigi javob bersa, qurilishdagi transport harakatlarini qatlam qurilgan 7 sutka o‘tgandan so‘ng ruhsat etiladi.
Qurilish transportlarni harakatini va ustiga yotqizuvchi qatlamni mustahkamlangan gruntning qatlami bitishining ertasi kuni ruhsat etiladi. Agar gruntlar noorganik bog‘lovchilar bilan bog‘langan gruntlarga ishlov berilganda, shu qatorda gruntlarni mustahkamlashda sement yoki karbomidoformaldegid smolasi qo‘shimchalar bilan yuzani faollashtiruvchi modda ko‘rinishida, bitum emulsiya, suyuq bitum, gudronlar, xom neft yoki sekin qotuvchi bog‘lovchilar bilan sement, yoki sementsiz qatlam qurilganining birinchi 2 sutkasida ruhsat etiladi.
Bog‘lovchi bilan ishlov berilgan grunt bir tekislikda hamda qalinlikda ko‘ndalang nishabligini ta’minlagan holda yoyilishi kerak. Sement, ohak yoki boshqa noorganik bog‘lovchilar bilan mustahkamlangan o‘ta namlangan gruntlarda, ishlov berilayotgan gruntlarning namligi 9-jadvaldagi talab etilgan ko‘rsatkichlaridan oshmasligi lozim.
O‘ta namlangan gruntlarni (qum, supes) g‘ov va uyum qilib ularni ko‘p marta surib quritiladi (oftobli kunda), ular bilan ishlab (o‘chirilmagan kukunsimon, maydalangan zarralik va kulsimon holatda) yoki tutilgan aktiv kullar bilan quritiladi.
Tarkibini tanlashda, gruntlarning texnik va texnologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, mustahkamlash, buning uchun: suyuq bitumlar bilan tutilgan kul, kulkuyundilar qorishmasini ohak qo‘shib yoki qo‘shmasdan, maydalangan oxaktosh, kukunlashtirilgan ohak aralashtirib ishlatish:
|
| |