• FK - fanga oid kompetensiyalar
  • TK - tayanch kompetensiyalar




    Download 4.78 Mb.
    bet7/12
    Sana23.10.2023
    Hajmi4.78 Mb.
    #90108
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    4 sinf Ish reja 2023 2024 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli
    Dars tahlili, tex model,karta101, Mavzu, Fizika fani test, 14-Mavzu Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari Ta’lim be, Doc1, ABN 4-mus ish, ТУШУМ А.А, Matematika fanini o’qitishning zamonaviy texnologiyalari va meto-fayllar.org, Mavzu Metallilik nazariyasi Bajardi bbi -71 guruh talabasi-fayllar.org, Amaliy informatika, Grafik muharirlari haqida tushuncha paint grafik muharriri, “TABIIY FANLAR”FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI, Egamberdiyev Mansurbek Mamayusuf o’g’li
    TK - tayanch kompetensiyalar

    1. TK1 - kommunikativ kompetensiya

    2. TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

    3. TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

    4. TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

    5. TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya

    6. TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

    FK - fanga oid kompetensiyalar

    1. FK1 - adabiy-nutqiy kompetensiya

    2. FK2 - badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi



    MATEMATIKA fanidan o‘quv
    DASTURi
    (4 SINF)
    UQTIRISH XATI

    Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.


    Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.
    Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
    o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
    jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
    milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
    Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
    o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
    inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
    o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
    fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
    Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.
    Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan.
    Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:

    Download 4.78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 4.78 Mb.