• Suv ta’minoti tizimi.
  • Yog‘ochning texnologik xossalari




    Download 1.06 Mb.
    bet63/67
    Sana13.10.2022
    Hajmi1.06 Mb.
    #27141
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
    Bog'liq
    Yog‘ochning texnologik xossalari
    Документ Microsoft Word, Ekonometrika Kaf 01.Ekonometrika asoslari 20ta, B toifa tuzil to\'plam mallayev
    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism:

    a)Salomlashish b)Davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko‘rish

    1. Uyga vazifaniso‘rash:

    a)Savol - javob o‘tkazish b)Topshiriqlarni tekshirish c) o‘quvchilami baholash

    1. Yangi mavzu bayoni:

    Suv ta’minoti tizimi. Suv iste’moli tartibi, binolaming turlari, shuningdek texnologik va yong‘in xavfsizligi talablaridan kelib chiqqan holda suv tarmoqlari: boshi berk; aylanali, kombinatsiyalashgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Boshi berk suv tarmoqlari asosan ta’minotda tarmoq yoki uning bir qismi ishdan chiqishi natijasida to‘xtalishlar bo‘lib turadigan joylarda quriladi. Bular turar joy, ma’mtiriy va ishlab chiqarish binolari bo‘lishi mumkin (59-rasm).
    Aylanali suv tarmoqlari asosan ko‘p qavatli uylarning uzluksiz ta’minotini amalga oshirish zaruratini e’tiborga olib quriladi. Aylanali tarmoqlar tashqi suv quvuri bilan bir nechta ulanishga ega bo‘lib, ulardan biri uzilganda ham binoning suv bilan ta’minlashini to‘xtab qolmaydi.
    Kombinatsiyalashgan suv tarmoqlari boshi berk va aylanali quvurlardan tarkib topgan bo‘lib, suvga ulanadigan qurilmalar bir-biridan katta oraliqda joylashgan yirk binolardla qoTlaniladi.





    59-rasm. Turar joy binosining suv ta’minoti sxemasi Tabiiy gaz iqtisodiy jihatdan eng qulay energiya manbalaridan biri hisoblanib, respublikamizda aholi turar joylarini bu kabi arzon va samarali yoqilg‘i bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga biz gazdan foydalanishda xavsizlik choralariga qat’iy rioya qilmog‘imiz lozim.
    Xonadonning gaz ta’minoti tarmog‘i gaz eltuvchi quvur, taqsimlovchi gaz quvuri, gaz
    oqimini boshqaruvchi uskunalar, gaz sarfi hisoblagichi hamda gazdan foydalanish qurilmalari kiradi. Gaz tarmoqlarini o‘tkazishda quyidagilarga qat’iy amal qilinadi: quvur po‘lat trubalarni payvandlash asosida qurilib, zarur uskunalar bilan rezbali birikmalar orqali ulanadi; barcha gaz quvurlari suvga chidamli moybo‘yoq bilan bo‘yaladi; gaz quvurlari asosan oshxona, yo‘lak va boshqa turar joy sifatida foylanalmaydigan xonalardan o‘tkaziladi; quvur hojatxona yoki vaima orqali, shuningdek eshik yoki oyna romlari orqali o‘tkazilishi taqiqlangan.
    Elektr ta’minoti xonadonimiz yoritilishini, isitilishini, maishiy texnikalarni ishlashini va boshqa qulayliklarni ta’minlashga xizmat qiladi. Xonadonning elektr ta’minoti mas’uliyatli ish bo‘lib, maxsus tayyorlangan mutaxassis tomonidan bajariladigan, yuqori darajada kasbiy malaka va mahorat talab qiluvchi mehnat hisoblanadi. Chunki, elektr tarmog‘idagi atiga bitta ishonchsiz ulanish kechinchalik yong‘in keltirib chiqarishga, noto‘g‘ri ulangan o‘tkazgich esa uyda yashovchilarnig jarohatlanishiga yoki qimmatbaho uskunalaming ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Elektr bilan bogiiq barcha operatsiyalar, hatto yoritish lampasini almashtirish ham katta ehtiyotkorlik bilan bajarilishi lozim. Xonadonga elektr tarmog‘i o‘tkazish yoki uni ta’mirlashda esa xavsizlik va ishonchlilik borasidagi eng zamonaviy talablarga rioya qilish va sifatli jihozlardan foydalanish lozim.
    Xonadon elektr ta’minotining namunaviy sxemasi o‘zida kirish fideridagi avtomatik viklyuchatel, elektr energiyasi hisoblagichi, himoyalovchi o‘chirish qurilmasi, xonalardagi rozetka va viklyuchatellardan tarkib topadi (60-rasm).



    Download 1.06 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




    Download 1.06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yog‘ochning texnologik xossalari

    Download 1.06 Mb.