|
Yo‘l belgi chiziqlarining guruhlari. Ularni ko‘cha-yo‘l sharoitida qo‘llanilishi
|
bet | 4/6 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #101880 |
Bog'liq №4 YO’L BELGI CHIZIQLARINING GURUHLARI, ULARNI KO’CHA-YO’L SHAROITIDA QO’LLANILISHI1.14. Yo’l belgi chizig’i piyodalar o’tish joyini belgilaydi. Ularning eni piyodalarning 1 soatda o’tishiga bog’liq bo’lib, agarda 1 soatda 500 piyoda o’tsa, unda piyodalar yo’lagining eni 1 m olinishi kerak, lekin yo’lakning eni 4 m dan kam bo’lmasligi lozim. 1.14.1 va 1.14.2 yo’l chiziqlari tartibga solinmagan piyodalarning o’tish joyini belgilaydi. Agarda piyodalar o`tish joyining eni 6 m dan kam bo’lsa, 1.14.1, 6 m va undan ko’p bo’lsa 1.14.2 belgi chizig’i ishlatilishi tavsiya etiladi. Belgi chiziqlarini yo’l o’qiga parallel chizish kerak. - 1.15. Yo`l belgi chizig`i yo`lning qatnov
- qismini velosiped yo`lkasi kesib o`tgan joyda chiziladi .
- 1.16.1-1.16.3 yo’l belgi chiziqlari yo’naltiruvchi xavfsizlik orolchalarini belgilaydi. Bu chiziqlarning eni
- 0,1 m, ko’ndalang chiziqlarniki esa 0,4 m olinadi.
- 1.17. Yo’l belgi chizig’i belgilangan yo`nalishli transport vositalarinind to`xtash va taksilarning to’xtab turish joylarini belgilaydi (rangi sariq). Bu chiziqlarning uzunligi 20-30 m, eni 2,0 m belgilanadi.
- 1.18. Yo’l belgi chizig’i chorrahalarda harakat polosalari bo’yicha yo’naltirishda ishlatilib to’g’riga, to’g’riga va chapga, chapga, to’g’riga va o’ngga, o’ngga strelkalar bilan chiziladi. Ularni 20-30 m masofada ikki yoki uch marotaba chorrahaga yaqinlashib kelayotgan joyda takrorlash kerak.
- 1.19. Yo’l belgi chizig’i qatnov qismining tor joyiga yoki ro’paradan kelayotgan transport vositalarining oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig’iga yaqinlashayotgan yo’l uchastkalarida belgilanadi. Ularni harakat yo’nalishi bo’yicha bir - biridan 45, 30, 15 m ketma-ketlikda harakat polosasining o’rtasida yo’l o’qiga parallel ravishda joylashtirish lozim.
- 1.20. Yo’l belgi chizig’i 1.13 yo’l chizig’iga 2-10 m yaqinlashish oldidan chiziladi.
- 1.21. Yo’l belgi chizig’i 2.5 belgisi o’rnatilgan va 1.12 yo’l belgi chizig’i chizilgan joyga 2-10 m qolganda chiziladi.
- 1.22. Yo’l belgi chizig’i yo’l (marshrut) raqamini belgilashda ishlatiladi. Agarda son oldidan «E» harfi qo’yilsa, u xalqaro ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatiladi.
- 1.23. Yo’l belgi chizig’i yo’lning faqat jamoat transportlari foydalanishi uchun belgilangan harakat polosasida chiziladi. Bu belgilarni chorrahadan 50 m masofadan uzoqda joylashgan jamoat transportlari to’xtash joyidan keyin qayta belgilash kerak. To’g’ri uchastkalarda 1.23 belgi chizig’ini har 200 metr masofadan keyin qayta belgilab turish lozim.
|
| |