|
g) quvib o`tish ta`qiqlangan yo`l bo`laklarida
|
bet | 2/6 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #101880 |
Bog'liq №4 YO’L BELGI CHIZIQLARINING GURUHLARI, ULARNI KO’CHA-YO’L SHAROITIDA QO’LLANILISHIg) quvib o`tish ta`qiqlangan yo`l bo`laklarida. Yo`l belgi chizig`ini yo`lning qatnov qismi chetidan 0,2 m masofada tushiriladi. - 1.2. Yo`l belgi chizig`i avtomagistral yo`llarda qatnov qismi chegarasini ajratadi. U qatnov qismining chetidan 0,2 m masofada tushiriladi.
- 1.3. Yo`l belgi chizig`i ikki tomonga 4 ta va undan ko`p bo`lgan harakat bo`lakli yo`llarda o`q bo`yicha tushirilib, transport vositalari oqimini qarama-qarshi yo`nalishlarga bo`ladi. 0,1 m 0,1 m 0,1 m.
- 1.4. Yo`l belgi chizig`i (rangi sariq) transport vositalarini to`xtashi man etilgan joylarda yo`lning qatnov qismining chetidan 0,1 m masofada yoki yo`l to`sig` ( bardyur)ining ustiga tushiriladi.
- 1.5. Yo`l belgi chizig`i:
- a) ikki va uch harakat bo`lakli yo`llarda transport vositalarining qarama-qarshi harakat yo`nalishini ajratishda;
- b) bir tomonga ikki va undan ko`p harakat bo`lagi bo`lgan yo`llarda, shu harakat bo`laklarini chegaralashda ishlatiladi. 1.5 yo`l belgi chizig`i quvib o`tishni yoki sekin harakatlanayotgan transport vositasini aylanib o`tib ilgarilab ketishini man etmaydi.
- 1.6. Yo`l belgi chizig`i 1.1. yoki 1.11 chiziqlariga yaqinlashib kelayotganda kami bilan 50 m masofada tushiriladi.
- 1.7. Yo`l belgi chizig`i chorraha ichidagi harakat bo`laklarining chegaralarini belgilaydi.
- 1.8. Yo`l belgi chizig`i tezlanish yoki sekinlashish bo`lagi bilan yo`lning qatnov qismidagi asosiy bo`lak o`rtasidagi chegarani belgilaydi. Belgi chizig`ining enini avtomobil yo`llarida 0,2 m, avtomagistrallarda esa 0,4 m olinadi.
- 1.9. Yo`l belgi chizig`i reversiv (o`zgarib) tartibga solish amalga oshirilgan yo`llarda shu reversiv harakat bo`lagining chegrasini belgilaydi va qarqma-qarshi yo’nalishdagi transport oqimini ajratadi (reversiv svetafori o’chirilgan holatda). Belgi chiziq o`lchamlari tezlikka bog`liq holda qo`llaniladi.
|
| |