|
Yo‘l belgi chiziqlarining guruhlari. Ularni ko‘cha-yo‘l sharoitida qo‘llanilishi
|
bet | 3/6 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 3,08 Mb. | | #101880 |
Bog'liq №4 YO’L BELGI CHIZIQLARINING GURUHLARI, ULARNI KO’CHA-YO’L SHAROITIDA QO’LLANILISHI1.10 Yo’l belgi chizig’ining Rangi sariq bo’lib, ular transport vositalari to’xtab turishi ta`qiqlangan joylarni belgilash uchun yo’l qatnov qismining chetidan 2,1 m masofada yoki qatnov qismining chetida o’rnatilgan yon to’siq ( bardyur)ning ustiga chiziladi. 1.11 Yo’l belgi chizig’i Bu yo’nalishi bo’ylab yoki qarama-qarshi transport oqimlarini ajratishda, egri bo`laklarida ko’rinish yomon bo’lgan hollarda, bir tomondan quvib o’tish ruxsat berilib, ikkinchi yo’nalish tomonidan ruxsat berilmagan yo’l bo`laklarida chiziladi. Belgi chiziqlarining bo`lakdagi tezlikka nisbatan o’lchamlari quyidagicha olinadi. - 1.12. Yo`l belgi chizig`i.
- Bu chizig`i (to`xtash chizig`i) 2.5 yo`l belgisi o`rnatilgan joylarda harakat svetoforlar yordamida boshqariladigan chorrahalarda, temir yo`ldan o`tishlar oldida chiziladi. 1.12 belgi chizig`i bilan kesishayotgan yo`l qatnov qismining chegarasigacha yoki piyodalar o`tish joyigacha bo`lgan masofa 3 m dan oshmasligi kerak, agarda svetofor yon tomondan o`rnatilgan bo`lsa. Agarda svetofor yo`lning qatnov qismi tepasiga o`rnatilgan bo`lsa, 10 m dan ko`p bo`lmasligi kerak. Temir yo`ldan o`tishlarida svetoforli shlagbaum bilan 1.12 chizig`i orasidagi masofa 5 m, agar umuman shlagbaum bo`lmasa, eng yaqin rels bilan 1.12 belgi chizig`i orasi 10 m dan kam bo`lmasligi kerak.
- 1.13. Yo`l belgi chizig`i.
- Bu chizig`i 2.4 yo`l belgisi qo`yilgan yo`nalishda qatnov qismining butun eniga chiziladi
|
| |