|
-bob. Avtomagistrallarda harakatlanish
|
bet | 24/40 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 86,7 Kb. | | #133328 |
Bog'liq yo‘l harakati qoidalari19-bob. Avtomagistrallarda harakatlanish
121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o‘ziyurar uskunalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi;
yuk avtomobillariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi;
5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash;
ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va ularda qayrilib olish;
orqaga harakatlanish;
transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish.
122. Haydovchi qatnov qismida majburiy to‘xtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning 8-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan tasmaga (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ngroqda) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak.
20-bob. Turar joy dahalarida harakatlanish
123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo‘l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo‘ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
124. Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:
mexanik transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish;
dvigateli ishlab turgan holda to‘xtab turish;
ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo‘l belgilari va (yoki) yo‘l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to‘xtab turishi.
125. Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar xavfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va o‘simliklarning shikastlanmasligini ta’minlashi zarur.
126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishlari kerak.
127. Ushbu bob talablari dahalar va hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasiga) ham tegishlidir.
|
| |