Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida




Download 21,43 Kb.
bet2/5
Sana16.05.2024
Hajmi21,43 Kb.
#238593
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 7-IYUL 2017 YIL 3127-SONLI QARORI

Keyingi tahrirga qarang.
“Uzavtoyo‘lbelgi” DUKning ta’sischisi O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
4. “Uzavtoyo‘lbelgi” DUKga, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan mazkur qarorga asosan mahsulot sotib olish va yetkazib berish hamda xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov (tender) savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zqurilishmateriallari” AJ “Uzavtoyo‘lbelgi” DUKning asoslangan hisob-kitoblariga binoan yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatgichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini, shuningdek ularni mustahkamlash uchun o‘rnatish konstruksiyalarini ishlab chiqarish uchun tartibga solinadigan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali metall prokati va sement ajratilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat banklari bilan birgalikda “Uzavtoyo‘lbelgi” DUKning asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, materiallar, jihozlar, xomashyo, texnologik hujjatlar, texnika, dasturiy mahsulotlar va boshqa vositalarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini konvertatsiya qilish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi:
ikki oy muddatda “Uzavtoyo‘lbelgi” DUK faoliyatini tashkil etish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘rnatilgan yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy yuqori intensiv (nur qaytaruvchi) qoplamali yo‘l belgilari bilan almashtirish, shuningdek uzoq muddat foydalaniladigan barqaror yo‘l chiziqlarini chizish uchun maxsus texnika va asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik yo‘llar uchun 900 mm, boshqa yo‘llar uchun — 700 mm o‘lchamdagi metall korpusli va yuqori intensiv (nur qaytaruvchi) qoplamali yo‘l belgilarini ishlab chiqarish, shuningdek yaqin joylashgan obyektlar xususiyatlari va qatnov qismining uzoqligini inobatga olgan holda ularning aniq ko‘rinishi uchun sharoit yaratish imkoniyatini beruvchi konstruksiyalarga mustahkamlashni nazarda tutgan holda yo‘l harakati sohasida standartlashtirish bo‘yicha yangilangan normativ hujjatlar tasdiqlasin.
8. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi Maxsus ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi Toshkent shahar hokimligiga o‘tkazildi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Maxsus ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi qoshidagi “Uzavtomotobelgi” shu’ba korxonasi “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasiga (keyingi o‘rinlarda — “Uzavtomotobelgi” DUK) o‘zgartirilsin.
Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi “Uzavtomotobelgi” DUKning ta’sischisi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Uzavtomotobelgi” DUK “Uzavtomotobelgi” shu’ba korxonasining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda belgilangan tartibda “Uzavtomotobelgi” DUKning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. 2017-yil 1-sentabrdan e’tiboran avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat ro‘yxat raqamlarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha, shu jumladan kimoshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan tanlash tartibi joriy etilsin.
13. 2018-yil 1-yanvardan e’tiboran avtotransport vositasidan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi uchun ishonchnomalarni, avtotransport vositasining ijara, tekin foydalanish, garov, lizing shartnomalarini fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlarining tegishli yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi talab notariuslar tomonidan ularning elektron shaklini jo‘natish tartibini o‘rnatgan holda bekor qilinsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:
Toshkent shahrida kompyuterlashtirilgan tizimni kengaytirish, shuningdek uni Nukus shahri va viloyat markazlarida joriy qilish orqali yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning yagona markazlashtirilgan axborot-kompyuter tizimini yaratish;
huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish, avtomobil harakati ustidan samarali nazoratni ta’minlash maqsadida yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini maqbullashtirish, ularni belgilangan namunaviy sxema bo‘yicha bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, moddiy-texnik jihozlash;
2018-yil 1-yanvardan e’tiboran yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini, yuk, yo‘lovchi va maxsus transport vositalari bundan mustasno, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha funksiyalarini yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlariga bosqichma-bosqich ular ko‘rsatadigan xizmatlar uchun qat’iy narxlar hamda ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlikka oid talablarni o‘rnatgan holda o‘tkazish;
yo‘l-patrul xizmati maxsus asbob-uskunalari va avtomobil texnikasini uzluksiz yangilab borish uchun har yili 55 ta belgilangan tartibda jihozlangan avtotransport vositalari, 600 ta jezl, 500 ta radiostansiya va boshqa vositalarni xarid qilish haqidagi takliflari ma’qullansin.
15. Toshkent shahrida, Samarqand va Xorazm viloyatlarida tajriba tariqasida yo‘l-patrul xizmati mototsikldagi guruhlari tuzilsin va ularga yo‘llar va ko‘chalarning harakatlanish qiyin bo‘lgan qatnov qismlarida, odamlar gavjum joylarda, shuningdek xorijiy va boshqa delegatsiyalarni kuzatishda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar yuklatilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
bir oy muddatda avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan davlat ro‘yxat raqamlarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha, shu jumladan kimoshdi savdosini o‘tkazish yo‘li bilan tanlash tartibini tasdiqlasin;
2017-yil 1-oktabrga qadar Yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning yagona markazlashtirilgan axborot-kompyuter tizimini joriy qilish, shuningdek yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari sonini va joylashuvini maqbullashtirishni inobatga olgan holda ularni belgilangan namunaviy sxema bo‘yicha bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, moddiy-texnik jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlasin;
2017-yil 1-dekabrga qadar mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
2018-2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ta’lim jarayoniga “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni joriy etsin;

Download 21,43 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida

Download 21,43 Kb.