Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida




Download 21,43 Kb.
bet3/5
Sana16.05.2024
Hajmi21,43 Kb.
#238593
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 7-IYUL 2017 YIL 3127-SONLI QARORI

Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar, Samarqand va Xorazm viloyatlarida mototsiklda yo‘l-patrul xizmatini o‘tashni tashkil etish, xodimlarni mototsiklni boshqarishga o‘rgatish choralarini ko‘rsin va 2018-yil 1-oktabrga qadar tajriba natijalarini tahlil qilgan holda yo‘l-patrul xizmatining mazkur turini mamlakatning boshqa hududlarida joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin;
uch oy muddatda yo‘l-patrul xizmati maxsus avtotransport vositalarini audio va video qayd etish qurilmalari, shuningdek ularning xodimlarini mobil videokameralar bilan bosqichma-bosqich jihozlash to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda yo‘l harakati sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, tegishli notarial harakatlarni hisobga olish, avtotransport vositalarining texnik ko‘rikdan o‘tishini nazorat qilish, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirishni ta’minlovchi elektron tizim ishlab chiqsin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab joriy etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 1-dekabrga qadar avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini, shu jumladan o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy qilishni nazarda tutgan holda, yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
18. “O‘zeltexsanoat” AK ikki oy muddatda mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga mahsulot tannarxini tushirgan holda maxsus jihozlangan avtotransport vositalari uchun yuqori sifatli ishorali ovoz kuchaytirgich moslamalar ishlab chiqarish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, xorijiy davlatlar davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

Download 21,43 Kb.
1   2   3   4   5




Download 21,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida

Download 21,43 Kb.