|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
|
bet | 4/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 21,43 Kb. | | #238593 |
Bog'liq O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 7-IYUL 2017 YIL 3127-SONLI QARORIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-iyul,
PQ-3127-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-sonli qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyinchalik — Bosh boshqarma) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyinchalik — IIV) markaziy apparatining tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanib, yo‘llarda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar tashkil etilishini ta’minlaydi.
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Bosh boshqarma o‘z faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, tashkilotlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.
4. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimini tashkil etuvchi ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligining bo‘linmalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi IIVning Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari;
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining yo‘l-patrul xizmati brigadasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari yo‘l-patrul xizmati batalonlari (otryadlari);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) boshqarmalari (bo‘limlari)ning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari (bo‘linmalari, guruhlari);
5. Bosh boshqarma o‘zining mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va o‘zining to‘liq nomi ko‘rsatilgan ish qog‘ozlari va muhriga ega, shuningdek Bosh boshqarma faoliyatining xususiyatlari aks etilgan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ta’sis etiladigan belgi-ramzlariga ega bo‘lishi mumkin.
|
| |