|
-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
|
bet | 5/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 21,43 Kb. | | #238593 |
Bog'liq O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 7-IYUL 2017 YIL 3127-SONLI QARORI2-bob. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vaziflari hisoblanadi:
yo‘l-transport infratuzilmasining holati, yo‘l-transport hodisalari dinamikasi, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi, yo‘llarning tirbandligi, transport vositalarining texnik holatini hisobga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompleks va tizimli tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish;
ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilishlari bilan kurashish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishini, shu jumladan yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi va ularga chek qo‘yishni, yo‘l-transport hodisalari va yo‘llar tirbandligini oldini olishni, huquqbuzarliklar sodir etilishiga aloqador bo‘lgan shaxslarni izlab topish va shaxslari aniqlanishini tashkil etish;
ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, shuningdek aholi bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ochiq muloqotlar olib borish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarini, huquqni qo‘llash amaliyotini, shuningdek uning shakllari va uslublarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
7. Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kompleks va tizimli tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish sohasida:
yo‘l-transport infratuzilmasining holati, yo‘l-transport hodisalari dinamikasi, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi, yo‘llarning tirbandligi, transport vositalarining texnik holatini hisobga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab etish, baholash, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek mazkur sohada vujudga keladigan muammolar va kamchiliklarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
yo‘llar va avtomagistrallardagi huquqbuzarliklar bilan profilaktik faoliyat hamda ular bilan kurashish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilish, xizmat-jangovar faoliyatni takomillashtirish borasida ma’lumotlardan samarali foydalanish bo‘yicha choralar ko‘rish.
|
| |