Yo‘l xo‘jaligida tannarx, foyda va rentabellik




Download 31.92 Kb.
bet3/6
Sana08.02.2023
Hajmi31.92 Kb.
#41543
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YO‘l xo‘jaligida tannarx, foyda va rentabellik (1)
llham komp, Synonyms, OTMlardagi dars jadvalini avtamotlashtiruvchi telegram bot yaratish, PYTHON DJANGO BILAN ILOVALAR ISHLAB CHIQISH, Yo\'l xo\'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, 214, 10-sinf 1-simestr yakuniy, O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta`lim vazirligi n, Botanikani oʻqitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan 2234, 1 kurs er mavzu, JAHON TARIXI 8, Dasturlash. 6-amaliy ishi, 3, assalom-Navroz-mavzusida-tadbir-ishlanmasi
bu yerda,
N - smetada ko‘zda tutilgan jamg‘arma;
E - tannarx pasayishidan hosil bo‘lgan tejam;
K - qurilish tashkiloti tomonidan kompensasiyalar hisobiga, smeta qiymatidan tashqari qilinadigan xarajatlar.

Smeta qiymatlaridan tashqari to‘lanadigan kompensasiyalarni mavjudligining sababi shundaki, ishlab chiqarishda amal qilayotgan narxlar, tariflar, mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi, shu sababli qator moddalar bo‘yicha o‘zgarmas me’yorlar va narxlar bo‘yicha smetada ko‘zda tutilgan xarajatlarga nisbatan amaldagi xarajatlar miqdori yuqori bo‘ladi. Bu xarajatlarning bir qismi buyurtmachi tomonidan umumlashma smeta hisob-kitoblari bo‘yicha kompensasiya qilinadi, masalan, mukofotli ishbay mehnatiga haq to‘lash tizimining qo‘llanilishi sababli qo‘shimcha xarajatlar, ko‘chib yuruvchi ish sharoitlari uchun qo‘shimcha to‘lovlar.


Qurilish-montaj ishlarilarning smeta qiymatlari konkret ob’yekt bo‘yicha emas, balki o‘rtacha sharoitlar va qurilish uslublarini hisobga oluvchi smeta me’yorlari va narxlari asosida belgilanadi. Shu sababli tannarxni aniqlashda mehnat unumdorligining yillik o‘sishi va uning asosida konkret tashkilotlarda erishiladigan ishlar tannarxining pasayishi hisobiga olinishi kerak.
Rejalashtirilayotgan tannarx har yili yillik rejalarni ishlab chiqishda aniqlanadi va yo‘l tashkilotining uni pasaytirish tadbirlarini aks ettiradi.
Bajarilgan ishlarning haqiqiy tannarxi barcha turdagi xarajatlarni, shu jumladan kompensasiya hisobiga qoplanadigan xarajatlarni ham o‘zida aks ettiradi. Kompensasiyalar ishlar tannarxiga belgilangan yo‘nalishlarni hisobga olgan holda xarajat turlari bo‘yicha taqsimlanadi, ya’ni asosiy ish haqi, materiallarning qiymatlari va hokazo.
Qurilish-montaj ishlari tannarxining strukturasi, ya’ni alohida moddalar bo‘yicha xarajatlar nisbati, qurilish majmuining tarmoqlari bo‘yicha turlicha bo‘lib, tashkilot faoliyatining konkret shart-sharoitlarini harakterlovchi bir qator omillarga bog‘liq.
Omillarning bir qismi yo‘l tashkilotiga nisbatan ob’yektiv harakterga ega va tabiiy-iqlim sharoitlari, texnik loyihada qabul qilingan muxandislik yechimlarining taraqqiyparvarligi, qurilish tashkilotlarining joylanishiga (dislokasiya) ya’ni, qurilish materiallari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchi tashkilotlarning uzoq yaqinligi va boshqalarga bog‘liq. Omillarning boshqa qismi esa bevosita ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik saviyasiga, mehnatni tashkil etilishining taraqqiyparvarligiga, qurilish tashkiloti ishlab chiqarish bazasining rivojlanganligiga, uning mexanizasiya va transport vositalari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Buning natijasida avtomobil yo‘llari qurilishida qurilish-montaj ishlarining tannarxi hatto bir qurilish tashkiloti miqyosida ham sezilarli o‘zgarishlarga uchrab turadi. Yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarida qurilish-montaj ishlari tannarxi tarkibining 85 foizga yaqin qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tashkil etadi. Ishlarga ko‘p material sarflanishi «materiallar, yarimfabrikatlar, konstruksiyalar, detallar» moddasi bo‘yicha xarajatlar salmog‘ining sezilarli darajada yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi (To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar umumiy summasining 50 foizdan ko‘prog‘i). Umumiy qurilishdagiga nisbatan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibida mashinalarni ishlatishga bo‘ladigan xarajatlarning salmog‘i yuqori (20 foizgacha), bu esa yo‘l ishlarida mexanizasiyalashish darajasining yuqoriligini ko‘rsatadi.
Qurilishda qabul qilingan ishlab chiqarish xarajatlarini (qurilish-montaj ishlarining tannarxini) rejalashtirish va hisobga olish uslubiyoti amalda xarajat qilingan summalarni smetada ko‘zda tutilgan xarajatlar bilan solishtirishga asoslangan.
Smeta xarajatlarini guruhlashtirish bilan mos tushuvchi yiriklashtirilgan (kompleks) kalkulyasiya elementlari bo‘yicha qurilishda qo‘llaniladigan xarajatlarni hisobga olish tartibi shu bilan tushuntiriladi. Ammo bunday tartibda xarajatlarni hisobga olish ularning iqtisodiy tarkibini to‘liq ochib bera olmaydi va ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash maqsadida tahlil o‘tkazishni qiyinlashtiradi.
Xususan «materiallar qiymati» kalkulyasiya elementi bo‘yicha xarajatlarga yordamchi ishlab chiqarishdagi, transport tashkilotlaridagi, materiallarni qayta ishlash bazalaridagi ishchilarning asosiy ish haqlari va tegishli yordamchi ishlab chiqarishda ishlatilayotgan mashina va uskunalarni ishlatishga bo‘ladigan xarajatlar kiradi. Bir vaqtning o‘zida «Mashinalarni ishlatish» elementi bo‘yicha xarajatlarga ishchi mexanizatorlarning asosiy ish haqlari, yonilg‘i-moylash materiallari qiymati, mashina smenaning reja-hisob narxlariga kiritilgan ustama xarajatlar kiradi. O‘z tarkibiga tannarxga kiruvchi barcha xarajat turlarini olgan (ish haqi, materiallar qiymati, mashinalarni ishlatish xarajatlari) «Ustama xarajatlar» o‘z tarkibiy tuzilishi bo‘yicha tannarx elementining eng murakkab qismi bo‘lib, uning miqdorini qurilish-montaj ishlarining bir birligiga, yiriklashtirilgan ishlar majmuiga yoki ob’yektga nisbatan hisoblab chiqishning imkoniyati yo‘q, shu sababli uning miqdori bir butun tashkilot bo‘yicha aniqlanadi.
Yordamchi yo‘l qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini rejalashtirish va hisobga olish rejaviy va amaliy kalkulyasiyalar asosida amalga oshirilib, quyidagi xarajat moddalarini o‘z ichiga oladi: asosiy va yordamchi materiallar (qaytariluvchi chiqitlarni hisobdan chiqarilib); ishlab chiqarish ishchilarning asosiy ish haqlari, yonilg‘i, bug‘, texnologiya ehtiyojlari uchun suv, uskunalarni soz holda tutib turish va ishlatish, elektr energiya, boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, bevosita xarajatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarining shakllanish ketma-ketligi bo‘yicha tannarx texnologik, syex, ishlab chiqarish va to‘liq tannarxlarga ajratiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning tannarxi hisoblanadi.
Yordamchi korxonalar va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsulotlarini realizasiya qilinishida tannarx kalkulyasiyasi reja-hisob narxlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 31.92 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 31.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘l xo‘jaligida tannarx, foyda va rentabellik

Download 31.92 Kb.