Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda tannarx strukturasi




Download 31.92 Kb.
bet2/6
Sana08.02.2023
Hajmi31.92 Kb.
#41543
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YO‘l xo‘jaligida tannarx, foyda va rentabellik (1)
llham komp, Synonyms, OTMlardagi dars jadvalini avtamotlashtiruvchi telegram bot yaratish, PYTHON DJANGO BILAN ILOVALAR ISHLAB CHIQISH, Yo\'l xo\'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, 214, 10-sinf 1-simestr yakuniy, O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta`lim vazirligi n, Botanikani oʻqitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan 2234, 1 kurs er mavzu, JAHON TARIXI 8, Dasturlash. 6-amaliy ishi, 3, assalom-Navroz-mavzusida-tadbir-ishlanmasi
1.Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda tannarx strukturasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi tannarx bo‘lib qoladi, chunki pirovard natijada iqtisodiy rag‘batlantirish fondlarining miqdori, ishlovchilarning real ish haqlari, ishlab chiqarish quvvatlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish texnikaviy saviyasining o‘sishi faqat tannarx orqali aniqlanadi.


Ob’yektning smeta qiymati o‘z tarkibiga shu ob’yektni yaratish uchun kerak bo‘lgan barcha ijtimoiy-zaruriy xarajatlarni oladi, shu jumladan, qurilish-montaj ishlarini bajarish, uskunalar sotib olish va ularni montaj qilish, loyiha-izlanish ishlari, ustama xarajatlar hamda rejalashtirilgan jamg‘armalar.
Smeta qiymatidan farqli o‘laroq qurilish-montaj ishlarining tannarxi qismi bo‘lib, u yo‘l tashkilotining avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashga qilgan xarajatlaridan tashkil topadi. Qurilish-montaj ishlari tannarxi uning smeta qiymatiga nisbatan pul va moddiy resurslardan tejamli foydalanishni aks ettirib, tashkilot ishi samaradorligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Yo‘l xo‘jaligida, qurilish tarmoqlarining barcha boshqa turlaridagi kabi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish kompleks kalkuliyasion elementlar bo‘yicha amalga oshiriladi va ularning nomenklaturasi smeta hujjatlari tarkibidagi xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlashtirish bilan to‘liq mos keladi.
Shunga muvofiq ravishda qurilish-montaj ishlari tannarxning tarkibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (TX) va ustama xarajatlarga (UX) ajratiladi. Rejalashtirilgan jamg‘armalar (RJ) ishlar tannarxi tarkibiga kirmaydi KMItnqTX+UX.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibiga ishlarni bajarishga sarflangan materiallar qiymati; ishchilarning asosiy ish haqlari; qurilish mashinalarini ishlatishga bo‘lgan xarajatlar va boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar kiradi.
Materiallar, konstruksiyalar va detallarga xarajatlar ishlar tannarxining tarkibida sanoat korxonalarida amal qilayotgan sotilish narxlari bo‘yicha (agar materiallar qurilish materiallar sanoati korxonalardan olinsa), yoki reja hisob-kitob narxlari bo‘yicha (agar materiallar yo‘l-qurilish trestiga tegishli bo‘lgan sanoat korxonalardan olinsa), yoki ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha (agar materiallar mustaqil balansga ega bo‘lmagan o‘z yordamchi ishlab chiqarishidan olinsa) hisobga olinadi. Bunda materiallar xarajatiga ularni ob’yektoldi omborxonasigacha yetkazib kelish hamda omborxona xarajatlari ham kiritiladi.
Asosiy ish haqi tarkibiga qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan qurilish va yul ishchilarining, qurilish materiallarini ob’yektoldi omborxonasi va to‘shalish joyigacha yetkazishda, dozirovka qilish va materiallarni mashinalarga yetkazib berish va «ish» ga to‘shashda mashg‘ul bo‘lgan ishchilarning ish haqlari.
Ishchilarning asosiy ish haqlari tarkibiga mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlari bo‘yicha hisoblangan ish haqi, ish haqi fondidan vaqtda bajarilgan ishlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar, ishchilar aybisiz turib qolishlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi.
Mashina va mexanizmlardan foydalanishga bo‘ladigan xarajatlar birdaniga bo‘ladigan xarajatlar va joriy xarajatlardan tashkil topadi. Joriy xarajatlar tarkibiga mashinalarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqlari, texnik xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqlari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlar, yonilg‘i-moylash materiallari va elektr energiyaning qiymati, mashinalar amortizasiyasi, ijaraga olingan mashinalar bo‘lsa ularga to‘lanadigan ijara haqi kiradi.
Birdaniga bo‘ladigan xarajatlar mashinalarni yuklash, tushirish, tranportirovka qilish, mashinalarni montaj, demontaj va sinab ko‘rish ishlariga xarajatlar hamda mashinalarni o‘rnatish uchun vaqtinchalik inshootlarni qurish va buzish (masalan, ABZ, SBZ va boshqalarda) uchun xarajatlardan tashkil topadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibiga tuproqni tashishga, materiallarni ob’yekt ichida, ob’yektoldi omborxonasidan to‘shalish joyigacha yoki ko‘tarish mexanizmigacha tashib yetkazishga bo‘ladigan xarajatlar ham kiritiladi.
(Boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar)
Ustama xarajatlar bevosita qurilish-montaj ishlari, ya’ni qurilish maydonlarida, yordamchi ishlab chiqarishda va boshqa (xizmat ko‘rsatuvchi) xo‘jaliklarda mavjud.
Yordamchi ishlab chiqarish va boshqa xo‘jaliklar bo‘yicha ustama xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxi tarkibida alohida ajratilmaydi, chunki ular bu ishlab chiqarish va xo‘jaliklar mahsulotlari va xizmatlari qiymatining tarkibiga kiradi:
-ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari - ma’muriy boshqaruv va ishlab chiqarish texnik personalining ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan birga hisoblangan ish haqlari, komandirovka va safar xarajatlari, idora va pochta-telegraf xarajatlari, idora binolarining ijarasi va ularni ta’mirlashga xarajatlar;
-ishchilarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari - ishchilarni ijtimoiy sug‘urtalashga ajratmalar, ishchilarning qo‘shimcha ish haqlari (ta’tillar uchun to‘lov, brigadirlarga brigadaga rahbarlik qilganligi uchun qo‘shimcha to‘lov, yengilroq ish sharoitiga o‘tkazilgandagi qo‘shimcha to‘lov va hokazolar), mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlar, uy-joy kommunal xo‘jaligi xarajatlari va boshqalar;
-ishlarni bajarish va tashkil etishga xarajatlar, yong‘indan saqlanish va qo‘riqlashga xarajatlar, tashkiliy ravishda ishga olishni tashkil etish, ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari; ob’yektlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish uskunalari va inventarlarini asrashga va boshqa xarajatlar;
-boshqa ustama xarajatlar - qurilish-montaj ishlarilarini amalga oshirishda geodeziya ishlariga xarajatlar, xodimlarga sharoitlar yaratish, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar xarajatlari.
-qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va uning tannarxi o‘rtasidagi farq, rejalashtirilgan jamg‘arma va tannarxning pasayishidan hosil bo‘ladigan tejamdan iborat. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi formula yordamida ifodalanishi mumkin:






Download 31.92 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 31.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va saqlashda tannarx strukturasi

Download 31.92 Kb.