Yo'llarni rekonstruksiya qilishda yo'l poyini ko'ndalang kesimini loyihalash Reja




Download 135.26 Kb.
Sana28.01.2024
Hajmi135.26 Kb.
#147713
Bog'liq
Yo‘llarni rekonstruksiya qilishda tayyorgarlik ishlari Ko‘pchiga-fayllar.org
32, avtomobil-yo-llarini-qurish-va-rekonstruksiya-qilish-ishlarini-tashkil-qilishda-fidic-metodikasidan-foydalanishning-afzalliklari, Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar, Telekom, Telekommunikatsiya texnalogiyalari-kompy.info

Yo'llarni rekonstruksiya qilishda yo'l poyini ko'ndalang kesimini loyihalash
Reja:
1. Avtomobil yo’llarining bo’ylama kesimini rekonstruksiya qilish
2. Yo’lning ko’tarma va o’ymadagi ko’ndalang kesimini rekonstruksiya qilish
3. Yonariqlar va ko’ndalang kesimlarda yo’l elementlarini rekonstruksiya qilish
Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish - samaradorlikni oshirish, ya’ni ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va ishlar sifatiga qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo’yilgan vazifalarni rejada belgilangan muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Chora-tadbirlar majmuiga ko’p hollarda oqimli (potok) bo’ladigan qurilishni aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan brigadalar tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi ishtirokini, ya’ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi. Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni tartibga soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta’minot, kadrlar masalasi, quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy, ovqatlanish, ishchilarni ish joyiga yetkazish), ob’ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga ishchilarni joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning hal qilinishidan iborat. Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab etadi. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi. Materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o’z vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa, transport va liniya bo’linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek qurilishni tashkillashtirish va ishlarni tejamli bajarishni ta’minlaydi. AQShda har qanday ishlab chiqarish faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo’yiladi, chunki bu har qanday ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ishlarni tashkillashtirishning asosiy talabidir. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni tashkillashtirish xususiyatlari, qo’llaniladigan vositalar va maqsadiga ko’ra tayyorlash, transport va qurilish-montaj ishlariga bo’linadi. Tayyorlash ishlari - qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari tomonidan tayyorlab beriladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni tayyorlash hamda saqlash ishlarini o’z ichiga oladi. Transport ishlari - barcha materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni qurilayotgan yo’lga hamda yo’l bo’ylab yotqiziladigan joylarga tashish ishlarini o’z ichiga oladi. Qurilish-montaj ishlari - tayyorgarlik ishlari, yo’l poyi, sun’iy inshootlar, yo’l to’shamasini qurish, yo’llarni obodonlashtirish uchun yo’l, bino va inshootlarni jihozlash ishlarini o’z ichiga oladi. Ish hajmlarini bir tekis va takror taqsimlashga ko’ra qurilish- montaj ishlari liniyaviy va jamlanganturlarga bo’linadi. Butun yo’l bo’ylab bir tekis taqsimlangan va ba’zi uchastkalarda o’rtacha qiymatidan biroz farqlanadigan ish hajmlari liniyaviy deb ataladi. Liniyaviy ishlarga uncha katta bo’lmagan ko’tarma va o’ymalarda yo’l poyini ko’tarish, yo’l to’shamasini qurish, kichik ko’prik va quvurlarni qurish, to’siqlar va belgilarni o’rnatish ishlari kiradi. Yo’l qurilishida liniyaviy ishlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ayrim uchastkalar yoki maydonlarda uchraydigan ishlar jamlangan deb ataladi. Ularga baland ko’tarmalarni, chuqur o’ymalarni ko’tarish, yo’l va transport xizmati binolarining yirik majmualarini qurish kiradi. Jamlangan ishlar katta hajmi, ishlab chiqarishdagi murakkabligi va sermehnatliligi bilan liniyaviy ishlardan farq qiladi hamda ko’pincha, ularni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishni talab etadi. Mexanizatsiya - ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga 18 ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo’l mashinalarini, universal, mobil, ishchi uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur. Shuningdek, kichik mexanizatsiya vositalari va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar keng qo’llanmoqda, bu esa ish unumdorligini oshirish va qurilish sifatini yaxshilashga, qo’l mehnatini yengilashtirishga yordam beradi. Ishlarni to’gri tashkillashtirishni faqat kompleks mexanizatsiyalashtirilgan holda ko’rish zarur, bunda hamma asosiy va yordamchi jarayonlar hamda operatsiyalar mashinalar bilan, aniqrog’i, unumdorligi va asosiy parametrlari bo’yicha bir-biriga bog’liq bo’lgan mashinalar komplekti bilan bajariladi. Kompleks mexanizatsiyalashtirish - barcha sermehnat va og’ir texnologik jarayonlarni mashinalar komplekti yordamida bajarilishini ko’zda tutadi. Mashinalar komplektidan foydalanish belgilangan ish sur’atini, eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni, ishlar va mahsulotlar sifatining amaldagi standartlarga javob berishini ta’minlaydi. Avtomatlashtirish - qurilishni mexanizatsiyalashtirishning yanada yuqori bosqichidir. Avtomatlashtirilgan (qisman avtomatlashtirish) va avtomatik jarayonlar (kompleks avtomatlashtirish) mavjud. Qisman avtomatlashtirishda texnologik jarayonning faqat ayrim operatsiyalari avtomatlashtirilib, yakuniy mahsulotni olish uchun insonning ishtiroki talab qilinadi. Avtomatik jarayonlarda texnologik jarayonlar avtomatik tarzda bajariladi, inson esa faqat avtomat qurilmalarining sozligini kuzatib boradi. To’liq avtomatlashtirishda texnologik jarayonni EHM boshqaradi Yo’l qurilishini industrializatsiyalashtirish bu, kompleks mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni, yig’ma, shu jumladan, zavodda tayyorlangan, qurilish mavsumini uzaytirishga va hatto ishlarni yil mobaynida bajarishga imkon beruvchi konstruktsiyalardan foydalaniladigan ilg’or usullarni qo’llaydigan qurilishdir. Yo’l qurilishini industrializatsiyalashtirish og’ir jarayonlarning kattagina qismini liniyaviydan statsionar sharoitga o’tkazishni ko’zda tutadi (jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, konveyerlashtirish, mahsulotning zavodda tayyorlanganligi, ishlab chiqarishning aniqligi). Masalan, avtomobil yo’llarining beton qoplamalari uchun temirbeton plitalarni, ko’priklar, binolar konstruktsiyalarining elementlarini ishlab chiqarish. Industrializatsiyalashtirish natijasida ish unumdorligi ortadi, qurilish muddati va qiymati qisqaradi, kapital mablahlar samaradorligi oshadi. Avtomobil yo’llari katta masofadagi deyarli tor tasmada taxminan bir turdagi ishlarning taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Bunda barcha qurilish bo’linmalari ketma-ket harakatlanadi, shuning uchun ishlarning bu usuli oqimli deb ataladi. Avtomobil yo’llari qurilishini oqimli tashkillashtirish usulida bo’linmalar texnologik ketma-ketlikda uzluksiz va parallel tarzda harakatlanib, yo’l inshootlari yoki elementlari quriladi. Bunda bir uchastkada ishini bajarib bo’lgan mashinalar zvenosi texnologiya talablariga binoan boshqa uchastkaga 20 o’tadi. Qurilish bo’linmalarining ishlari bir-biri bilan hamda qurilishning ishlab chiqarish va yordamchi bo’limlari bilan uzviy bog’liq. Qurilish oqimining barcha bo’linmalar bilan bog’liqlikdagi sxemasi berilgan. Barcha harakatlanadigan bo’linmalar kerakli ish jarayonlari va operatsiyalarni ketma-ket bajara turib, yo’l bo’ylab suriladi va ma’lum bir vaqt - smena, ikki-uch smena va hokazo oralig’ida yo’lning to’liq tugallangan uchastkalarini topshiradi. Ishlab chiqarishni ilmiy tashkillashtirish yutuqlari mashinalar saroyini oqilona taqsimlagan holda oqimlarni yaxshilash masalasini ko’tarishga imkon beradi. Oqim g’oyasi sanoatdan olingan bo’lib, yo’l qurilishiga o’tkazilgan. Farqi shundaki, sanoat konveyerida mahsulot ish joylari bo’ylab asta-sekin bir xil tezlikda harakatlanadi, yo’l qurilishida esa yo’l emas, balki mexanizatsiyalashtirilgan bo’linmalar ma’lum tezlikda yo’lda harakatlanadi. Yer ishlari Transport xo’jaligi Qurilishni boshqarish Katta ko’prikla r va boshqa inshoot lar Yo’lni jihozlash Trassani tiklash ishlarni ajratish Jamlang an ishlar Kichik ko’priklar va quvurlar Yo’l to’shama si Yo’l mashinalari bazasi Konlar va relsli yo’llar Temirbeton konstruksiyalar zavodi Yo’lning yarim tayyor mahsulotlari zavodlari 21 Ishlarni bajarayotgan, bir-biri bilan bog’liq bo’linmalar oqim deb ataladi. Tarkibi va maqsadiga ko’ra oqimlar yakka, ixtisoslashtirilgan va ob’ektli oqimlarga bo’linadi. Yakka oqim - inshootning biron-bir bitta elementini bajaradi, masalan, asosning qo’shimcha qatlami, asos yoki qoplama yoki hatto qoplamaning bir qatlami yoki yo’l poyini qurishdagi ayrim ishlar. Ixtisoslashtirilgan otsim - yo’l yoki inshootning, masalan, yo’l poyi, yo’l to’shamasi kabilarning bir qismi ko’rinishidagi umumiy qurilish mahsuloti bilan birlashtirilgan yakka oqimlarning yig’indisidir. Ob’ektli oqim - ixtisoslashtirilgan (yo’l poyi, quvurlar, ko’priklar, yo’l to’shamasi qurilishi bo’yicha) oqimlarning yig’indisi bo’lib, avtomobil yo’lining to’liq tugallangan uchastkasi ularning birgalikdagi mahsuloti hisoblanadi. Har bir yakka oqim alohida qamrovlardan iborat bo’lib, ularda ixtisoslashtirilgan bo’linmalar - mashinalar zvenosi - ma’lum ish jarayonlari va operatsiyalarini bajaradi. Qamrov - ixtisoslashtirilgan mashinalar zvenosi berilgan ish jarayoni yoki ish operatsiyasini yoki ularning texnologik jihatdan bo’linmas majmui bajariladigan yo’l masofasini ishg’ol qiladigan ishlar uchastkasidir. Yakka oqimning unumdorligi uning smenadagi tezligi bilan, ya’ni smena qamrovining uzunligi bilan belgilanadi. Smena qamrovining uzunligi, shunga muvofiq butun oqimning ham tezligi zvenodagi mashinalarning unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi. Oqimlarning tarkibi va tezligini tayinlash uchun loyihalarda andozaviy texnologik kartalar va ishlarning kalendar jadvali bo’lgan qurilishni tashkillashtirish bo’limlari beriladi Texnologik karta - berilgan yo’l inshooti yoki elementini qurish uchun zarur bo’ladigan jarayonlar texnologiyasini bayon qiladigan loyiha hujjatidir. Yo’l qurilish tashkiloti ishlarni tashkillashtirish loyihasiga asosan ishlarni bajarish loyihasini (PPR) tuzadi, unga mavjud resurslarni hisobga olgan holda ishlarni tashkillashtirish loyihasining qoidalari va andozaviylar asosida ishlab chiqilgan, ish joyiga bog’langan texnologik ishchi kartalar hamda detalli ish jadvallari kiritiladi. Yo'llarning sifati va xavfsizligini oshirish O'zbekistonning transport salohiyatini ochishga yordam beradi. Yo'l tarmog„i joriy imkoniyatlar talablariga javob beradi, ammo uning xavfsizligini ta'minlash kerak. Qurilish ketma-ketligi barcha yo'l qurilish ishlarini uch davrga bo'lish asosida o'rnatiladi: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy. Tayyorgarlikda davri, qurilish tashkiliy va texnik tayyorgarlik qurilish tashkiloti loyihasi tomonidan belgilangan dastlabki bo'limlarda uni joylashtirishni ta'minlash uchun amalga oshiriladi. Asosiy davr, barcha qurilish ishlari amalga oshiriladi. Yakuniy davrda bazalar va boshqa vaqtinchalik inshootlar tugatilib, yerlar qayta tiklanadi. Yo'l qurilish ishlarining barcha turlari quyidagilarga bo'linadi: xarid qilish - qurilish sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va ehtiyot qismlarni tayyorlash va saqlashni o'z ichiga oladi (tosh tayyorlash, asfalt-beton tayyorlash, ko'prik konstruktsiyalari, quvurlarni ishlab chiqarish, yo'l sharoitlari); transport - yo'l materiallari avtomobil, temir yo'l yoki suv transportida tashiladi. Ushbu ishlar guruhiga materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni omborlarga, fabrikalarga, oraliq bazalarga va to'g'ridan-to'g'ri yotqizish joylariga etkazib berish kiradi; qurilish-montaj ishlari - yo'llarning ko'ndalang profilining barcha elementlarini qurish, yo'l sharoitlarini tartibga solish, binolar va yo'l infratuzilmasi inshootlarini qurish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Bir xilligi va takrorlanishi bo'yicha yo'l qurilish ishlari chiziqli va kontsentratsiyali bo'linadi. Chiziqli - hajmlari ob'ekt bo'ylab teng taqsimlangan ishlar. Bularga quyidagilar kiradi: tuproq ishlari, poydevor va qoplamalar, suv o'tkazgichlari, kichik himoya devorlari va boshqalar. Kontsentratsiyali - kichik maydonda to'plangan katta mehnat zichligi (ko'priklar, katta qazishmalar va qirg'oqlar, bir necha darajadagi yo'l kesishmalari, yuqori oqimli suv o'tkazgichlar). Chiziqli ishlarni tashkil qilish uchun ikkita usul qo'llaniladi: liniyali va alohida tashkil etish. mos ravishda Ushbu usul etarli uzunlikdagi barcha chiziqli ob'ektlarda yo'l qurilish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Kompleks liniyali usuli butun qurilish davrida uzluksiz va bir xil ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Agar yo'l uchastkasining uzunligi etarli bo'lmasa va oqimning tarqalish va qulash davrlari uning vaqtidan oshsa. Samarali ish, keyin ish usul bilan amalga oshiriladi. Alohida har bir qurilish jarayoni mustaqil ravishda amalga oshiriladigan tashkilot. Xuddi shunday, konsentratsiyalangan ishlari ham amalga oshiriladi. Umuman qurilishni tashkil etishda u keng tarqalgan va murakkab bo'lmagan chiziqli ikki qatlamli, kichik va o'rta ko'priklar va quvurlarni yotqizishdan bir yil oldin chiziqli usulida o'rnatish va qoplamani alohida qurish usuli barcha ishlarning qamrb oladi. Yangi yo'l qurilishida, shuningdek, etarli uzunlikdagi rekonstruksiya bilan chiziqli usuli quyidagilarni nazarda tutadi: barcha qurilish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashgan bo'linmalar (kolonnalar, otryadlar, brigadalar) tomonidan bajarish; ularni zarur resurslar, shu jumladan yo'l bo'yidagi ko'chma qurilmalarda ishlab chiqarilgan resurslar bilan ta'minlash; ixtisoslashtirilgan bo'linmalarning qurilayotgan yo'l marshruti bo'ylab birin-ketin harakatlanishi, belgilangan o'rtacha oqim tezligi bilan to'liq tayyor yo'lni ortda qoldiradi. Oqimning asosiy vaqt parametrlari quyidagilardir: qo'lga olish, uchastkalar, xaritalar, o'rnatish joylari (ish turiga qarab). Asosiy vaqt parametri - har bir smenada bajarilgan tayyor yo'lning uzunligi bo'yicha hisoblangan oqim tezligi (oqimning asosiy ko'rsatkichi). Oqim tezligi texnologik loyihalash vaqtida o'rnatiladi. Texnologik loyihalash jarayonida kompleks mexanizatsiyalash asosida yo'l qurilish ishlarini ishlab chiqarishning eng zamonaviy texnologiyalari qabul qilinadi. Har bir ixtisoslashtirilgan ishda yordamchi mashinalar va mexanizmlarning mahsuldorligi bog'langan etakchi mashina ta'minlanadi. Mashinalar to'plamini tanlash samaradorligi ish o'lchov birligini (1km, 1m3 , 1t va boshqalar) bajarish qiymati bilan baholanadi. Kalendar jadvallari va qurilish rejalarini tuzishda yo'l qurilishining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Ular hududning topografiyasiga "biriktirilgan" bo'lishi kerak, ishning harakatchanligini, qurilish materiallari, konstruktsiyalari va mahsulotlarini katta miqdorda etkazib berishni hisobga olishi kerak. Qurilishning turli davrlari va muayyan ish sharoitlari bo'lgan barcha hududlar uchun rejalari tuzilishi kerak. Hozirgi kunda Respublikamizni avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilishda xorijiy tajribalarni qo'llagan holda ishlar olib borilmoqda. Ishlarni bajarish jarayonida chet el banklari hisobidan yo'llarni rekonstruksiya qilinmoqda. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O'zbekistondagi xalqaro avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilishga yordam beradi. “G'uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo'lining 87 km qismini sementbeton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. OTB ishtirokida A-380 “G'uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo'lining 228-315 km (87 km) qismini sement-beton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi. Ta'kidlanish kerakki, ushbu loyiha doirasida 2 tasmali asfalt va beton qoplamali avtomobil yo'li 4 tasmali sement va beton qoplamali avtomobil yo'liga o'tkazilmoqda. Loyiha natijasida: - avtomobil yo'lining o'tkazuvchanlik qobiliyati 3 barobarga oshadi; - yo'l qoplamasining xizmat qilish muddati 30 yilga yetkaziladi; - Buxoro-Xiva, Buxoro-Nukus yo'nalishlarida turizm oqimi 2,5 barobarga oshadi. Shuningdek, O'zbekiston hududidan o'tadigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) transport yo'lagiga kirgan ikkinchi xalqaro transport yo'lagining xalqaro tranzit tashuvchilari uchun jozibadorligi oshishiga erishilishi ko'zda tutilmoqda. Ma'lumot uchun, mazkur yo'l E-40 raqamli Yevropa hamda AN-63 raqamli Osiyo avtomagistralining O'zbekiston hududidan o'tadigan muhim xalqaro yo'lagidir. Osiyo taraqqiyot banki O'zbekiston avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish va yangilash uchun 273,8 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratishni ma'qulladi. OTB mablaG'lari Surxondaryodagi Darband - Denov yo'lining 106 kilometrini yangilashga yo'naltiriladi. Shuningdek, ular yordamida sARES-2 koridoriga (o'rta yer dengizi va Sharqiy Osiyo) kiruvchi A380 (G'uzor - Buxoro - Nukus - Beyneu) avtomobil yo'lining 87 kilometrini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanadi. Loyiha doirasida yo'llar kengaytiriladi va rekonstruksiya qilinadi, bunda safar vaqtlari va avtomobillarni ta'mirlash xarajatlarini qisqartirish ko'zda tutilgan. Piyodalar uchun infratuzilma, jumladan, avtobus bekatlari yaxshilanadi. Shuningdek, yo'l harakati xavfsizligi ta'minlanadi, yo'l belgilari yangilanadi. Darband va Denov shaharlari yaqinida yo'l qismidagi yukni kamaytirishga yordam beradigan harakatda tortish tizimlari o'rnatiladi. Nazorat savolla Rekonstruksiya loyihasi transport vositalarining harakat tezligini oshirishga qaratilgan bo'lib, yo'lni yo'l o'tkazaolish qobilyatini xavfsiz harakatini ta'minlash va muhandislik jihozlarini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi kerak. Agar texnik-iqtisodiy asoslash ma'lumotlari, mavjud yo'l yoki uni ayrim bo'laklari transport foydalanish ko'rsatkichlari oshgan harakat jadalligitalablariga to'g„ri kelmasa, yo'lni ayrim bo'lagini yoki butunlay uzunlgi bo'yicha qayta qurish (rekonstruksiya qilish) qarori qabul qilinadi. Harakat jadalligini tezda ortishi magistral yo'llarga xos bo'lib, unda har yili 7-14% ga orta boradi. Keyingi yillarda yengil avtomobillarni ko'payib borishi magistral yo'llarida mavso'miy tranzit oqimlarini keltirib chiqaradi, buning natijasida jadallik yanada 20-30% ga oshishi kutiladi. Bu xolda qisqa vaqt ichida tirbandlik paydo bo'ladi va mavjud yo'lni tubdan qayta qurishni talab qiladi.
Download 135.26 Kb.




Download 135.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo'llarni rekonstruksiya qilishda yo'l poyini ko'ndalang kesimini loyihalash Reja

Download 135.26 Kb.