• AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISH VA REKONSTRUKSIYA QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISHDA FIDIC METODIKASIDAN
  • ANNOTATSIYA
  • ABSTRACT
  • АННОТАЦИЯ
  • KIRISH
  • Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and




    Download 48,27 Kb.
    bet1/5
    Sana28.01.2024
    Hajmi48,27 Kb.
    #147678
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    avtomobil-yo-llarini-qurish-va-rekonstruksiya-qilish-ishlarini-tashkil-qilishda-fidic-metodikasidan-foydalanishning-afzalliklari
    32, Avtomobil yo‘llari haqida umumiy tushunchalar, Yo‘llarni rekonstruksiya qilishda tayyorgarlik ishlari Ko‘pchiga-fayllar.org, Telekom, Telekommunikatsiya texnalogiyalari-kompy.info


    Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
    Scientific Journal Impact Factor

    VOLUME 2 | ISSUE 1
    ISSN 2181-1784
    SJIF 2021: 5.423





    AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISH VA REKONSTRUKSIYA QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISHDA FIDIC METODIKASIDAN


    FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
    Amirov Tursoat Jummayevich, PhD., dotsent Yusupaliyev Umid G‘aniyevich, doktorant Toshkent davlat transport universiteti

    ANNOTATSIYA


    Maqolada xalqaro Injener konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) ning tashkil topish tarixi va tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan andozaviy shartnomalar va ularni butun dunyoda ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek ijtimoiy soha binolari va inshootlarini qurishda qo‘llanilishi yoritilgan. Bundan tashqari, maqolada avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishda FIDIC metodikasini qo‘llash tajribasi va afzalliklari tahlil qilingan.
    Ushbu maqolada mahalliy qurilish tashkilotlari kuchi bilan avtomobil yo‘llari sohasidagi qurilish montaj ishlari shartnomalarini FIDIC metodikasi asosida tashkil qilish bo‘yicha asoslangan aniq amaliy va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Avtomobil yo‘llari, Injener konsultant, FIDIC, hajm usuli, loyiha smeta hujjatlari, pudrat shartnomasi, tenderga ariza, konsalting xizmatlari bozori,
    davlat va xususiy sherikchilik, O`zDST, AASHTO, qizil kitob.

    ABSTRACT


    The article describes the history of the International Federation of Engineering Consultants (FIDIC) and the standard contracts developed by the organization and their application in the construction of production facilities around the world, as well as social buildings and structures. In addition, the article analyzes the experience and advantages of using the FIDIC methodology in the construction and reconstruction of roads.
    This article develops clear practical and methodological recommendations based on the organization of construction and installation contracts in the field of roads on the basis of the FIDIC methodology with the help of local construction organizations.
    Keywords: Roads, Engineer Consultant, FIDIC, size method, project estimate documentation, contract, tender application, consulting services market, public- private partnership, UzDST, AASHTO, red book.



    АННОТАЦИЯ


    В статье описывается история Международной федерации инженерных консультантов (FIDIC) и типовых контрактов, разработанных организацией, и их применение при строительстве производственных объектов по всему миру, а также социальных зданий и сооружений. Кроме того, в статье анализируются опыт и преимущества использования методологии FIDIC при строительстве и реконструкции автомобильных дорог.
    В данной статье разработаны четкие практические и методические рекомендации, основанные на организации строительно-монтажных подрядов в сфере автомобильных дорог на основе методологии FIDIC с привлечением местных строительных организаций.
    Ключевые слова: дороги, инженер-консультант, FIDIC, размерный метод, проектно-сметная документация, договор, конкурсная заявка, рынок консультационных услуг, государственно-частное партнерство, УзДСТ, ААШТО, красная книга.

    KIRISH


    Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
    Ayni vaqtda, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda yo‘l qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
    Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki mablag‘larini jalb qilgan holda ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli avtomobil yo‘llari qurish bo‘yicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi.
    Shu bilan birga, respublikada yo‘l qurilish ishlari sifatini oshirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud.
    Jumladan, yo‘l tarmog‘iga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyaning yo‘qligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini bermayapti.
    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan nazorat va xo‘jalik funksiyalarining, shu

    jumladan buyurtmachi va pudratchi vakolatlarining birga olib borilishi boshqaruvning samarali tizimini yaratish va yo‘l-qurilish ishlari bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish imkonini bermayapti.


    Bugungi kunda avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK buyurtmachi hisoblanadi. Ushbu ishlarni esa qo‘mita tarkibidagi boshqa korxonalar pudrat asosida bajarishadi. Bajarilgan ishlarni qabul qilish ham shu direksiya zimmasida. Ishlatilgan materiallar va bajarilgan ishlarning sifati esa Transport vazirligi huzuridagi yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘l ishlari bo‘yicha “Buyurtmachi”, “Pudratchi” va “Sifat inspeksiyasi” bitta vazirlik tasarrufidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.

    Download 48,27 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 48,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and

    Download 48,27 Kb.