• 6.2. №292-001 yo‘lovchi havotaqsimlagichining xossalari
  • Yo‘lovchi havotaqsimlagichining vazifasi, tuzilishi, ishlashi va uni sinovi Ishning maqsadi




    Download 2,2 Mb.
    bet2/4
    Sana03.06.2024
    Hajmi2,2 Mb.
    #259786
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1 - laboratoriya (4)

    Tuzilishi va ishlash prinsipi.
    Shartli № 292-001 havotaqsimlagich magistral qismi, qopqoq va favqulodda tormozlanish tezlatgichidan iborat. SHartli № 292-061 kabi havotaqsimlagichdagi magistral ikki taraflama organ deb ataladi, chunki uning ishi tormoz magistrali va zaxira rezervuaridagi bosimlarni o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan. SHartli № 292 havotaqsimlagich konstruksiyasi va ishining batafsil bayonini [1 – 8] ishlardan qarang. Shartli №292-001 havotaqsimlagichning zaryadlash va favqulodda xolatidagi ko‘rinishi 6.1 va 6.2-rasmlarda ko‘rsatilgan.


    6.2. №292-001 yo‘lovchi havotaqsimlagichining xossalari

    Havo taqsimlagich № 292-001 quyidagilarni ta’minlaydigan xossalarga ega:


    - favqulodda tormozlanishda tormoz to‘lqinining tarqalish tezligi 190 m/s, xizmat tormozlanishida 120 m/s;
    - turli uzunlikka ega bo‘lgan poezdlarda tormozlanish ravonligi;
    - zaxira rezervuarlari zaryadkasining poezd uzunligi bo‘yicha 20 ta vagongacha ravon(tekis)lanishi;

    6.1-rasm. Shartli №292-001 havotaqsimlagining zaryadka xolatidagi ko‘rinishi:


    1- filtr; 2, 4, 6, 18, 19 – teshikchalar; 3-magistral porshen, 5-ishqalanuvchan tasma; buferli uskuna; zolotnikli vtulka; 9-porshen; ajralib ketuvchi klapan; drosselli teshik; 12-kamera; 13, 16, 21-kanallar; 14-bosh zolotnik; 15-o‘yimcha; 17-qayta ulash tiqini; 20-otsekli zolotnik; 22-qo‘shimcha razryadlash kamerasi.



    6.2-rasm. Shartli №292-001 havotaqsimlagining favqulodda to‘xtatish xolatidagi ko‘rinishi:


    1- magistarl porshen; 2-otsekli zolotnik;3-bosh zolotnik; 4-sterjen; 5, 11-prujina; 6, 18-o‘yimchalar; 7, 8, 14, 16, 17-kanallar; 9-bo‘shliq; 10-porshen; 12-ajralish klapani; 13-teshikcha; 15-qayta ulash tiqini.


    - mashinist krani tutqichini 1-holatda bosh vagonlar zaxira rezervuarlariga ortiqcha yuk tushirmagan holda saqlash (tutib turish) imkoniyati;
    - poezd tormozlarining uning uzunligidan qat’i nazar tez va ishonchli ishlashi;
    - uzun tarkibli tarkiblarda bir tekis, asta-sekin tormozlanishi;
    - yo‘lovchi vagonlarini yuk poezdlari tarkibiga qo‘shish imkoniyati;
    Shartli №292-001 havotaqsimlagichning kamchiliklari ham bor: tormozlanish vaqtida zaxira rezervuarlarning qo‘shimcha zaryadlanish yo‘qligi, tormoz silindrlaridagi bosimning shtoklar chiqishiga bog‘liqligi, konstruksiyada ko‘p miqdorda rangli metallar va ishqalanib moslanishi kerak bo‘lgan detallar mavjudligi, tormoz to‘lqinining nisbatan past tezlikka egaligi.



    Download 2,2 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yo‘lovchi havotaqsimlagichining vazifasi, tuzilishi, ishlashi va uni sinovi Ishning maqsadi

    Download 2,2 Mb.