|
Yo’riqnoma live input rar arxiv fayl biror bir katalokka arxivdan chiqariladi live input ini
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #238098 |
Bog'liq Yo\'riqnoma - rasm uchun
“live_input_dtm” tizimini o‘rnatish va undan foydalanish bo‘yicha
YO’RIQNOMA
live_input.rar arxiv fayl biror bir katalokka arxivdan chiqariladi.
live_input.ini faylining ichida prefix=999_ ko‘rinishidagi yozuv bor. Bu yerdagi 999 yozuvi OTM kodiga almashtirilishi kerak. Misol uchun, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun live_input.ini fayli ichida prefix=380_ ko‘rinishida yozilishi kerak.
“live_input_dtm.exe” rasmga olish dasturi bo‘lib, ishga tushirilganda quyidagi oyna chiqadi:
Mazkur oynadan rasmga olishda ishlatiladigan kamera tanlanadi. Rasm sifatli olinishi uchun kamera sifatli bo‘lishi talab etiladi.
Keyingi oynada, dasturdan foydalanilganda, kamera qanday o‘lchamdagi rasmlarni olish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Mazkur oynadan olinadigan rasmning o‘lchamlari tanlanadi. Bunda 800x600 tanlanishi kerak.
Shundan so‘ng, rasmga olish oynasi chiqadi. Bunda dastur rasmni ko‘ndalang ko‘rsatayotganini ko‘rishingiz mumkin.
Dastur yuqori sifatli rasm olish uchun shunday ishlab chiqilgan, shuning uchun kamerani ko‘ndalang holatda o‘rnating, ya`ni rasm to‘g‘ri bo‘lsin.
Shunda kamera yuz ko‘rinishini yashil ramkada ko‘rsatib turadi va pastki qismida 0.100 - 1.000 intervaldagi sonni ko‘rsatadi. Rasmga olish uchun “Фото” tugmasini shu ko‘rsatkich 0.900 - 1.000 oraliqda bo‘lganda bosiladi. Ya`ni namunadagi holatlarda bu ko‘rsatkich mos ravishda 0.962 va 1.000 ga teng. Demak, rasmga olsa bo‘ladi.
Dastur avtomatik tarzda 10 ta holatda rasmga tushiradi. Birinchi o‘rinda, eng yuqori koeffitsientga ega bo‘lgan rasm turadi va shu rasm o‘ng oynada kattalashtirilgan holatda ko‘rsatib turiladi.
Agar, dastur tanlagan rasmdan boshqa rasm sifatliroq deb hisoblasangiz, shu rasmni tanlashingiz kerak bo‘ladi.
Pasport kataklariga abituriyentning pasport seriyasi va raqami kiritilgandan so‘ng, “Обработка” tugmasi bosiladi.
Rasm dastur o‘rnatilgan katalogining “album” katalogida saqlanadi.
Veb-kamera yordamida suratga tushirishda suratga tushuvchining orqa tomoni oq fonda bo‘lishi shart. Veb-kamera statsionar turg‘un holatda fiksirlanadi va bu holat o‘zgartirilmaydi.
Abituriyentlarning fotosuratlariga qo‘yiladigan texnik
TALABLAR
Fotosuratning hajmi 20 Kb dan 2 Mb gacha;
Fotosuratning formati JPG yoki JPEG;
Ko‘z qorachig‘i orasidagi masofa 100 pikseldan 300 pikselgacha;
Abituriyentning yuz ko‘rinishi: gorizontal burilish (chapga, o‘ngga) 15 gradusdan kam, vertikal burilishi 10 gradusdan kam.
Abituriyentlarni olingan fotosuratlari mazkur qo‘yilgan talablarga to‘liq javob berishi shart.
|
| |